Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aholi bong urmoqda. Chirchiq kichik o‘rmoni qora o‘tinchilar tahdidi ostida. G‘oliblar ko‘chasi, Chirchiq to‘qayzorida har kuni daraxtlar kesiladi” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, “Aholi bong urmoqda. Chirchiq kichik o‘rmoni qora o‘tinchilar tahdidi ostida. G‘oliblar ko‘chasi, Chirchiq to‘qayzorida har kuni daraxtlar kesiladi” mazmunidagi xabar bo‘yicha, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan dalolatnoma va kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etilgan. Hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Suv havzasidagi maxsus “ёмкость”lar talon-toroj qilinyapti” mavzusidagi murojaat yuzasidan shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

“TOSHKENT SUV TA’MINOTI”AJ shahar va tuman filiallari bo’yicha 2023-yil qora metall topshirish rejasini bajarilishi to’g’risida ma’lumot berildi. Shunga asosan, 1990-yildan buyon “TOSHKENT SUV TA’MINOTI”AJ Chirchiq shahar filiali “Ochiq suv havzasi” bo’limi hisobida turgan “БАК МЕТАЛ ДЛЯ Р-РА” (inventer raqami 6044) hamda “БАК МЕТАЛ ДЛЯ Р-РА” (inventer raqami 6045) tan narxi 0.00 bo’lgan asosiy vositalarni ta’mirlashning imkoni yo’qligi sababli ularni balansdan chiqarish DALOLATNOMAsi tuzilgan.

2024-yilda o’tkazilgan tekshiruv natijalariga ko’ra tegishli xulosa berilgan va a’zolar ishtirokida yaroqsizlik dalolatnomasi tuzilgan. Hozirgi kunda tindirish inshootlariga tegishli maxsus idishlar, ya’ni “yomkost”larning qoldiq summasi mavjud emas. Bu to’g’risida ma’lumotnoma ham taqdim etilgan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Murojaat tahrirsiz e’lon qilinmoqda.
Chirchiq shahar hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan shahardagi korxona va tashkilotlarga yuborgan xatidan norozilik mazmunidagi murojaat e’lon qilingan” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, “JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA O‘RQ-445-son Qonunning 3-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxsning familiyasi (ismi,— otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uninig joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat anonim deb hisoblanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

“Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov imzolagan hujjatlarda imlo-xatolar borligi tanqid qilingan” xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu murojaatda senariy soʻzini imloviy xato deb koʻrsatilgan, aksincha u soʻzda xato yoʻq. Viloyat hokimi oʻrinbosari lavozimi deb kiritilgan soʻz loyihachi tomonidan hato kiritilgan. Shu munosabat bilan loyichiga tushuntirish ishlari olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “maktab oshxonalarida sotilayotgan taqiqlangan mahsulotlar bo'yicha” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Sanepidboshqarmasi Chirchiq shahar bo‘limi  va Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga asosan Maktab oshxonalarida tayyorlash va sotish taqiqlangan mahsulotlar (Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar), sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, gazli ichimliklar, chips, kireyeshki aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari va boshqa ko‘plab mahsulotlarni maktab oshxonasida tayyorlash va sotilishini oldini olish maqsadida qonun doirasida ishlar yo'lga qo'yildi. Maktab rahbarlari bilan suhbatlashib, tushuntirish ishlari olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Yetakchilar o’z vazifasini bajarish o’rniga ko’cha tozalamoqda mahalaga borsak topilmaydi murojaat bilan telefon qilsak ko’tarib hargal hashardamiz deb aytadi bu qanchalik rost yoki yolg’on, 1 oyda 30-31 kun bo’lsa faqat hasharda obodonga ishg o’tib ketganmi birbalo, Chirchiq shahrimizda yetakchidan boshqa tashkilot yoqmi xasharga chiqarishga Mahallaga borasak boshqa xodimlar joyida lekin yetakchi degan shaxs xasharda boshqa viloyatga ham chiqmoqda ekan qoyi" mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 534-F sonli farmoyishiga asosan Respublika miqyosida, shu o‘rinda Chirchiq shahrida ham 24 va 25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilgan.
Ushbu xayriya hasharida Chirchiq shahridagi barcha yoshlar yetakchilar o‘z tashabbuskorligi va mahalladagi volontyor yoshlari bilan ishtirok etganligini ma’lum qilamiz.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ushbu video kontentni ishlagan ichki ishlar xodimlari ekologiya masalasi hatto davlat organlariga ham ahamiyatsiz ekanligini namoyish etishibdi” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining rasmiy munosabati

Ushbu holat shahrimizdagi “Istirohat bogʻi” koʻchasida kuzatilgan boʻlib, mazkur muammo Chirchiq shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tozalanib, muammo toʻliq bartaraf etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat  

Tursunoy Temirbekovaning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaati Chirchiq shahar hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda o'rganilganligi bo'yicha ma'lumot berilgan edi.
Tursunoy Temirbekova A.Yassaviy mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 2 qavatli dala hovlining birinchi qavatida 3 nafar farzandi va nabirasi bilan istiqomat qiladi.
Tursunoy Temirbekova “Xislat omad” Boshqaruv servis kompaniyasiga supuruvchi lavozimiga ishga joylashtirildi.. 
Qizi Temirbekova Venera Andreevna Чирчиқ шаҳридаги  “Sazan” kafesida ishlaydi.
Nabirasi Temirbekova Ayjan 22- sonli maktabgacha ta'lim muassasiga joylashtirildi.
Dala hovlining ikkinchi qavatida hojatxona mavjud bo'lib, hojatxonaga chiqish eshigining kaliti Tursunoy Temirbekovaga berilgan bo'lsada, lekin undan foydalanmagan.
Tursunoy opaga hojatxonaga kiribfoydalanish tavsiya etildi.
Ovqat pishirishi uchun Elektr pech olib berildi.
Bundan tashqari Mahalla fuqarolar yig'ini va Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xonadonni isitish uchun pechka olib kelib joylashtirib berish rejalashtirildi..
Fuqaroga Chirchiq shahar hokimligi tomonidan imkoniyatdan kelib chiqib, moddiy va ma'naviy ko'mak berildi. Turmush tarzini yaxshilash va davom ettirish uchun sharoit yaratildi. Ushbu sharoit va imkoniyatlardan samarali va unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari  olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq shahrida bir oila va bolasini ko'chaga haydashmoqda va xonadonini olib qo'yishmoqchi” degan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu murojaat nazoratga olingan hozirda o’rganish ishalari olib borilmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar “Shodlik” MFY “Konstruktorlar daha”mizdagi 13ta koʻp qavatli uylarimizga tegishli umumiy bolalar sport va oʻyingohini saqlab qolish mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu murojaat Chirchiq shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomondan oʻrganilmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM