Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Ohangaron shahri. Yoshlar yetakchisi yordami bilan “Qoʻrgʻon” mahallasida ishsiz fuqaro Davron Oqqulovning bandligi taʼminlandi.

🔘Bekobod tumani.Mustaqillik” mahallasida hokim yordamchisi 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga yordam berdi.

🔘Parkent tumani. 62 ta mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida “Ona tabiat, seni obod etishga barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Toshkent tumani.Istiqbol” mahallasilik Kamola Sobirjonovaga tuman hokimi noutbuk sovgʻa qildi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Piskent tumani. Kultepalik Gulnoza Valiyeva 5 sotix issiqxonadan 50 mln. so‘m daromad qilishni uddaladi.

🔘Chirchiq shahri. Hokim yordamchilari uchun tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Jumabozor” mahallasida hokim yordamchisining koʻmagi bilan ishsiz ayol N.Toʻrajanovaga tikuv mashinasi berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokim yordamchilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Saxovat” mahallasida yoshlar yetakchisi koʻmagida mahalladagi 34 nafar yoshga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi yigit-qizlar uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

🔘Bekobod shahri. Yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 22 nafar yigit-qizga oʻzini band qilishi va tadbirkorlik uchun 95 mln. soʻmlik asbob-uskuna berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Boʻka tumani. Joriy yilning 20-iyun kuni kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Toshloq” MFYda zarar yetgan xonadonlardagi qurilish-taʼmirlash ishlari Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligidagi masʼullar tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanning “Nurli yoʻl” va “Farovon” mahalla fuqarolari yigʻinlarida yirik bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 3-sektor hududidagi “Vatan” mahalla fuqarolar yigʻini “Obod qishloq” dasturi doirasida tobora chiroy ochmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi Qobil Xamdamov shaharga tashrif buyurgan xitoylik investorlar bilan uchrashib, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir mahallada yangi bogʻ, yangi yashil makonlar tashkil etish boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Pistalik” mahallasidagi 330 oʻrinli 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilari hududlardagi obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektidagi qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirishdi.

🔘Nurafshon shahri. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Q. Burxanov mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududlarda boʻldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi koʻchat ekish aksiyasida 10 000dan ziyod nihol oʻtqazishni maqsad qilgan. Hozirgacha 7500 dan ortigʻi ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Bekobod tumani XTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarda “yashil makon” doirasida 17500 dona mevali, manzarali koʻchat va qalamchalar ekish maqsadida qizgʻin ish olib borilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Yosh sportchilar “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida 4000 tupdan ortiq daraxt koʻchatlari ekmoqda.

🔘Bekobod shahri. Bugun kasb-hunar maktabida 70 tup archa, 10 tup mevali va 100 tup terak qalamchalari ekildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari “Rovatak” hududidagi “Nurli kelajak” xoʻjaligida 2 570 tup pavloniya koʻchatlari oʻtqazishni boshlab berishdi.

🔘Bekobod tumani. Farxod mahallasi hududida mutasaddi rahbarlar ishtirokida hashar oʻtkazildi va 90 tup mevali va 60 tup manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Qibray tumani. “Yashil makon” tadbirlarida IIB, FV boʻlimi, korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida 25 gektardan ortiq qarovsiz maydonlar obodonlashtirilib, 80 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Chirchiq shahri. Viloyat prokurori Sh.Raximov tashabbusi bilan 2-sektor hududida “Yashil makon” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oʻzmilliybank” viloyat boshqarmasi va hududiy filliallari hamda shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi obod” mahallasiga 1800 tup pavloniya koʻchati ekildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi “Yashil makon” doirasida ishsiz ayollarga uydan chiqmay 1 mln tup rayhon koʻchati yetishtirish taklifini berdi.

🔘Olmaliq shahri. 52 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jami 2500 tup daraxt koʻchati ekish rejalashtirilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida 91,8 mln. dollar qiymatga ega 144,7 ming tonnadan ziyod qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilik mahsulotlari eksport qilindi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligi mutasaddilari hududda faoliyat yuritayotgan eksportyor korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, muammolarini oʻrganishdi.

🔘Ohangaron tumani. Angren” erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron tuman hududi “Aqcha” blokida joylashgan investitsiya loyihalariga kommunikatsiya tarmoqlarini yaratib berish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Oqibat” mahallasida joylashgan ishlab chiqarish obyekti 17 ming kvadrat metr yer maydoniga ega boʻlib, bu yerda bir yarim mingdan ziyod ishchi xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

🔘Qibray tumani. Qibray tumanidagi charm mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonada 70 dan ortiq yigit-qizlar doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlib, mahsulotlarni kelgusida Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilarining tadbirkor bilan muloqoti natijasida sanoat hududida faoliyat yuritayotgan charmni qayta ishlovchi “Dong Da” korxonasidagi mavjud muammo bartaraf etildi.

🔘Chirchiq shahri. Yoshlarda tadbirkorlikka qiziqish uygʻotish va ish bilan taʼminlash, ularning kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida shahardagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari uchun hududdagi kichik sanoat zonalariga ekskursiya uyushtirildi.

🔘Bekobod tumani. Boʻston” mahallasida umumiy qiymati 1 milliard 135 mln. soʻm boʻlgan yangi tadbirkorlik loyihasi ishga tushirildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Kadastr boshqarmasi. Joriy yil boshidan Chinoz tumanida jami 48 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilgani aniqlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Bogʻbon” mahallasining Nihol koʻchasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 1,8 km boʻlgan yangi tarmoq tortilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan “Toshloq” MFY ning 1,1 km uzunlikdagi ichki koʻchalariga sement-beton qoplamali yoʻl qurilmoqda.

🔘Qibray tumani. Hudud prokurori aholi murojaatlari va muammolarini yaqindan oʻrganish maqsadida “Zebuniso” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimining farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar tuman hududida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.

🔘Nurafshon shahri.Yoshlik” MFYda Oʻzbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng boʻlgan uy bilan tanishuv boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron shahri. “Yoshlar daftari”ga oʻzini-oʻzi band qilish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan “Shodlik” mahallasidan ishsiz fuqaro Ernest Burasanovning bandligi taʼminlandi.

🔘Angren shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘Chirchiq shahri. Hudud rahbari “Saodat” koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarni koʻzdan kechirib, u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Davlat soliq boshqarmasi. Soliq xodimlari 4-sektor hududiga 1000 tup terak ekishdi.

🔘Chirchiq shahri. Gʻalaba” MFYga hokim yordamchilari tomonidan 215 tup mevali koʻchat oʻtqazildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. 17-maktabda muallimlar bogʻiga asos solib, 70 tup nihol ekildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Koʻkalamzorlashtirish ishlariga shahar hokimi F.Mirzayev boshchilik qildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Real Agro Cotton” UK dala shiyponida koʻchat ekish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

🔘Bekobod shahri. FVB qutqaruvchilari “Yashil makon” ga 100 dan ziyod nihollar ekib, hissa qoʻshdilar.

🔘Piskent tumani. 29 ta mahallada kuniga 5000 dan ortiq daraxt koʻchati oʻtqazilmoqda.

🔘Zangiota tumani.Olmazor” MFYda 1000 ta terak qalamchasi tayyorlanib, xonadonlarga tarqatilmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. Sari-Qangli”, “Dumaloq” MFY hududlarida 2000 dona terak qalamchalari ekildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Yuqori Chirchiq tumani. Maʼnaviyat maskani” majlislar zalida tuman hokimi U. Atemov rahbarligida tumanda jinoyatchilik, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq shahri mahallalarida yoshlar bilan sayyor qabullar davom etmoqda.

🔘Zangiota tumani. Qirguzar” mahallasi hokim yordamchisi A. Kudaybergenova tashabbusi bilan homiylar jalb qilinib, mahallaning bitta koʻchasi asfaltlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimining navbatdagi qabulida har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, aksari hal etildi, ayrimlariga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.

🔘Bekobod tumani.Istiqlol” mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki talabaning shartnoma toʻlovlariga moddiy yordam koʻrsatildi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq shahrida yangi tashkil etilgan mehmonxona hamda trikotaj kiyim doʻkonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Har bir sektor hududida yoshlar yetakchilari faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. Yangi loyiha “BOBUR-GULSANAM-FAYZ” MCHJ uchun 200 mlrd soʻm investitsiya kiritildi va 6 ta ish oʻrni yaratildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Keskan” mahallasida “PGS” hususiy korxonasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi elektr jihozlar ishlab chiqarilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1,1 mln. dollarni tashkil etadi.

🔘Chirchiq shahri. MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi vakillari “Chirchiq” texnoparki faoliyati bilan tanishib, hamkorlik taklifini bildirdi.

🔘Ohangaron tumani. Angren EIZ “Aqcha” blokida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlariga 30 nafar ishi jalb etib, 1,3 mln. dollarlik uskuna keltirildi.

🔘Piskent tumani. Rahimjon Rixsiyev sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi. Tumanda 2022-yil 15-noyabr holatiga 11,5 mln AQSH dollari (121%) miqdorida eksport amalga oshirilgan.

🔘Chinoz tumani.Ishonch biznes Baraka” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 4,1 mlrd. soʻmlik xususiy tibbiy klinika ishga tushirilib, 45 ta yangi ish oʻrni tashkil qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 4-sektor rahbari D.Yoʻldoshev ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlarga zarur taklif va mulohazalar bildirdi.

🔘
Olmaliq shahri. Ochilishi rejalashtirilayotgan yangi tadbirkorlik subyektlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan tizimli muammolar yechimi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Bekobod tumani. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari Doʻstlik MFYda “yashil makon” barpo etishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Quyi Chirchiq Yoshlari” MCHJ hamkorligida yetakchilar “Jumagʻul” mahallasida 2,5 mingga yaqin koʻchat ekishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani.Dolzarb 40 kunlik”da IIB xodimlari faol ishtirok etmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. 2-sektordagiXalqobod” MFY ekomarofon oʻtkazildi. Mavsumda tumanda jami 235 000 tup nihol ekilgan.

🔘Boʻstonliq tumani. Jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan “Sudyalar bogʻi” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Ekologik partiyasi raisi F.Axmedjanov boshchiligidagi ishchi guruh shahardagi “Yashil makon” doirasidagi ishlar bilan tanishdi.

🔘Piskent tumani. Zominovul mahallasi mahalla raislari hashar oʻtkazishdi va 2500 tup koʻchat oʻtqazishdi.

🔘Toshkent tumani. 2-sektor “Sirgʻali” MFYda “Temir daftar”dagi oilalarga mevali koʻchatlar tarqatildi.

🔘Chirchiq shahri. Professor-oʻqituvchilar va valontyor talabalari daraxt ekish tadbirlarida qatnashib, 100 ga yaqin mevali va manzarali butalar qadadilar.

🔘Qibray tumani. Baytqoʻrgʻon mahallasida hokimlik boʻlim, boshqarmalari ishtirokida hashar tashkil etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Angren shahri. Oilaviy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kredit olib, oʻz faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan fuqaroga tikuvchilik anjomlari yetkazib berildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev 15 nafar ishsiz va boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizga oʻz-oʻzini band qilishi uchun kerakli uskunalar topshirdi.

🔘Ohangaron tumani. “Ayollar daftari”da turuvchi 14 nafar xotin-qizning bandligini taʼminlash maqsadida, subsidiya asosida elektropechlar berildi.

🔘Bekobod tumani. Besh tashabbus olimpiadasining sport, kitobxonlik, it texnalogiyasi, madaniyat va sa'nat yo'nalishlarida qatnashgan 120 nafar yoshlarga yoshlar ishlari agentligi va bekobod tuman hokimi qimmatbaho sovg'lar bilan taqdirdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichida shahardagi “Mezon” mahallasi yoshlar yetakchisi Shavkat Raximberdiyev gʻolib boʻldi.

🔘Qibray tumani. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan 14 fuqaroga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar topshirildi.

🔘Bo'ka tumani. "Do'stlik" MFY da hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining hamkorlikdagi ko'magi bilan 3 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlandi.

🔘Chirchiq shahri. Toʻrtinchi sektor rahbari sektor hududidagi 11 ta mahallada rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, galdagi vazifalar yuzasidan muloqot qildi.

🔘Olmaliq shahri. Aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha hokim yordamchilari bilan oʻquv seminari oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimining oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi masʼullar Dalvarzin xududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, mavjud muammolar xususida suhbatlashishdi.

🔘Toshkent tumani. Tumanda joylashgan “Leader Foam Rubber” korxonasi penopoliuretandan tayyorlayotgan 10 turdagi mahsulotlarini mahalliy isteʼmolchilardan tashqari Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Ozarbayjon davlatlariga ham sotmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda 2022-yil hududiy investitsiya dasturi asosida “ALKIM TEKSTIL” MCHJ tomonidan “Bosma mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tuyaboʻgʻiz” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “BABIES TOYS” korxonasi tomonidan turli xildagi bolalar oʻyinchoqlari tayyorlash oʻzlashtirildi.

🔘Piskent tumani. Byudjet mablagʻlaridan jamoatchilik fikri asosida foydalanish masalalariga bagʻishlangan hududiy video-seminar samarali muloqotlarga boy boʻldi.

🔘Olmaliq shahri. Xitoylik sarmoyador Olmaliq shahriga 100 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish taklifini bildirdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.


🔘Toshkent tumani. 2-sektor hududidagi 17 ta mahallaning hokim yordamchilari tashabbusi bilan “Sirgʻali” mahallasidagi “Fayzibaland” koʻchasiga 60 tup olma koʻchati ekildi.

🔘Chirchiq shahri. 100 dan ortiq milliy gvardiya chirchiq shahar qo'riqlash bo'limi xodimlari ko'chat o'tkazish jarayonida faol bo'lishdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimovning tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanga 20 mingdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari olib kelinib, hududlarga tarqatilmoqda.

🔘Ohangaron shahri.Qoʻrgʻon” MFY hududiga Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi viloyat boʻlimi tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari olib kelindi.

🔘Parkent tumani.Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda tuman IIB xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Statistika boshqarmasi. 2022-yil yanvar-oktyabr oyi yakuni bilan Toshkent viloyatida 1695,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi (2021-yilning shu davriga nisbatan 104,3 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi.

🔘Oʻzmetkombinat. 2022-yilning 11 oyi davomida “Oʻzmetkombinat” AJda belgilangan yillik eksport koʻrsatkichi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar - noyabr oylarida umumiy qiymati 83,8 million dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilingan boʻlib, bu rejaga nisbatan 133,2 foizni tashkil qildi.

🔘Piskent tumani. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari O.Rustamov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Piskent tumanida boʻlib, tumanda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va eksport koʻrsatkichlari ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

🔘Olmaliq shahri. Tadbirkor Saydulla Alimov “Olmaliqsoy” mahallasidagi boʻsh turgan yerni auksion orqali yutib olib, qiymati 6 mlrd soʻmlik loyiha boʻyicha 250 oʻrinli restoranni qurib, foydalanishga topshirdi.

🔘Chirchiq shahri. Tataristondagi Oʻzbekiston bosh konsuli “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki hududini koʻzdan kechirdi, mutaxassislar va rezident tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Olmalar oʻzimizning bogʻdan: xorijga olma eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘
Qurilish vazirligi. Yangiyoʻl tumani “Gulbahor” shaharchasi hududida “Mening birinchi uyim” dasturi asosida 5 gektar yer maydoni koʻp qavatli turar joy binolarini qurish uchun tanlandi.

🔘Qurilish boshqaramsi. Tashabbusli byudjet jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

🔘Statistika boshqarmasi. Joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida Toshkent viloyati bunyodkorlari tomonidan 10 trillion 429,7 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

🔘Chirchiq shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashi tashabbusi bilan jamoat joylariga, bolalar bogʻchalari va maktablarga hamda shahardagi barcha tadbirkorlik subyektlarining kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida 30 kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimi oʻrnatiladigan boʻldi.

🔘Bekobod shahri. Shahardagi qurilishlar ketayotgan obyektlarda ishlayotgan quruvchilar bilan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik mashgʻulot oʻtkazildi.

🔘Angren shahri. Amir Temur, Bunyodkor koʻchalari kesishgan chorraha yoʻlidagi markaziy issiqlik energiyasi tarmogʻi kapital taʼmirlandi.

🔘Ohangaron tumani.Ohangarontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan “Chuvildoq” mahallasida gaz bosimini meʼyorga keltirish maqsadida qoʻshimcha ravishda gaz quvurlarini tortish ishlari davom etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan limonchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga subsidiya

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokimlik tomonidan “Sabo” mahallasida arzonlashtirilgan koʻchma oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Gʻalla agrotexnikasiga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tibbiyot birlashmasi hududidagi 1 gektar maydonda viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan “Tibbiyot bogʻi” barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

🔘Bekobod shahri. Ishchi guruh tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida taʼlim muassasalarida ekilgan koʻchat va qalamchalar parvarishi oʻrganildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Umarjon Kamolov 40 sotixli yer maydonida 6 ta issiqxona tashkil etib, yangi ish oʻrinlari yaratdi.

🔘Qibray tumani. Arzonlashtirilgan yarmarkada kunlik istеʼmol va bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Yangibozor dehqon bozori maʼmuriyati va departament tomonidan tuman markazidan olis hududlarda joylashgan "Buloqboshi", "Jalibel", "Qangli" mahallalari aholisi uchun koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Chirchiq shahri.Maxam-Chirchiq” AJ da statsionar kinetik turbinali gidroagregat loyihasi tajriba tariqasida ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘
Yangiyoʻl tumani. Tumanda qish mavsumini barqaror va talofatsiz oʻtkazish yuzasidan koʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar jarayonida “Gulbahor” mahallasidagi koʻp qavatli uyning tom qismi profnastil qoplamasi bilan yangilandi.

🔘Ohangaron shahri. Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida soʻnggi qurilish jarayonlari ketmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oltinobod” mahallasida “Xotin-qizlar bandligini oshirish markazi” foydalanishga topshirildi.

🔘Chirchiq shahri. “Uzavtosanoat” boshqaruvi raisi Chirchiq shahridagi “Agratech” klasterida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

🔘Qibray tumani. “Taraqqiy” mahallasida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy pallaga kirdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumanda xotin-qizlarni turli kasblarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilishga koʻmaklashuvchi yangi markaz ish boshladi.

🔘Parkent tumani. “Qoʻrgʻontepa” mahallasi hududida “Paritet Invest” qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazilgan 2 ta koʻp qavatli uyda joylashgan 40 ta xonadon kalitlari bayram tuhfasi sifatida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida oʻz egalariga topshirildi.

🔘Chinoz tumani. “Istiqlol” mahallasi xududida joylashgan 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini yangidan qurish ishlari jadal davom etmoqda.

🔘Toshkent tumani. “Majnuntol” mahallasining 3,2 km uzunlikdagi ichki yoʻllari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida asfaltlashtiriladigan boʻldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘
Yangiyoʻl tumani. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun auksionda qatnashib, gʻolib boʻlgan talabgorlarga yer maydonlari ajratib berilmoqda.

🔘Bekobod tumani. “Guliston” va “Istiqlol” mahallalarida yashovchi fuqarolarning 108 nafariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori talablariga asosan 10 yil mudatga ijara shartlarida dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer berildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. “Qorasuv” mahallasida har kuni arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. “Yangi turmush” mahallasida “Boʻstonliq dehqon bozori” MCHJ maʼmuriyati tashabbusi bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Qishloq va suv xoʻjaligining ilgʻor xodimlari ragʻbatlantirildi.

🔘Qibray tumani. “Baytqoʻrgʻon” mahallasida joylashgan IIV huzuridagi 2-son akademik litseyida koʻchma arzonlashtirilgan Yangi yil yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligi tomonidan shahar aholisi va mehmonlarini arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq dehqon bozori hududida ham shahar aholisi uchun tashkil etilgan yarmarkada turli hil oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni.Shuningdek mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Toshkent tumani. “Gultepa” mahallasida oʻzini oʻzi band qilgan 1-guruh nogironi Gulchehra Qirgʻizboyevaga hokimlik tomonidan zamonaviy noutbuk va rangli printer sovgʻa qildi.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimligi mutasaddilari yangi haftaning ilk ish kunini ijro intizomini tahlil qilish bilan boshlashdi.

🔘Chirchiq shahri. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da roʻyhatda turuvchi 18 nafar fuqaroga imtiyozli subsidiyalar ajratildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman yoshlari va ularning ota-onalari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔘Angren shahri. “Navroʻz” mahallasi hokim yordamchisi Ozoda Hikmatova faoliyati samaradorligining “sir”i nimada?

🔘Yangiyoʻl tumani. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun auksionda yer yutib olgan fuqarolarga tegishli maydonlar oʻlchab berilmoqda.

🔘Chinoz tumani. “Eshonobod” mahalla madaniyat saroyida qizlarni oilaga tayyorlashda nuroniy onaxonlar, fidoiy, jonkuyar xotin-qizlar tajribalarini ommalashtirish maqsadida maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Joriy yilning 9 oyida viloyatda asosiy moliyalashtirish manbaalari boʻyicha kiritilgan investitsiyalar byudjet mablagʻlari hisobidan — 1476,1 milliard soʻmni, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan — 622,1 milliard soʻmni, hukumat kafolati ostidagi chet el kreditlari hisobidan — 1011,5 milliard soʻmni tashkil etdi.

🔘Olmaliq shahri. Joriy yil avgust oyida ish boshlagan “Enter steyl Almalik” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ikkinchi bosqichida doirasida 6,5 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorij sarmoyasi oʻzlashtirilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Rangli metallurgiya istiqbollari: Chirchiqda qiymati 20,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan “Rangli metaldan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi hayotga tadbiq etildi.

🔘Piskent tumani. Investitsiya va tashqi savdo boʻlimi masʼullari tumanda yangi tashkil etilgan korxonalarda boʻlib, ulardagi eksport imkoniyatlari va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Ohangaron shahri. Koreya Respublikasiga mansub korporatsiya hamda mazkur mamlakatning koʻngillilar jamgʻarmasi homiyligida Ohangaron shahrida tashkil etilgan yangi jamoatchilik markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron tumani. “Yonariq” mahallasida “Meva va sabzavotlarni quritish, qayta ishlash va konservalash loyihasi”ni amalga oshirish uchun yangi korxona qurilishi jadal davom etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatda investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimi Janubiy koreyalik investorlar bilan manfaatli loyihalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatidagi mavjud masala va muammolarni hududlarga chiqib, bevosita oʻrgandi.

🔘Bekobod shahri. Shahar Metallurgiya tarmogʻida yangi quyuv-prokat majmuasini qurish loyihasi boʻyicha joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq shahar hokimi hududdagi isitish, bugʻ qozonlari va radiatorlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda boʻlib, ularning faoliyatini oʻrgandi.

🔘Ohangaron tumani. Tuman hokimi hududda hayotga tadbiq etilayotgan yangi investitsiyaviy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH