Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.8K photos
4.45K videos
18 files
15.9K links
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🔰 Meros ochilganda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.

☑️ Quyidagilar meros qoldiruvchining shaxsi bilan bogʻliq huquq va majburiyatlar hisoblanadi hamda meros tarkibiga kirmaydi:

▫️tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqlari;
▫️hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish;
▫️aliment huquqlari va majburiyatlari;
▫️pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar olish huquqi;
▫️shaxsiy nomulkiy huquqlar.

❗️Meros qoldiruvchining shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy boyliklari merosxoʻrlar tomonidan himoya qilinishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🚫 Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxslar meros ochilgungacha vasiyatnomaga oid ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.

Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.

▶️ Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmaganda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🔰 Merosxoʻr merosdan voz kechganda yoki merosxoʻrlar orasidan chiqib ketganda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqirilgan qonun boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi va ular oʻrtasida merosdagi ulushlariga mutanosib taqsimlanadi.

🔘 Meros qoldiruvchi barcha mol-mulkni oʻzi tayinlagan merosxoʻrlarga vasiyat qilgan boʻlsa, merosning merosdan voz kechgan yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketgan merosxoʻrga tegishli boʻlgan qismi qolgan vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e'tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

⚠️ Mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo'lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Shaxs 16 yoshdan ishga qabul qilinadi.

Bola 15 yoshidan boshlab ota-onasidan birining roziligi bilan o'qishdan bo'sh vaqtida ishlashi mumkin.

➡️ Madaniy-tomosha, televidenie, radioeshittirishlarda va boshqa OAVlarda, shuningdek professional sportchilar bilan ota-ona har ikkisining roziligi bilan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni ishga qabul qilish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Ishga qabul qilishda ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni ishning mazmuni, mehnat sharoitlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, boshqa ichki hujjatlar bilan oldindan tanishtirishi shart.

Ishga qabul qilish bo'yicha tanlov o'tkazilganda, ishga kirayotgan shaxsga tanlov o'tkaziladigan sana haqida kamida bir hafta oldin xabar berilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas

🚫 Ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo'shatishi mumkin emas:

1️⃣ Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda belgilanmagan asoslar bilan;

2️⃣ kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);

3️⃣ xodim “bolnichniy”da bo'lganda (ya'ni, kasal bo'lganda), har qanday “otpusk” (ta'til)ga chiqqanida;

4️⃣ xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

5️⃣ xodim xizmat safarida bo'lganda;

6️⃣ homilador ayollar homiladorlik davrida.

⚠️ Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo'pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo'shatish mumkin. SHtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo'shatish mumkin emas.

Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo'llanilmaydi, ya'ni xodim “bolnichniyda”, ta'tilda, xizmat safarida bo'lganda yoki homilador bo'lganda ham ishdan bo'shatilaveradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin