DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

◼️ Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.

◼️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

◼️ Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

◼️ Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

◼️ Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

◼️ Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

◼️ Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

◼️ Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

◼️ Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

◼️ Endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

◼️ Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

◼️ Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

◼️ Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

◼️ “Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

◼️ Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

◼️ Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'tkazildi.

◼️ Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi.

◼️ Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

◼️ Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

◼️ Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi. Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

◼️ Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

◼️ So‘ng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi. So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

◼️ Shuningdek, yoshlar ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.

◼️ Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz yoshlarga ko‘maklashish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish – eng xayrli ishligini ta’kidladi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo'ldi.

◼️ Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

◼️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

◼️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "SHHT plyus" formatining "Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash - barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish" mavzusidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

◼️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga kelgach, yangidan ochilib, ilk bor yirik havo kemasini qabul qilgan Qoʻqon aeroportidagi sharoitlar bilan tanishdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyatining mineral oʻgʻit korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◼️Davlatimiz rahbari Qoʻqondagi yirik kimyo sanoati korxonasini borib koʻrdi.

◼️Davlatimiz rahbari investorlar bilan uchrashib, Fargʻona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

◼️Prezident Fargʻona viloyatiga tashrif chogʻida investorlar bilan suhbatlashdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi.

◼️Fargʻonada yirik sanoat va energetika loyihalari ishga tushirildi, yangilarini qurish boshlandi.

◼️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda Tepaqo‘rg‘on arxeologiya yodgorligini ko‘zdan kechirdi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

◼️O‘tgan yetti yilda viloyatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 karra o‘sdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo bo‘ldi. Farg‘ona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.

◼️Viloyatdagi ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, mas’ul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

◼️So‘nggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar o‘sgani bilan, Farg‘ona bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinda.
Viloyat sanoatining yarmi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Uchko‘prik tumaniga to‘g‘ri keladi.

◼️ Tannarx balandligi uchun Farg‘onadagi sement zavodlarining mahsulotlari import bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi. Oqibatda 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti.

◼️Bu yil “Tashabbusli budjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratildi. Lekin uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.

◼️Endilikda viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Farg‘onada yangi tizim bo‘lishi belgilandi.

◼️Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham tizimni o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

◼️Prezident viloyatning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

◼️ Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish sharti bilan qo‘shimcha 1 ming 210 gektar yer ajratish mumkin.

◼️ Farg‘onada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar ko‘paytiriladi.

◼️So‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgan. Ushbu yerlarda 3 marta hosil olish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini yaratish topshirildi.

◼️Viloyatdagi yirik bog‘bonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yo‘qotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

◼️Chegaradan ID-karta orqali o‘tish bo‘yicha Qirg‘iziston bilan kelishuvga erishilgani Farg‘ona uchun imkoniyatlar eshigini ochgani ta’kidlandi.

◼️Viloyatda madaniy tadbirlarni ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

◼️Yig‘ilishda Quva tumani, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

◼️ “Karkidon” suv omboridagi juda katta salohiyat ishga solinmayotgani qayd etildi.

◼️ “Farg‘ona – Andijon” magistral yo‘lini Quvadan o‘tgan qismidagi 11 gektarda 40 million dollarlik savdo va servis obyektlarini joylashtirish mumkin.

◼️ Qo‘qon azal-azaldan ma’rifat, madaniyat va savdo markazi, mamlakatimizning qolgan hududlarini vodiy bilan bog‘lovchi asosiy ko‘prik bo‘lib kelgan.

◼️Qo‘qon superfosfat zavodi o‘rnida tashkil qilingan “Indorama Qo‘qon” korxonasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishni boshladi.
So‘nggi uch yilda Qo‘qonda bor-yo‘g‘i 630 ta xonadonli 17 ta ko‘p qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

◼️Qo‘qondagi “Tepaqo‘rg‘on” arxeologik yodgorligini turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

◼️Marg‘ilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mehmonxona va xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘paytirish zarur.

◼️ Mamlakatimiz rivojlanishining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇰🇬 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

◼️Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

◼️Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazib, bir qator yirik qoʻshma loyihalarga start berdilar.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

◼️Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

◼️Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdilar.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifini “Nukus Electroapparat” qoʻshma korxonasi bilan tanishishdan boshladi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyevga Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimot qilindi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda shamol elektr stansiyalari va sanoat korxonalari qurilishini boshlash, yirik majmualarni ishga tushirishga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpogʻiston filialini borib koʻrdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filialini borib koʻrdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Juzimbagʻ mahallasida boʻldi va yoshlar bilan uchrashdi.

◼️Kegeyli tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokamasi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi va ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇩🇪Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahrida bo'ldi.

◼️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

◼️Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli bilan tanishdi.

◼️Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

◼️Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

◼️Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar. Tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga bo‘lib o‘tadigan Germaniya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv arafasida O‘zbekistonga tashrif chog‘ida Kansler Olaf Sholsga hamrohlik qilayotgan ushbu mamlakat yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillarini qutladi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdilar.

◼️O‘zbekiston-Germaniya sammiti yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Federal Kansler Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.

Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

#Prezident #DavKadastrPalata #Germaniya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahrida bo'ldi.

🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etdi.

🇺🇿🇩🇪O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilg‘or kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.

#Prezident #DavKadastrPalata #Qozogiston #sammit

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Navoiy viloyatida bo‘ldi.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanida barpo etilayotgan kimyoviy mahsulotlar texnoparkini borib ko‘rdi.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi sanoat zonasida bo‘lib, viloyatdagi sanoat korxonalarining mahsulotlari va salohiyati bilan tanishdi.

◼️Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

◼️Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi 22-son umumtaʼlim maktabida bo‘ldi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi politexnikumda bo‘ldi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

◼️Navbahor tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◼️Shu bilan davlatimiz rahbari Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ldi.

◼️Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

◼️Shu bilan 11-noyabr kuni Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tayotgan COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi – COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

◼️COP29 davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, ICESCO bosh direktori Salim Al-Malik, Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte va Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

◼️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev COP29dagi O‘zbekiston Milliy pavilyoni bilan tanishdi.

◼️Mamlakatimizning COP29dagi Milliy pavilyonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

🇺🇿Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputat degan sharafli nomga sazovor bo‘lganlarni tabrikladi.

◼️Davlatimiz rahbari bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

◼️Saylovlar to‘liq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida o‘tgani, qo‘llangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol o‘ynagani taʼkidlandi.

◼️Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi.

◼️Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini taʼkidladi.

◼️O‘tgan besh yil davomida quyi palata samarali faoliyat ko‘rsatgani eʼtirof etildi.

◼️Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga eʼtibordan chetda qolgan masalalar ham bo‘lgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi.

◼️Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida g‘oyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.

◼️Prezidentimiz deputatlarni vakolatlari doirasida o‘z okruglaridagi tuman va shahar darajasida so‘rov va talabni hech tortinmasdan kuchaytirishga chaqirdi.

◼️Yurtimizda aholi soni yiliga qariyb 1 millionga oshmoqda. Bu – yangi uy-joylarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Lekin dehqonchilik uchun zarur yerlar uy-joy qurishga berib yuboraverilsa, ertaga qayerga ekin ekamiz, oziq-ovqat xavfsizligi nima bo‘ladi, degan savollar dolzarb bo‘lib bormoqda.

◼️Shu bois, aholi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganib, eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish kerakligi taʼkidlandi.

◼️Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lar o‘z egasiga yetib borishini taʼminlash uchun majburiy tibbiy sug‘urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo‘yish vaqti kelganini taʼkidladi.

◼️Prezidentimiz parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.

◼️Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kirishi hamda palataning Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yana-da kuchaytirishning vaqti-soati kelgani taʼkidlandi.

◼️Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim.

◼️Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi.

◼️O‘tgan davrda parlament diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar tashqi siyosatimizning taʼsirchan va pragmatik vositasiga aylandi.

◼️Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan bir kunda o‘tayotganligida ramziy maʼno mujassamligi taʼkidlandi.

◼️O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.

◼️Shu bilan davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisidagi nutqi o'z yakuniga yetdi.

⚡️Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.

◼️Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan saylovlar mahalliy kengashlar faoliyatida ham yangi davrni boshlab berayotgani taʼkidlandi.

◼️Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qo‘shgani taʼkidlandi.

◼️Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

◼️Yuqori palata o‘z faoliyatida to‘liq ishga solishi mumkin bo‘lgan imkoniyat va yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi.

◼️So‘nggi yillarda keng ko‘lamli demokratik islohotlar tufayli O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanib bormoqda.

◼️Prezident Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

◼️Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish Senatning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

◼️Hokim ham, kengash raisi ham, avvalo, o‘z hududida yashayotgan aholi manfaatlarini yetakchi o‘ringa qo‘yib, bir jamoa bo‘lib ishlashi lozimligi qayd etildi.

◼️Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor ko‘rib chiqib, maʼqulladi.

◼️Yangilangan Konstitutsiyada Senatga mahalliy kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha katta masʼuliyat yuklatilgan.

◼️Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

◼️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami kengaytiriladi.

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yana-da kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

◼️Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashining barcha aʼzolarini saylash tizimi yo‘lga qo‘yilgani sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Majlisda Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

🇺🇿Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning o‘rinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.

◼️Shu bilan Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisi o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

✔️ Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, aniq takliflarni o‘rtaga qo‘yib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Natijada joriy yilning o‘zida tadbirkorlar faoliyati uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.

✔️ So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani taʼkidlandi.

✔️Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

✔️ Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.

✔️ Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi. Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.

✔️ Temir yo‘l sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40 foizga qisqardi.

✔️ Prezidentimiz mintaqadagi eng qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati davom ettirilishini taʼkidladi.

✔️ Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

✔️ Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani taʼkidlandi.

✔️ Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda.

✔️ Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd etildi.

✔️ Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini taʼkidladi.

✔️ Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

✔️ Yig‘ilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yana-da ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

✔️ Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

✔️ Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lib, islohotlarimizni yana-da ilgari surishda tayanch va suyanch bo‘lishiga ishonch bildirdi.

✔️ Shu bilan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM