DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda

◻️O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

◻️Muhim o‘zgarish sifatida: еndilikda, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish kabi qilmishlari uchun - 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda. Avvallari bu jazo 5 yilgacha etib belgilangan.

◻️Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jiyanotlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

#korrupsiya_stop #qonunchilikda_o_zgarishlar_kutilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

📃 Qonunga koʻra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari oʻzgartirilmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

🫥 Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

📜 Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablagʻlar toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM