DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Milliy hisobotni tuzish jarayonlari▪️

🌟 Bugungi kunda, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunining 10-11-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2023 yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotni tuzish jarayonlari olib borilmoqda.

💠 Yer hisoboti - Respublikamizning 44,8 mln gektar yer maydonidagi ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman hamda shaharlar ma’muriy chegarada joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlari asosida hududiy joylashuviga ko‘ra yer uchastkalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

💠 2022 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qaror va Farmoyishlari, viloyat hokimining qarorlari hamda auksion g‘oliblik bayonnomalariga asosan respublika bo‘yicha 778,2 ming gektar yer maydonlarida o‘zgarishlar bo‘lgan deydi -Davlat Yer kadastri bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov.

➡️ O‘zbekiston Respublikasi yer toifalaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha 2022 yil yer hisobi yakunlariga ko‘ra to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #milliy_hisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM