DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.1K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.29K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Kadastr #rasmiy_munosabat

ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!

Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.

‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️ E’LON & RASMIY MUNOSABAT

Hurmatli yurtdoshlar!

◼️ Bir necha kun avval, Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda muammolar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha, 31-may kuni texnik ishlovlar amalga oshirilib, tizim to‘liq ishga tushganini ma’lum qilamiz! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 601-qarorida belgilanganidek ariza beruvchini ijtimoiy mezonlari bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

👔 Bugun @Kusherbayevga_murojaat telegram kanalida Andijon viloyati, Andijon tumani "Irrigator" dahasi fuqarosi Sh.Omonovning qilgan murojaati yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ariza kechani o‘zida avtomatlashtirilgan holda ko‘rib chiqilib, kadastrga oid qismiga ijobiy javob qaytarilgan.

🟣Kuzatilgan texnik uzilishlar uchun yana bir bor yurtdoshlarimizdan uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️RASMIY MUNOSABAT▪️

Qaynota kelin mojarosida ham kadastr aybdormi?!

⚡️ Bugun "O‘zbekiston24" telekanali va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan ma'lumot Xorazm viloyatining Xiva shahrida kadastr xodimining shaxsiy hayotiga oid masala bo‘lishiga qaramay, “Tashkilot xodimi pora bilan ushlandi” mavzusida talqin etilishi tashkilotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralashdan boshqa narsa emas.

ANIQLIK KIRITAMIZ !

◼️ Joriy yilning 2-may kuni fuqaro K.X. IIV Xorazm viloyati Boshqarmasiga murojaat qilib, fuqaro Sh.X. undan muqaddam sotib olgan yer maydoni uchun pul mablag‘i (60 ming AQSh dollari) talab qilayotganini bildirgan. Murojaatga asosan IIB hamda DXX xodimlari tomonidan faol tadbir o‘tkazilib, so‘ralgan pul mablag‘ini arizachi tomonidan olib borilganda, Sh.X. ushbu mablag‘ni tanishi R. T. ga berib qo‘yishlarini telefon orqali aytgan. Shundan keyin tadbir davom ettirilib, Sh.X. aytgan shaxs tomonidan pul mablag‘ini qabul qilgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

◼️Sh.X. bilan suxbat o‘tkazilganda, ushbu qurilishi tugallanmagan turar joy binosi ularning oilaviy mulki bo‘lsada, turmush o‘rtog‘ining akasi A.J. tomonidan ularni xabardor etmasdan fuqaro K. X. ga sotib yuborganligidan norozi bo‘lib kelganligini bildirgan. Shuningdek, yuqoridagi turar joy hujjatlarini bekor qilish yuzasidan kadastr hamda hokimiyat idoralariga murojaat qilganini, lekin hech qanday natija bo‘lmaganligini aytib o‘tgan.

❗️ Shu yerda alohida qayd etamiz, gumonlanib ushlangan fuqaro - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva tumani filiali kadastr yig‘majildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi vazifasida haqiqatdan faoliyat yuritadi, ammo u talab qilgan pul mablag‘lari o‘zining shaxsiy mojarosidagi masala ekanligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

👔 Korupsiyaviy holatlarni yoritishdan avval, ma’lumotlarni aniq qilib surishtirish va uni yoritishda to'g'ri talqin qilish - juda muhim. Zero, ko‘ngilsiz holatlarda nafaqat inson sha’ni- qadr qimmati, balki tashkilot nomi – unda esa minglab fuqarolarning ham qadri toptalishi mumkinligini unutmaslik juda muhim.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

◼️"ANTIKORRUPSIYA" telegram va yоutube kanalida “Korrupsiya holati Kadastr agentligida yohud sud adolatli qaror chiqarmasligi” sarlavhasi ostida murojaatchining videosi e’lon qilindi.

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, Farg‘ona shahar filiali mutaxassislar bilan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi va holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_kadastr #Rasmiy_Munosabat

📄Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Yangibozor hokimi kadastr xodimini urib qoshini yordi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat.

Shuni ma'lum qilamizki Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari shuningdek hududiy tuman(shahar) bo'lim va fillialarida xabarlarda ismi keltirilgan Sardor Quroltoyev faoliyat olib bormaydi. O’rganishlar natijasiga ko’ra oldin ham bunday xodim kadastr idorasida faoliyat olib bormagani ma’lum bo’ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaatchi keltirgan noaniq maʼlumotlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

◼️Qonunchilikka koʻra, Geodeziya va kartografiya faoliyati ish turlari bilan shugʻullanishga daʼvogar yuridik shaxs quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Bunda:
- geodezik oʻlchov vasitalari mavjudligi va ularni metrologik davlat qiyoslovidan oʻtganlik sertifikatlari;
- bir nafar geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli va shu yoʻnalish boʻyicha bir yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassisi mavjud boʻlishi.
Yuqoridagi maʼlumotlarga asosan, Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatkanlik xaqida habarnoma qabul qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu Tasdiqnoma orqali yuridik shaxs geodeziya va kartografiya yoʻnalishlarida tanlangan ish turlariga asosan faoliyat yuritadi. (VMning 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori, 22-ilova).

◼️Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shaxodatnomasiga ega boʻlish uchun, talabgor belgilangan tartibda mutaxassiligi hamda malaka talablariga mos kelgan taqdirda oʻrnatilgan tartibda malaka imtihoni topshiradi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar malaka shahodatnomasini qoʻlga kiritib, uy-joy fondiga oid koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr yigʻmajildini shakllantirish vakolatini qoʻlga kiritadilar. Bunda kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki oʻz faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs boʻlishi belgilangan. (VM535-son qarorining 5v-ilovasi, PQ 4913-son, 2-band, VM 411-sonli qaror, 2-bandi, VM-389-son 3-ilova,2-bandi.)

🌟 Hurmatli yurtdoshlar, soha yuzasidan murojaatlar va masalalar boyicha Davlat kadastrlari palatasi jamoatchilikka doimo ochiq ekanligini bildiramiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

➡️ Bugun ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro murojaati eʼlon qilingani yuzasidan masala Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

📃 Murojaat muallifi joriy yil 20 sentabr kuni haqiqatdan uzdkp_uz telegram botiga murojaat qilgan. Murojaatda Davlat kadastrlar palatasi raisining o‘rinbosari A.Suyunovning qabuliga kirish so‘ralgan. Qayd etish kerakki, murojaat o‘z vaqtida qabul qilinib, Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.X.Suyunov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, qabul kunini va soatini, murojaatchiga aloqaga chiqqan holda belgilanishi maʼlum qilingan.

◼️Murojaatga javobdan so‘ng fuqaro Davlat kadastrlari palatasi telegram botiga murojaat yo‘llash tartibiga ko‘ra yo‘l tutmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram orqali yozishda davom etgani bois uning murojaatlari tashkilotning murojaatlar bo‘limiga kelib tushmagan. Zero bir ID bilan faqat bir fuqaro bir martta murojaat qilishi mumkin. Yangi murojaat uchun botga murojaat qilish tartibiga amal qilgan holda, maʼlumotlar kiritgan holda yangidan savol yo‘llashlari lozim bo‘ladi. Shu bois mazkur masalada tushunmovchilik yuzaga kelganini qayd etamiz.

◼️Murojaatchi bilan yana bir bor telefon orqali aloqa o‘rnatildi va Telegram botiga murojaat yo‘llash tartibi to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining qabulida ishtirok etish uchun muddatlar kelishib olindi.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilariga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tadbirkor va fuqarolarni murojaatlariga doimo ochiq ekanligini hamda har bir kelib tushgan murojaatlar nazoratda ekanligini bildiradi.

✍️ Qayd etish kerakki, tashkilotning murojaatlar uchun yagona aloqa markazi hamda Telegram boti ishlab turganini maʼlum qilamiz. DKPning yagona aloqa markazi (71) 207-00-03 telefon raqamiga dushanbadan juma kunigacha, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) qo‘ng‘iroq qilish orqali ham sohaga doir murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

✈️ Bundan tashqari quyida uzdkp_uz Telegram botiga murojaat qoldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma bilan ham tanishishingiz mumkin bo‘ladi.👇

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM