🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤
🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.🟢Bugun
🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan
yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan
"E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida
Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.
▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “
E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt