#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar
Uyni kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyul sanasidagi "DAVLAT KADASTRI SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI NARXLARINI BELGILASHDA TABAQALASHTIRILGAN YONDASHUV TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA" 186-son qaroriga asosan aniqlanadi, bundan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

#Hududiy_boshqarmalar #Qashqadaryo_viloyati #Huquqiy_asoslar
🔹O‘zbekiston Respublikasi. Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243 sonli Farmoniga ko'ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga esa yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilgan.
Batafsil— https://telegra.ph/-06-18-1911

#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
🔹1-bosqich — binolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;
🔹2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;
🔹3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 386-son qarori
Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram

#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar
Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021
Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram
Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021
Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar
🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARINING ASOSIY VAZIFALARI
🔹Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;
🔹foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlash.

#Huquqiy_asoslar #ko_chmas_mulk
Ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi
Hukumat qarori bilan (355-son, 08.06.2021 y.) Respublika ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq:
☑️ Respublika ko‘chmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.
➡️ Respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.
🔰 Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
👉 respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
👉 manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika
ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).
👉 Mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;
👉 respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
👉 obyektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.

#Huquqiy_asoslar #Yer_ajratish
Yer uchastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan berish tartibi kuchga kiradi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6243-son farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Hokimlar va mahalliy kengashlarning yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish va ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi bekor qilinadi.

❓Ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Avval hujjatlarni rasmiylashtirib keyin qurilish boshlashim kerakmi yoki bu ahamiyatsizmi?
✅Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki kayta kurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.

Hokimliklarning yerga oid quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:
🔹 yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish;
🔹 tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga bo‘lgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish;
🔹 sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish;
🔹 jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish;
🔹 xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.

#Xizmatlar #Ipoteka #Huquqiy_asoslar
Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish REGLAMENTI
🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
🔹Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.