DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Diqqat e’lon!🔹

🔊 Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

🔷 Sizlarni 2022 yil 29 mart kuni Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan tashkil etilayotgan “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” mavzusidagi PRESS-TURga taklif qilamiz.

📍Uchrashuv joyi va vaqti: Humo arena muz saroyi, soat 10:00da!

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Diqqat e’lon!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Press turga taklif etadi!

📝 Mavzu: “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish”.

📍 Uchrashuv joyi : Humo arena muz saroyi.
🗓 Vaqti: 2022 yil 29 mart soat 10:00da!

Press turda ishtirok etmoqchi bo‘lgan OAV vakillari 71 207 00 03 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Press tur boshlandi🔹

🔷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan Press turda ishtirok etish uchun OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh Humo arena saroyi oldida uchrashdilar.

🔷 Ularni Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyevning o‘zi qarshi oldi va kun tartibidagi OAV vakillarini kutayotgan yangiliklar bo‘yicha qizg‘in muloqot olib bordi.

🔷 Ayni dam, ular Press turning kun tartibidagi birinchi manzil: Bektemir tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xatlovida ishtirok etishmoqda.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Press tur davom etmoqda🔹

🔷 Press turda ishtirok etayotgan OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh havoning yog’ingarchiligi sabab qishloq xo’jaligi yerlari xatlovida qisqa fursat bo’lib kun tartibidagi keyingi manzilga yo’l oldilar.

🔷 Ular Davlat kadastrlari palatasida Yerlarni geopartalga joylashtirish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Effeсt.uz Press tur haqida▫️

🔘 "Yer hisobini yuritilishi - huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi, yer munosabatlari sohasidan ijtimoiy barqarorlikni o‘rnatishda, korrupsion holatlarni oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlashda shaffof tizim sifatida xizmat qiladi"
— deydi Davlat kadastrlari palatasi yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov Effeсt.uzga bergan intervyusida.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yangi O‘zbekiston”- press tur haqida▫️

◻️ “Bugungi kunda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari tomonidan nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki barcha yer maydonlari hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va maxsus geoportalga kiritish ishlari davom etyapti.

◻️ Davlat kadastrlari palatasida “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur davomida jurnalistlar bunga bevosita guvoh bo‘ldi.” -deydi “Yangi O‘zbekiston” gazetasining saytida berilgan maqolada.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Uza.uz ning ijtimoiy tarmoqlarida press tur haqida▫️

◻️ "O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy, hududiy chegaralari doirasidagi umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etadi. Respublika yer fondining 60,5 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi." - O‘zbekiston miliy axborot agentligining rasmiy saytida berilgan “Jurnalistlar aholi turar joylarini xatlovdan o‘tkazish jarayoni bilan tanishdi” deb nomlanuvchi maqolada shunday ma’lumotlar berilgan.

#DavKadastrPalata #Press_tur #Uza_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
08:00:00-09:00:00
RADIO 24
🔹“O‘zbekiston24” radiosida press tur haqida🔹

🛣 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilgan Press-turda ishtirok etgan “O‘zbekiston24” radiokanali jurnalisti jarayonning o‘zidan jonli efirga chiqib ma’lumot taqdim etdi.

🎙Bundan tashqari alohida radioreportajda press turning ahamiyatli jihatlari haqida so‘z yuritdi.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️ “O‘zbekiston24” telekanalida kadastrdagi press tur▫️

🇺🇿MTRKning “O‘zbekiston24” telekanalida Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan press tur informatsion dasturning rus tilidagi sonida, tahliliy reportajda keng yoritildi.

📹 Unda intervyu bergan soha mutahassisi yangi tizimning yaratilishi shaffoflik uchun asosiy yo‘l ekanligini alohida ta’kidlagan.

#DavKadastrPalata #Press_tur

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube