DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro standardlarni joriy qilish yo'lida ilk qadam

🌟 Davlat kadastrlari palatasida ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi" va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" xalqaro standartlari asosida ish faoliyatini tashkil qilish va yuritish, mehnat samaradorligini oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiya illatlarining oldini olishda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan.

◼️Bugun esa ushbu integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha tashqi maslahatchi sifatida shartnoma tuzilgan “ALFAKON SYSTEMS” MChJ bilan tashkilotning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov, MCHJ rahbari hamda ishchi guruh a'zolari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishda tuzilgan ishchi guruh a'zolarining vazifalari, ushbu standardlar bo'yicha qo'yilgan talablar va ularni bajarish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo'lga kiritish orqali fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarini oldini olishga erishish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro sertifikat talablari doirasida


📃 Xabaringiz bor, 2023-yil so‘nggida Davlat kadastrlari palatasi ikki yo‘nalishda ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritgandi. Mazkur halqaro sertifikatga doimo munosib bo‘lish uchun muntazam amaliy va tahliliy ishlar olib borilmoqda.

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ushbu xalqaro sertifikatlar talablari doirasida «ISO 9001:2015 Talablari bo‘yicha sifat menedjmenti tizimining tahlili” mavzusida o‘quv seminarlari boshlandi.

Ushbu seminarda markaziy apparatning boshqarma va bo‘lim rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etib, xujjatlar yuritishda, xizmat sifatini yuqori darajada ushlab turishda nimalarga ahamiyatli bo‘lish lozimligi bo'yicha va yana shu kabi bir qancha mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

#DavKadastrPalata #ISO #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro standardlar asosida seminarlar

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi xalqaro standardlar sertifikatlarini qo'lga kiritgani haqida xabaringiz bor. Bugungi kunda tashkilotda ushbu standardlar asosida tizimli faoliyat yo'lga qo'yilib, bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️Kuni kecha Markaziy apparatda Texnika fanlari doktori, professor, Texnika Universitetida "Sertifikatlash va sifatni boshqarish" darslari o'qituvchisi, Davlat kadastrlari palatasi bo'lim boshlig'i B. Axmedov tomonidan "ISO 9001 - Sifat menejmenti tizimlari. Talablar" va "ISO 37001 - Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" mavzusida bir guruh xodimlar uchun o'quv seminari o'tkazildi.

◼️Bu kabi seminarlar Markaziy apparatning barcha boshqarma va bo'lim xodimlari uchun tashkil etilib, yakuniga ko'ra test imtihonlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Markaziy apparatda Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha test sinovlari
o'tkazilmoqda

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkilot tomonidan qo'lga kiritilgan xalqaro standartlar talablarini bajarish, unga rioya qilish va xodimlarni doimiy xabardor qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🖥 Bugun ish faoliyatida fuqarolarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va yanada takomillashtirish, korrupsiya illatlarining oldini olish, markaziy apparat xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi bo‘yicha xabardor qilish va bilim darajasini aniqlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasida 23 nafar saralangan xodimlar ishtirokida test sinovlari o'tkazildi. Ta'kidlash joizki, test sinovlari o'rtacha 90% ko'rsatkich bilan ijobiy yakunlandi.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP xodimlari Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritdilar

🖥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga doir ko'plab yutuqlari qatorida ISO 37001 va ISO 9001 sertifikatlarini qo'lga kiritib, xalqaro standardlar asosida faoliyatini yuritib kelmoqda.

Navbatdagi yutuqlarimizdan biri, Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi Timur Yuldashev va Ishlar boshqarmasi xodimi Sherzod Jo'rayev "CERT academy" xalqaro kompaniyasida joriy yilning 21-24-may kunlari o'tkazilgan o'quv dasturida ishtirok etib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgani sababli ISO 37001:2016 asosidagi "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining menejeri va xalqaro auditori" sertifikatlarini qo'lga kiritdilar.

🎲 Shu o'rinda, Yig'ma axborot-tahlil bo'limi bosh mutaxassisi Ramiddin Jumayev “ISO 9001 boʻyicha sifat menejmenti tizimining menejeri va ichki auditori” o'quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.

◼️Bu mutaxassislarimizga kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashish va sifat menejmenti doirasida faoliyat yuritish va audit tekshiruvlarini o'tkazish imkoniyatini beradi.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sifat sohasidagi bilimlar mustahkamlanmoqda


🌟 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Integrallashgan boshqaruv tizimi bo'yicha ma'sul mutaxassis B.Axmedov tomonidan barcha xodimlar ishtirokida Xalqaro standartlar mavzusida seminar o'tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasining 2024-yilga mo'ljallangan sifat sohasidagi siyosati va muvofiqlashtirilgan maqsadlari haqida suhbat olib borilib, barcha boshqarma va bo'limlarning hisobotlari o'rganib chiqildi hamda ISO 9001 va ISO 37001 talablariga muvofiqligi muhokama qilindi.

◼️Shuningdek joriy qilingan Integrallashgan boshqaruv tizimi, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish masalalarida kelgusida belgilangan vazifalar va ko'rsatmalar haqida tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #seminar #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM