Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.31K subscribers
40.7K photos
5.08K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
#Open_budget

📌 “Очиқ бюджет” лойиҳасининг 2-мавсуми тўғрисида

Ташаббусли бюджет лойиҳасининг 2-мавсум учун Чирчиқ шаҳар бюджетидан 4 млрд. 522 млн. сўм маблағ ажратилган.
Юртимизда, аҳоли турмуш тарзини яхшилаш, маҳаллалардаги коммунал ва ички йўллардаги муаммоларни ҳамжихатликда ҳал қилиш, бюджет маблағлари сарфланишини очиқ ва шаффофлигини таъминлаш мақсадида “Очиқ бюджет” (Open budget) лойиҳаси йўлга қўйилган.
Чирчиқ шаҳрида 2-мавсумда қуйидаги 6 та ғолиблар аниқланди.
18-сонли умумтаълим мактабига электрон доскалар билан таъминлаш учун 800,0 млн. сўм, берилган овозлар сони 6211 та;
24-сонли умумтаълим мактаби ҳудудини девор билан ўраш учун 510,0 млн. сўм, берилган овозлар сони 5949 та;
- В.Хайдаров МФЙ ҳудудида жойлашган шаҳар марказий кутубхонасини замонавий типда жорий таъмирлаш учун 1000,0 млн. сўм, берилган овозлар сони 5854 та;
17-сонли мактабгача таълим муассасасининг иссиқлик тизимини таъмирлаш ва исистиш қозони харид қилиш учун 550,0 млн сўм, берилган овозлар сони 5818 та;
2-сонли мактабгача таълим муассасаси ҳудудини девор билан ўраш учун 600,0 млн. сўм, берилган овозлар сони 5792 та;
3-сонли мактабгача таълим муассасаси биносини жорий таъмирлаш учун 650,0 млн. сўм, берилган овозлар сони 5789 та.

Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг Ахборот хизмати

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
#open_budget

⚡️ HARAKAT SAMARASI

Chirchiq shahar 18-sonli maktabi jamoasi tashabbusi bilan joriy 2022-yil avgust oyining 24-sanasidan 17-sentabr kunigacha open budget loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonida faol ishtirok etib, Chirchiq shahrida eng ko‘p 6211 ta ovoz to‘plab, belgilangan 800 mln mablag‘ni yutib olib, 35ta o‘quv xonalar elektron interaktiv doskalar hamda 6ta monoblok bilan ta’minlandi. Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim va tarbiya berish imkoniyati yaratildi. Chirchiq shahar 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat qilayotgan 60 nafar pedagoglar, 882 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Maktabda 2 ta zamonaviy kompyuter xonalari, 5000dan ziyod adabiyotlarga ega kutubxona, sport zal mavjud bo‘lib, o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maktabda ingliz, rus va xitoy tili o‘qitib kelinmoqda. 8 ta oliy toifali, 9 ta birinchi toifali, 14 ta ikkinchi toifali o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2🔥1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️📣Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi!

Bunda:

1️⃣Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
2️⃣Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
3️⃣Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
4️⃣Ovoz berish: 22-avgust–1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi.

🪙Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!

‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!


#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga 2025-yilda “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi taqdim etilmoqda.

#open_budget #ochiq_budjet #tashabbusli_budjet #mening_maktabim

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi

Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

❗️ “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahalla soniga nisbatan 21 foiz) g‘olib deb topildi. Bunda, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, 2024-yilgi 2-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi.

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

📋 Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin*:

 ➡️ Ro‘yxat

*G‘oliblar ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Ochiq budjet” portalida e’lon qilib boriladi.

#open_budget #tashabbusli_budjet

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM