Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.24K subscribers
41K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Chirchiq shahar "Turon" MFY aholi vakillari oldida 2023 yil 6 oyi davomida  mahalla beshligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari eshtildi.

Hududdagi mavjud muammolar muhokama qilqinib, yechimi borasidagi takliflar ko`rib chiqildi.

Telegram|YouTube|Facebook
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy qism va muassasalar rahbarlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibida 2024-yilning o‘tgan davrida qonuniylik, shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilgan ishlar natijalari sarhisob qilindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibiga oid tegishli qaror qabul qilindi.


Shuningdek, jinoyatchilik sodir etilmagan harbiy qism komandirlariga tashakkurnomalar topshirildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chirchiq_shahar
#sarhisob_2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori doirasida Chirchiq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2024-yilda aholiga manzilli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Yil davomida mahalla yettiligining kollegial qarori asosida 98 ta oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 82,5 mln so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.

Xususan:

dori-darmon uchun 91 ta oilaga 77 mln so‘m;

kiyim-kechak va zarur vositalar uchun 3 ta oilaga 2,9 mln so‘m;

oziq-ovqat uchun 2 ta oilaga 700 ming so‘m;

uy-joy ta’miri uchun 1 ta oilaga 1.700 ming so‘m;

kommunal xarajatlar uchun 1 ta oilaga 200 ming so‘m.

Bu yordamlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31