Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.25K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Ehtirom

📌 QALB BOGʻINING BOGʻBONLARI

🔹 Bugun shahrimizdagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida aziz o‘qituvchi va murabbiylarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov shahrimiz o‘qituvchilarini bayram bilan tabrikladi.

🔹 Bayram tadbirida yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm – fan asoslarini, zamonaviy kasb – hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim – tarbiya tizimidagi ko‘p yillik mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator ustoz – murabbiylar shahar hokimi tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
🔥51👍1😁1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Венгрияга расмий ташрифи доирасида Будапешт шаҳрининг Қаҳрамонлар майдонидаги хотира устуни пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках официального визита в Венгрию возложил венок к мемориальной колонне на площади Героев в городе Будапеште.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ehtirom

📍Shahrimizda "Keksalar haftaligi" o‘tkazilmoqda


🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida shahrimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

🔹 Mazkur haftalik doirasida Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov keksalar holidan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi.

🔹 Bunday e’tibordan keksa nuroniylar mamnun bo‘lishib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
👍81
#ehtirom

📍KEKSALARGA IZZAT-IKROM KO‘RSATILDI 

➡️ Batafsil: https://telegra.ph/KEKSALARGA-IZZAT-IKROM-KORSATILDI-10-12

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
👍4
Президент Шавкат Мирзиёев Ашхобод шаҳридаги “Halk hakydasy” (“Халқ хотираси”) ёдгорлик мажмуасида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил мемориальный комплекс “Halk hakydasy” (“Народная память”) в городе Ашхабаде.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#e’tibor
#ehtirom

⚡️ Bugun Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov shahrimizda istiqomat qilayotgan II Jahon urushi qatnashchilari Nikolay Kudinov, Aklima Sultanova va 101 yoshni kutib olgan Olga Kimlar holidan xabar olib ularni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimining bayram tabrigi hamda bayram sovg‘alari va oziq-oqat mahsulotlarini topshirdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93👏2
#ehtirom

⚡️ SOʻZ MULKINING SULTONIGA EHTIROM

👉 Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy hiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

⬜️ Tadbirda shahar hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati hokimining ma’naviy – ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, Chirchiq davlat pedаgogika universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xamza Jumayev va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo’limi rahbari Abdurashid To’ychiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlinmasi rahbari N.Umarova hamda boshqalar ishtirok etdi.

⬜️ Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari tomonidan tayуorlagan sahna ko‘rinishlari, xavaskor xonanda Behruz Baxtiyorovning shoir g‘azallari bilan ijro etgan qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz kiritdi.
Tadbir so‘ngida haykal poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

⚡️ SOʻZ MULKINING SULTONIGA EHTIROM

👉 Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy hiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
👍3
#ehtirom
#tayinlov

Bugun shahar hokimligining katta majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Alijan Shamsiyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan sektor rahbarlari ishtirokida munosib kuzatildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Qudratov hamda shahar hokimi Davron Xidoyatov Alijan Shamsiyevni shahardagi samarali mehnat faoliyatiga toʻxtalib, u yaratib ketgan maktab kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdilar.

Yigʻilganlar tomonidan ham iliq fikrlar aytildi. Mustahkam sogʻlik, ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga Abdulla Adxamovich Isayev tayinlandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2🕊1
#ehtirom

Bugun Chirchiq shahar hokimligi, Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, Chirchiq harbiy prokuraturasi, Mudofaa ishlari bo‘limi, Faxriylar kengashi vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolari holidan xabar olindi.

Qahramonlarimizning oila a'zolariga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan pul mablag‘lari va sovg‘a-salomlar ulashildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳридаги Тяньаньмэнь майдонига ташриф буюриб, Халқ қаҳрамонлари ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил площадь Тяньаньмэнь в городе Пекине и возложил венок к подножию Памятника народных героев.

#Mirziyoyev #tashrif #yodgorlik #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ehtirom

Bugun buyuk o‘zbek shoiri tavalludining 583 yilligi munosabati bilan biz Alisher Navoiyning adabiyot, madaniyat va ta’lim rivojiga qo‘shgan o‘chmas xizmatlarini e’tirof etib, yodga olamiz.


🌐
BATAFSIL

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#ehtirom

SOʻZ MULKINING SULTONIGA
EHTIROM

Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy xiyobonida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Davron Xidoyatov va barcha sektor rahbarlari, qator tashkilot, idoralar jamoalari, ta’lim muassasalari, ijod ahli hamda yoshlar qatnashib, ulug‘ shoir siymosi poyiga gullar qo‘yishdi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashgan O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati bo’limi rahbari Sayyora Fayziyevalar benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, ibratli hayot yo‘li, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

Bugun shahrimizdagi Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, universitet talabalari hamda professor-
o‘qituvchilari ishtirok etdi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏21😍1
#ehtirom

Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun


⚡️ Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda hisoblanadi.

«…U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas. Mirzo Muhammad Haydar. «Tarixi Rashidiy»dan.


«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan». Eduard Xolden, ingliz tarixchisi


«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». Uilyam Erskin, «Boburnoma» tarjimoni.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom
#shukuh

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shayxutdinova Aklima Sultonovnani Navroʻz bayrami munosabati bilan 4 million soʻm moddiy ragʻbatlantirish puli, oziq-ovqat mahsulotlari shahar hokimi M.Abdurahimov tomonidan topshirildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124😍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Davlatimiz rahbari “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #ehtirom

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида "Янги Ўзбекистон" боғига ташриф буюрди ва Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Российской Федерации Владимир Путин в сопровождении Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева посетил парк «Янги Узбекистон» и возложил венок к Монументу Независимости.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🤝3
#Ehtirom

USTOZ JURNALIST SAODAT MUSAYEVANING MEHNATLARI E’TROF ETILDI


O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, ustoz jurnalist Saodat Musayevaning qutlug‘ oltmish besh yoshga to‘lishlari munosabati bilan “Chirchiq tongi” gazetasi tahririyatida uning mehnatlar, serqirra ijodi e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, Saodat Musayevaning tanqidiy-tahliliy materiallari nafaqat mahalliy, balki respublika gazetalarida ham muntazam e’lon qilib borilmoqda. Turli mavzulardagi she’rlari, bolalar uchun yozgan ertaklari o‘z o‘quvchilariga ega. Uning ijodida bolalar mavzusi alohida o‘rin tutadi. 2022-yilda bolalarga bag‘ishlangan “Shifokor laylak”, “Shoshqaloq qalam” va “Qirq oyoq nega yalangayoq?” nomli kitoblari chop etilgan. Shu yili nashrdan chiqqan “Men yoshlikka qaytaman bu kech...” nomli she’riy to‘plamini esa muxlislar iliq kutib oldilar.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi Rahmatilla Sheraliyev, “Chirchiq tongi” gazetasi muhariri Iroda Muxammedazizova va boshqa hamkasblari serqirra ijodkorni tabarruk yoshi bilan chin dildan muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik hamda ulkan ijodiy yutuqlar tiladi.

Saodat Musayevaga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limining hamda “Chirchiq tongi” gazetasi tahririyatining sovg‘alari topshirildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

MEHRI MALHAM, DARDGA DARMON SHIFOKORLAR!

Shahrimizdagi “Zamin” to‘yxonasida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda shahrimizdagi tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, tajribali shifokorlar, tizim mas’ullari, faxriylar ishtirok etdi.


Tadbir ochilishida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilishi asnosida barcha tibbiyot xodimlariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, aholi salomatligini saqlash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda sidqidildan mehnat qilayotgan shifokorlarning beminnat xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Qayd etish lozimki, keyingi yillarda tibbiyot sohasida tub islohotlar izchil amalga oshirilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Birgina shahrimiz miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, aholiga birlamchi tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida, 2 ta oilaviy poliklinika ishga tushirildi. Zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan tibbiyot maskanida fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


Tantanali bayram tadbiri davomida aholi salomatligi yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida san’atkorlar va ijrochi yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8