DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
25.6K subscribers
11.8K photos
1.86K videos
1 file
6.92K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😂😁〽️🔸

Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari jonli efirda ishtirok etishdi


🌟 Davlat kadastrlari palatasining Respublika toponimika xizmati boshqarmasi boshlig‘i Dilnoza Kamolova hamda boshqarma bosh mutaxassisi Ozoda Fayziyeva “Salom Toshkent” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘lishdi. Ular yurtimizning turli hududlaridagi qadimiy joy nomlari, ularning etimologiyasi, tarixi va geografik joylashuvi haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim qilishdi.

📹 Dastur davomida kadastr tizimida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek yurtimizdagi tuman va shahar nomlarining tarixiy manbalardagi kelib chiqishi, tarixi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

#DavKadastrPalata #toponimika #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O'z.Res. 937-sonli Qonuni asosida respublika bo'ylab keng ko‘lamli xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari tomonidan xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg‘ona viloyati

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumotlar

📃 Yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan ushbu qonunning ustuvor yo‘nalishlari haqida infografika orqali tanishing!

➡️ O‘RQ-1061-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍Farg'ona viloyati, Bog'dod tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatida halollik – ustuvor

⭐️🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida halollik, shaffoflik va xizmat burchiga sodiqlik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda:

◾️Andijon viloyati
◾️Buxoro viloyati
◾️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
◾️Jizzax viloyati
◾️Surxondaryo viloyati
◾️Toshkent shahri
◾️Toshkent viloyati
◾️Xorazm viloyati

Bu kabi tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatiga muvofiq holda, tizimda sog‘lom muhit yaratish, xodimlar o‘rtasida huquqiy bilim va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari
🇮🇹 Italiya Respublikasi

◼️Yevropa janubida, O‘rta dengiz havzasida joylashgan Italiya Respulikasi - Apennin, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni o‘z ichiga olgan. Maydoni 301,2 ming km2. Aholisi 57 mln 700 ming kishini tashkil etadi. Maʼmuriy jixatdan 20 viloyatga bo‘linadi. Poytaxti — Rim shahri.

◼️Italiyada yer kadastri va ko‘chmas mulk reyestrlari haqida batafsil, mazkur videoda.👆

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumotlar

➡️ "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining e'tiborli jihatlari haqida ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

📃 O‘RQ-1062-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yеchim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

◼️Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

◼️“Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yеngil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!” – dedi Prezidentimiz.

◼️Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayotgani tanqid qilindi.

◼️Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar QQSning yarmini keshbek qilib bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.

◼️O‘tgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirgani, 30,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolangani qayd etildi. Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya bo‘lishi, 1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha so‘zsiz ishga tushishi shartligi ta’kidlandi.

◼️Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

◼️Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

◼️Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

◼️Prezidentimiz qator sohalardagi muammolarni tahlil qilib, ularning yechimlarini ko‘rsatib o‘tdi.

◼️Har bir tumanda 5 tadan, jami 1 ming 156 ta drayver loyiha infratuzilmasiga 300 milliard so‘m ajratilgan.

◼️Meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga zamonaviy agrotexnologiya olib kirish, eksportni ko‘paytirish uchun 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, 300 milliard so‘m berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratishni boshladi.

◼️Birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan.

◼️Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

◼️Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

◼️So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va taʼmirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.

◼️Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “O‘zbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan bo‘lsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.

◼️“Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”, - dedi Prezident.

◼️Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham o‘zgarishi belgilandi.

◼️Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi.

◼️Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O'z.Res. 937-sonli Qonuni asosida respublika bo'ylab keng ko‘lamli xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari tomonidan xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM