Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.23K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Uchrashuv

Chirchiq shahar politexnikumida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlarning rahbarlari, politexnikumning xodimlari va 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi, undan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli farmonining mazmun-mohiyati, dual ta’lim tizimi, xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan kasblar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.


Tadbirda bitiruvchi kurs o‘quvchilarining diplomoldi amaliyotlarini tashkil etish, bitiruvchilarni kelajakda ish bilan ta’minlash, ularga berilayotgan imtiyozli kreditlar, OTMlarga kirishdagi imtiyozlari haqida tegishli rahbarlar tomonidan to‘liq tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida birituvchilarning qiziqtirgan savollariga mutasaddi rahbarlar atroflicha javob berdilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Tibbiyot xodimlari bilan
uchrashuv

Joriy yilning 7-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini oshirish, dori iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

Ushbu videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar tibbiyot birlashmasida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov Tibbiyot birlashmasi va markazlari rahbarlari hamda oilaviy poliklinika mudirlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi kamchiliklar muhokama qilindi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏1
#Uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 17-may kuni Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov boshchiligida ishsiz yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda shahar hokimiga biriktirilgan mahallalardagi yoshlarni bandligini ta'minlash bo'yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan chora-tadbir belgilandi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥21😍1
#Uchrashuv

Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov ta’lim tizimi rahbarlari bilan uchrashdi


Shahrimiz rahbari shahar maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimining mudira va direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Uchrashuvda maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagog kadrlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tartibli, xavfsiz va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etish, bitiruvchi sinf ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etish, o‘quvchilarining “Dolzarb 90 kun” (2025 yil iyun – avgust) yozgi ta’tilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, maktablarda yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish, barcha umumta’lim maktablarida yozgi ta’til vaqtida sport zallari, kutubxonalar, kompyuter sinflari, to‘garak xonalari o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ochiq bo‘lishini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.


Shahar hokimi ta’lim muassasalari rahbarlarini islohotlar jarayonida faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. Uchrashuv yakunida maktablar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar ham tanqidiy muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏1
#Uchrashuv

Bugun Chirchiq shahridagi "N"-sonli harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida mahallalarga biriktirilgan harbiylar va"Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" tamoyili asosida ish yuritib kelayotgan nuroniylar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida nuroniylar tomonidan ishtirokchilarga yoshlarni milliy urf - odat va qadriyatlarga sodiq xolda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, diniy mutaassiblikni oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy ma’ruzalar eshittirildi.

Uchrashuv yakunida hayotiy tajribaga ega nuroniylar tomonidan o‘zaro maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5
#Hamkorlik #Uchrashuv

Bugun Chirchiq shahar hokimi Murodjon AbduraximovIkki hudud – bir park” maxsus iqtisodiy texnoparkida bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasining Anxoy provinsiyasidan kelgan 20 dan ortiq tadbirkorlar, jumladan “Anxoy Top Energiya Texnologiyasi Boshqaruvi” AJ, “Anxoy Aosin Elektromexanika Injiniring Texnologiyasi” va “Chjunxuey Syanjuy Qurilish Guruhi” kompaniyalari vakillari va boshqalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi tadbirkorlar tomonidan shaharda investisiya loyihalarini amalga oshirishda mavjud imtiyozlar hamda ularga yaratilgan sharoitlar yuzasidan savollariga javob berdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
Остона шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг музокаралари бўлиб ўтди.

В Астане состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

📌 Tadbirkorlar muammolari oʻrganildi


Bugun “Chirchiq” texnoparkida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Respublika ishchi guruhi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahrimiz tadbirkorlarining muammolarini yechish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

📌 Tadbirkorlar muammolari oʻrganildi


Bugun shahar hokimligida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Respublika ishchi guruhi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahrimiz tadbirkorlarining muammolarini yechish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
#Uchrashuv

Tadbirkorlar muammolari oʻrganildi


Bugun shahar hokimligida Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Shukrullo Mahmudov, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Respublika ishchi guruhi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahrimiz tadbirkorlarining muammolarini yechish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tadbirkorlik subektlarining vakillari o‘zlarini qiynayotgan turli savollar hamda takliflar bilan shahrimiz rahbariga hamda mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Shahar hokimi murojaatlarning huquqiy jihatlarini tushuntirib, mutaxassislar ishtirokida muammolarni joyida ko‘rib chiqilishini ta’minladi.

Uchrashuv davomida 20 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan bildirilgan barcha muammo va murojaatlar yuzasidan tushunchalar va tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Forwarded from Toshkent viloyati soliq boshqarmasi (Pressa___)
#uchrashuv

Chirchiq shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👍Joriy yilning, 4-iyul kuni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi rahbariyati shahardagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Ushbu tadbirda mahalliy tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etishdi.

👍Uchrashuv davomida soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznesni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi imtiyozlar hamda qulayliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan kichik va o‘rta biznes vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mahalliy biznes vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, amaliyotdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdilar. Soliq boshqarmasi mutaxassislari ushbu muammolarga yechim topish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida amaliy tavsiyalar berishdi.

Bunday ochiq muloqotlar biznes sohasidagi eng dolzarb masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doim tayyorligini bildirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Hamkorlik #Uchrashuv

Bugun Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov, shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Ermetov, U.Rasulmatov va Investisiya, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Raimjanovlar Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahri Baoxe tumanining “Anxoy Huayan” korporatsiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv davomida korporatsiya tomonidan Chirchiq shahrida "Ikki hudud-bir park" maxsus iqtisodiy texnoparkida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan muhokama olib borildi.

Kompaniya vakillarining Chirchiq shahri hududida oziq va nooziq ovqat mahsulotlarini qadoqlovchi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan muzokara olib borishdi.

Tashrif davom etmoqda.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94👏1
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov, shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Ermetov, U.Rasulmatov va Investitsiya, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Raimjanovlar Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahri Baoxe tumani Xalq hukumati a’zolari va ishbilarmonlari bilan muzokara oʻtkazdi.

Muzokara davomida shahar hokimi M.Abduraximov Baoxe tumani Xalq hukumati a’zolariga O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib, barcha makroiqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari haqida nutq so‘zladi.

Shahar hokimining o‘rinbosari A.Ermetov Chirchiq shahridagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan taqdimot qildi. Shuningdek, shahridagi ishlab chiqarish korxonalari yuzasidan videorolik bilan tanishtirishdi.


Uchrashuv davomida ikki tomon savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy-texnik sohalarda almashinuv va hamkorlikni ilgari surish maqsadida berilgan savollarga javob berishdi.

Uchrashuv so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tashrif davom etmoqda.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥1👏1
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov, shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Ermetov, U.Rasulmatov Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahri Baoxe tumanida faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda M.Abduraximov Chirchiq shahridagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalari to‘g‘risida taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunida eksportyor korxonalar O‘zbekistonda eksportyorlarga yaratilgan imtiyozlar yuzasidan savollariga javob olishdi.

Tashrif davom etmoqda.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov, shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Ermetov, U.Rasulmatov va Investitsiya, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Raimjanovlar Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahridagi “Hefei Binhu Hospital” davolash muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv davomida davolash yo‘nalishida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga berilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirishdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomon o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tashrif davom etmoqda.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov, shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Ermetov, U.Rasulmatov va Investitsiya, sanoat va savdo bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Raimjanovlar Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahridagi “Anhui Technical Univercity” oliy ta’lim muassasasi rektori Shing Ping bilan uchrashishdi.

Mazkur oliy ta’lim muassasi 1954-yilda tashkil topgan bo‘lib, yer maydoni 140 gektardan iborat bo‘lib, pedagoglar soni 2000 nafardan ortiqni va talabalar soni 20000 nafarni tashkil etib talabalar 16 ta yo‘nalishda ta’lim olishmoqda.
Ta’lim muassasasi Xitoyning dunyoga mashhur avtomobil sanoatidagi mutaxassislarni yetishtirib chiqargan.


Muzokaralar so‘ngida “Huayan Group” korporatsiyasi raisi Sun Mingkang va “Anhui Technical Univercity” oliy ta’lim muassasasi rektori Shing Ping o‘rtasida Chirchiq shahrida ushbu ta’lim muassasasining fililali ochish yuzasidan kelishuv bitimi imzolandi.

Tashrif davom etmoqda.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar delegatsiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xefey shahri Xalq hukumati a’zolari va ishbilarmonlari o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.


Muzokara davomida Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov O‘zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda Chirchiq shahrining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan nutq so‘zladi.

Muzokara davomida ikki tomon savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy-texnik sohalarda almashinuv va hamkorlikni ilgari surish maqsadida berilgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Xefey shahri Xalq hukumati binosida o‘tkazilayotgan yarmarkada ishtirok etishdi.
Muzokara so‘ngida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

#Tashrif #Baohe #Xefey

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Syuanchen shahridagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tanishuv davomida shahardagi “Luxshareict” kompaniyasining avtomobilar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, “Topsola” kompaniyasining quyosh panellari ishlab chiqarish, “JIT” kompaniyasining qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Syuanchen shahri Xalq hukumati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Xebey shahridagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tanishuv davomida shahardagi “TWS” kompaniyasining quyosh panellari ishlab chiqarish va “EIKTO” kompaniyasining elektr avtomashinalar uchun batareykalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv so‘ngida “EIKTO” kompaniyasi vakillari bilan Chirchiq shahrida loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokara olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Hamkorlik #Uchrashuv

Chirchiq shahar delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Anxoy provinsiyasi Suchjou shahrida bo‘lib, “Anhui. Jinwan Holding Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan turar-joy majmuasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari bilan ikki shaharning iqlimidan kelib chiqib, turar-joy qurilishi yuzasidan fikr almashishdi.


Shuningdek, Anxoy provinsiyasi Savdo-sanoat palatasi bilan muzokara olib borildi. Muzokaradan so‘ng, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida bitim imzolandi.

Shu bilan Chirchiq shahri delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi uyushtirilgan xizmat safari yakuniga yetdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3