Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.26K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#tanlov

Siz iqtidorlimisiz?

O'z qobilyatingizni namoyish etishni xohlaysizmi?

Unda bu siz uchun imkoniyat!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati va qator hamkor tashkilotlar 15 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov

🖼 Tasviriy va amaliy san'at

📚Adabiyot va publitsistika

🎙Milliy maqom va milliy estrada

yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

Tanlovga arizalar 15 noyabr kuniga qadar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining hududiy(tuman va shahar) bo'linmalarida qabul qilinadi.

Shoshiling!
Tanlovda ishtirok eting!

ZERO VATAN TARAQQIYOTIGA HISSA QO'SHISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR!
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.

🗓Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida ko‘rsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

🥇 50 000 000 so‘m
🥈 40 000 000 so‘m
🥉 30 000 000 so‘m
🏅kuchli beshtalik 20 000 000 so‘m
🏅kuchli o‘ntalik 10 000 000 so‘m.

Manba👉 https://t.iss.one/wikistipendiya

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#tanlov

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

"Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovi yurtimizda yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tanlov ertamiz egalarini zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida voyaga yetkazishda ko‘mak berishi shubhasiz.

Bugun Quyichirchiq tumanidagi Beruniy madaniyat saroyida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Chirchiq shahar iqtidorli o'quvchilari Laylo Hamdamova , Diyora Ismoilova , Sanat Rajapov, Feruza Rajapova, Muharram Latipova munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallab qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ldilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Tanlov

⚡️ Bugun Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining 7-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovi 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi.

🔆 Ushbu tanlovda o'quvchi yoshlar qatnashdi. Tanlov natijasiga koʻra 1-oʻrinni 20-sonli umumta'lim maktabi egallab jamoa 100 000 000 soʻm, 2-oʻrinni 15-sonli umumta'lim maktabi egallab 75 000 000 soʻm, 3-oʻrinni esa 21-sonli umumta'lim maktabi egallab 50 000 000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aksilkorrupsiya_oyligi
#tanlov

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi insholar tanlovidagi jarayonlar quyidagi videolavhamizda.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

Diqqat, eʼlon!

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Madaniyat hamda Yoshlar ishlari boshqarmalari hamkorligi ostida, sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha "Yangi Oʻzbekistonda yangi isteʼdodlar" nomli koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlovda milliy qoʻshiqchilik, folklor, baxshichilik, opera, estrada, raqs sanʼati kabi yoʻnalishlar boʻyicha 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan havaskorlar ishtirok etishi mumkin.

Gʻoliblar "Navroʻz" umumxalq bayramida viloyat hokimi tomonidan eʼtirof etiladi. Tanlovga materiallar 2024-yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel.:
+998 99 859 25 11, +998 90 167 91 69.


Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#3sektor

⚡️ Respublika Yoshlar ovozi “Bo‘zatov FEST” tanlovining 3 ta yosh toifasida, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha mahallada g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarimiz sektor bosqichida ishtirok etdi. G'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarimiz shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov #Mahalladagi_kitobxon

💳 Mahalladagi kitobxonlar uchun yana bir ajoyib loyiha!

👥 Kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida “Mahalladagi kitobxon” tanloviga start bermoqdamiz.

🙋 Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. 1 oyda atigi 2 ta kitob oʻqib, tanlovda qatnashib gʻolib boʻlish imkoniyati mavjud!

🔎 Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

Chirchiq shahar Hunarmandlar markazida Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamda “Hunarmand” uyushmasi Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan ,”Navqiron O‘zbekiston” ijodkor yoshlar respublika amaliy va badiiy san’at ko‘rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda 23 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnashdilar.
Ishtirokchilarning onlayn tarzda yuborilgan ijodiy ishlarni hay’at a’zolari ko‘rib chiqishdi hamda g‘oliblarni aniqlashdi.

Hay’at qaroriga ko‘ra 1-o‘rin Qibray tumanidan hunarmand Yusupov Ibratga (Zargarlik yo‘nalishi), 2-o‘rin Chirchiq shahridan hunarmand Aytbayev Doniyorga (Esdalik buyumlari yo‘nalishi), 3-o‘rin Yangiyo‘l shahridan Hakimova Dilnozaga (Kashtachilik yo‘nalishi) berildi hamda Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma va diplom bilan taqdirlandilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Tanlov

“Yil ayoli” milliy tanlovida g‘oliblar aniqlandi

 
Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Chirchiq shahrida oila va xotin qizlar bo‘limi tomonidan "Yil ayoli" milliy ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 9 ta  nominatsiya bo‘yicha 16 nafar xotin - qizlar ishtirok etdilar.  

N.Xakimova, X.Raximovalar "O‘z kasbining ustasi bo‘gan yil ayoli", S.Romanova va Ch.Raximovalar
"Yilning eng faol olima ayoli”, M.Miyerbekova “Yilning eng kuchli ma’naviy - ma’rifiy targ‘ibotchisi”, M.Botirova, M.Mamedova va X.Abdullayevalar "Yilning eng jonkuyar ustozi" nominatsiyalari g‘olibi bo‘dilar.


Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.Jumayeva  naminatsiya g‘oliblarini  tashakkurnova va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
#Elon #tanlov

Toshkent viloyati IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun
tanlov e’lon qilinadi

Arizalar faqat onlayn tarzda joriy yilning 21-31-yanvar kunlari qabul qilinadi.

👉Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

CHIRCHIQ SHAHRIDA "YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI 2025" KASBIY KO‘RIK
TANLOV SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim Vazirligining “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazish to‘g‘risidagi 2025-yil 19-martdagi 124-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 2-aprel kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” ko‘rik tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

ko'rik tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” ko‘rik tanlovida “Yilning eng yaxshi direktor o‘rinbosari” nominatsiyasi bilan 8-DMTT direktor o‘rinbosari Ruqiya Anvarova 1-o‘rin, “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi 8-DMTT tarbiyachisi Gulrux Imiaminova 1-o‘rin, 31-DMTT tarbiyachisi Shohsanam Toxirjonova 2-o‘rin, 31-DMTT tarbiyachisi Dildora Turdiyeva 3-o‘rin, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi bilan 9-DMTT tarbiyachisi Shahnoza Zulpikarova 1-o‘rin, 13-DMTT tarbiyachisi Ra'no Sherova 2-o‘rin, 21-DMTT tarbiyachisi Sarvinoz Ergeshova 3-o‘rin, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi bilan 8-DMTT tarbiyachisi Laylo Naimova 1-o‘rin, 32-DMTT tarbiyachisi Ra'no Yuldasheva 2-o‘rinno qo'lga kiritishdi.

Sovrindorlarga Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar taqdim etildi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12