Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.9K photos
4.46K videos
19 files
16K links
Download Telegram
#Bilasizmi

📜 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo'naltiriladi:

▪️ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ;
▪️ichki ishlar organlari;
▪️notariuslar;
▪️sog'liqni saqlash organlari;
▪️sudlar;
▪️ta'lim muassasalari;
▪️fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.

Vakolatli organga taqdim etiladigan ma'lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️⛅️❄️Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 6 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Айрим жойларга туман тушиши мумкин. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси -3 даража совуқ, 2 даража илиқ, кундузи 5-10 даража илиқ бўлади.

Тоғли ҳудудларда ҳаво бироз булутли бўлади, вақти-вақти ёғингарчилик (ёмғир, қор) бўлади. Айрим жойларга туман тушиши мумкин. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси -2 -7 даража совуқ, кундузи 0-5 даража илиқ бўлади.

@haqiqatonline_24  
#Bildirish

Hurmatli hamshaharlar ‼️
 
📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.

🔈 Sizning kuz-qish mavsumi, shuningdek, boshqa muammolar yuzasidan murojaatlaringizni
👉 https://t.iss.one/murojaathokimlik
ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HARBIY_VATANPARVARLIK_OYILIGI_DOIRASIDA
📍Chirchiq shahar

➡️Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha Chirchiq shahridagi 17-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Harbiylar va tarbiyalanuvchi bolajonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Dastlab, bolajonlar o‘zlari yod olgan Vatan, ona yurt haqidagi she’rlarini mehmonlargataqdim etdi. Shu bilan birga mehmonlar ishtirokida rasmlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 71201 harbiy qismning havo desantchilari bolajonlarga kasblari bilan bog‘liq hikoyalar bilan bo‘lishdi. Va o‘zlari olib kelgan sovg‘alarni ulashdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahar “Ma’rifat” MFY hududida joylashgan O‘rta jome masjidi oldidagi mana bu holatdan mas’ullarni xabari yo‘qmi…?” mavzusidagi murojaat yuzasidan
Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ichki yo‘llar “Ma’rifat” MFY T.Malik va Uvaysiy ko‘chasi bo‘lib, mazkur ko‘chalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-avgustdagi “Toshkent viloyati Chirchiq shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 504-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan ishlardan ortirilgan mablag‘lar hisobidan “Manzilliy dastur”ga kiritilib 2025-yil II-choragi davomida mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilganligan.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri tomonidan "Chirchiq shahrida yangi axlat poligoni barpo etilmoqdami?" deb eʼlon qilingan tanqidiy post yuzasidan
Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu muammo hozirda Chirchiq shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinib, hududda tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM