DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Fuqarolarga subsidiya ajratish qayta yo‘lga qo‘yildi▫️

🔹Farmonga ko‘ra, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 %lik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

🔹Endilikda fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb etish huquqi berildi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021 yil 10 dekabrga qadar amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.

#DavKadastrPalata #subsidiya #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #subsidiya #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔸Uy-joy uchun yosh yetakchilarga subsidiya beriladi🔸

🔶Yoshlar yetakchisiga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun subsidiya beriladi.

🔶Prezidentning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy etilayotgan Yoshlar yetakchisi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

🔶Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi va ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

#DavKadastrPalata #yoshlar #subsidiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Markaziy bank tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha "Ipoteka kreditlari sharhi" taqdim etildi▫️

💠 Mazkur sharhda ipoteka bozoridagi kreditlar holati, yangi tartibda ajratilayotgan ipoteka kreditlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

💠“Yangi tartib” doirasida subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlari:

▪️Samarqand: 635,7 mlrd. so‘mi (26,3 foizi)
▪️Toshkent shahri: 314,0 mlrd. so‘mi (12,9 foizi),
▪️Surxondaryo: 313,5 mlrd. so‘mi (12,9 foizi)
▪️Namangan viloyatlarida: 286,1 mlrd. so‘mi (11,8 foizi) istiqomat qiluvchi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar hissasiga to‘g‘ri
keldi.

#DavKadastrPalata #markaziy_bank #subsidiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |