DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Murojaatlar #Yer_ajratish_masalalari

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha jami 1048 ta muammolar aniqlangan bo'lib, ulardan:

🔹Yer ajratish masalalari bo'yicha - 673 ta

🔹Xususiy mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha-112 ta

🔹Xususiylashtirish va bino
ajratish bo'yicha-114 ta

🔹Boshqa yo'nalishda - 149 ta

Yer ajratish masalasidagi aksariyat murojaatlarni mazmuni – bepul, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, davlat-sherikchilik asosida (shuningdek: tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, kompensatsiya, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa sohalar uchun) yer so‘rab yo‘llangan murojaatlar bo‘lib, yer ajratish tartibi yuzasidan murojaat egalariga tushuntirish berilmoqda.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni
#Huquqiy_asoslar #Yer_ajratish

Yer uchastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan berish tartibi kuchga kiradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6243-son farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish va ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi bekor qilinadi.
#Huquqiy_asoslar #Yer_ajratish

Hokimliklarning yerga oid quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:

🔹 yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish;

🔹 tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga bo‘lgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish;

🔹 sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish;

🔹 jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish;

🔹 xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.