DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qibray tumani aholisi murojaatlari o'rganilmoqda


⚡️Ayni damda, Toshkent viloyatining Qibray tumanida, Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov hamda viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

◼️Qabul avvalida yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tildi.

◼️Murojaatlarning aksariyatini mulkka bo'lgan huquqlarni e'tirof etilishi, kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi kabi mazmunlardagi savollar tashkil etmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP raisi
sayyor qabuli o'tkazilmoqda

⚡️ Rejaga muvofiq, ayni damlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich boshchiligida aholi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul o'tkazilmoqda. Unda Boysun tumani hokimi hamda tizim mutasaddilari ham ishtirok etishmoqda.

🌟 Palata rahbari ishtirokidagi sayyor qabulga uzoq manzillardan ko'plab fuqarolar tashrif buyurishdi. Qabul avvalida yigʻilganlarga hozirgi kundagi yer masalalaridagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi. So'ngra murojaatlar tinglanib, ijrosi yuzasidan tizim mutasaddilariga qat'iy topshiriqlar berilmoqda.

◼️Qabul natijalari haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DKP raisi sayyor qabuli o'tkazilmoqda ⚡️ Rejaga muvofiq, ayni damlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich boshchiligida aholi murojaatlarini ko'rib chiqish…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boysundagi murojaatlar hal etilmoqda

🫥 Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tgan edi.

📃 Qabulning o'zida 10 nafar murojaatchilarning muammolari hal etilib, o'rganilishi vaqt talab qilinadigan murojaatlar qat'iy nazoratga olingan va hozirgi kunda ularning asosiy qismining ijrosi ta'minlangan.

Mazkur videorolik orqali sayyor qabul natijasida fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolari hal etilganini ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata  #murojaatlar #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbi tumanida
sayyor qabul

⚡️Bugun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisii o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazildi.

📃 Qabulda yig'ilgan fuqarolarga eng avvalo hozirgi kundagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi. So'ngra kadastr sohasiga oid murojaatlar tinglanib, ijobiy hal etish yuzasidan tizim mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

◼️ Murojaatlarning aksariyatini kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg'ona tumanida
sayyor qabul

🇺🇿Rejaga muvofiq, Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

📃 Qabulga 25 dan ziyod kadastr masalasi bilan bog'liq muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar yig'ilib, mutasaddilardan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar olishdi.

Ko'rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlarni tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yashnobod tumanida sayyor qabul

⚡️Bugun rejaga muvofiq, Davlat kadastrlari palatasining rais o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i A.Yunusov ishtirokida poytaxtimizning Yashnobod tumanida tadbirkor va fuqarolarning kadastr sohasiga oid savol va murojaatlarini tinglash hamda ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

📃 Qabulga yig'ilganlarga avvalo,  «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

◼️Shundan so'ng, mazkur uchrashuvga tashrif buyurgan 12 nafardan ortiq fuqarolardan 7 tasining murojaatlari shu joyning o'zida o'rganildi va hal etish choralari ko'rildi. Qolgan yechimi biroz vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosini ta'minlash nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqand shahrida DKP raisi
sayyor qabuli

⚡️ Ayni damda, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida, viloyat va tuman mutasaddilari ishtirokida aholining kadastrga oid masalalar bo'yicha murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

📃 Qabul avvalida fuqarolarga hozirda dolzarb bo'lgan mavzu “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O'RQ-937-sonli Qonun asosida xatlov ishlarini amalga oshirilish jarayonlari haqida ma'lumotlar hamda xatlovdan ko'zlangan asosiy maqsad hujjatsiy uy-joylarga egalik huquqini rasmiylashtirilishi ekanligi to'g'risida tushunchalar berildi.

◼️Shundan so'ng yig'ilgan 50 dan oshiq fuqarolarning sohaga oid savol, murojaat hamda takliflari tinglanib, ijrosini ta'minlash bo'yicha tizim mas'ullariga qat'iy topshiriqlar berilib, nazoratga olinmoqda.

➡️ Qabul davom etmoqda. Uning natijalari haqida yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Namangan shahrida
sayyor qabul

🌟 Bugun, Namangan viloyatining Namangan shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida hamda viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabul avvalida yig'ilgan fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni haqida batafsil tushunchalar berilib, shundan so'ng aholi va tadbirkorlarning sohaga oid savol va murojaatlari yuzma-yuz tinglanib, hal etish choralari ko'rib chiqildi hamda ijrosi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

◼️Sayyor qabulga kelgan 30ga yaqin fuqarolar murojaatlarining aksar qismini egalik huquqlarining e'tirof etilishi, shuningdek, kadastr pasportini shakllantirish bilan bog'liq masalalar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqand shahrida DKP raisi sayyor qabuli ⚡️ Ayni damda, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida, viloyat va tuman mutasaddilari ishtirokida aholining kadastrga oid masalalar bo'yicha…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Har bir murojaat e'tiborda


🫥 Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-noyabrida Samarqand shahri fuqarolari uchun Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tgan edi. Qabulga kelgan ellikdan oshiq fuqarolarning aksariyatida masalalari o'xshash bo'lgani bois umumiy tushuntirishlar berildi. O'RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

39 ta murojaatlar birma-bir ko'rib chiqilib 12 tasi shu joyning o'zida ijobiy hal etildi. Qolgan o'rganilishi biroz vaqt talab qiladigan murojaatlar ijrosi yuzasidan esa tizim mutasaddilariga qat'iy muddatlar belgilanib, topshiriqlar bajarilishi nazoratga olindi.

➡️ Ishchi guruhlar tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilayotgan, ijrosi vaqt talab qiladigan murojaatlar natijalari haqida yana batafsil ma'lumotlar beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

🖥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Samarqand shahrida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabuli o'tkazilgandi.

▶️ Mazkur sayyot qabul Samarqand MTRKning "Diyor Yangiliklari" dasturida keng yoritildi. Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Zarafshon shahri fuqarolari murojaatlari o'rganildi


📃 Rejaga muvofiq, bugun Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida aholi va tadbirkorlar uchun Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabulda avvalo, hozirda tizimdagi eng aktual mavzu - "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun asosida huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿 Shundan so'ng, sohaga oid murojaatlar tinglanib, hal etish choralarini ko'rish bo'yicha tizim mutasaddilariga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Aksariyat murajaatlarni esa kadastr pasportini shakllantirish va egalik huquqini olishga oid masalalar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕- yil "Sayyor qabullar" sarhisobi

🇺🇿 Yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan bo'lib, davlat organlarining faoliyati xalqqa xizmat qilish, uning ehtiyojlarini inobatga olish va muammolarini hal etishga qaratilgan.

🌟 Shu maqsadda, Davlat kadastrlari palatasi raisi va о‘rinbosarlari boshchiligida reja asosida aholi murojaatlari va hududlardagi hal qilinishini lozim bо‘lgan masalalarni о‘rganish maqsadida sayyor qabullar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

🙂 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va tizim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan shu kabi qabullar yil davomida quyidagi tuman va shaharlarda bo'lib o'tdi:

🇺🇿 Shahrixon tumani

🇺🇿 Denov tumani
🇺🇿 Zangiota tumani
🇺🇿 G'ijduvon tumani
🇺🇿 G‘allaorol tumani
🇺🇿 Marg'ilon shahri
🇺🇿 Norin tumani
🇺🇿 Pastdarg'om tumani
🇺🇿 Shahrisabz shahri
🇺🇿 Xatirchi tumani
🇺🇿 Do'stlik tumani
🇺🇿 Samarqand tumani
🇺🇿 Qibray tumani
🇺🇿 Boysun tumani
🇺🇿 Kasbi tumani
🇺🇿 Farg'ona tumani
🇺🇿 Yashnobod tumani
🇺🇿 Samarqand shahri
🇺🇿 Namangan shahri
🇺🇿 Zarafshon shahri

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM