Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.52K subscribers
36.6K photos
4.43K videos
17 files
15.8K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 “O'zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'nalishi doirasida, ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operasiyalarini to'xtatib turish mexanizmi joriy etilishi belgilangan.

⚠️Bunda, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obyektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta'minlash majburiyati yuklanadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏥Чирчиқда 14 млрд сўмлик оилавий поликлиника биноси фойдаланишга топширилди

250 кишига мўлжалланган поликлиника 25 мингдан зиёд аҳолига тиббий хизмат кўрсатади.

Бу ерда 14 нафар малакали шифокор ва 52 нафар ўрта тиббиёт ходими фаолият олиб боради.

Очилишда Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев иштирок этди.

Sputnik канали👉 кирилл 👉 lotin
#яшил_чироқ

🏆 Чирчиқ шаҳрида "Яшил чироқ 2024" мусобақасининг шаҳар босқичи ўтказилди.


Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
2022 йилдаги "Таълим муассасаларида йўл ҳаракати қоидалари тарғиботини кучайтириш чора тадбирлари тўғрисида"ги 212 сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида Чирчиқ шаҳрида жойлашган 15-сонли мактабда "Яшил чироқ 2024" мусобақасинининг 2-босқичи (шаҳар босқичи) ўтказилди.

Ушбу мусобақада

🥇 1-ўрин 24-сонли мактаб
🥈 2-ўрин 6-сонли мактаб
🥉 3-ўрин 1-сонли мактаблар эгаллашди.

Иштирокчиларга диплом ва эсталик совғалар улашилди.

Телеграм 📸 Instagram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar "Muruvvat" mahallasi fuqarolarining yo'llarning ta'mirtalabligi borasidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI


Ushbu murojaat ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, "Muruvvat" mahallasining ichki ko‘chalarida dastur bo‘yicha yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu muammo bo‘yicha shu kunga qadar shahar hokimligiga murojaat etilmagan. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Shahrimiz aholisidan shuni so‘rab qolamizki, har qanday mazmundagi muammo va takliflaringizni @Chirchiqhokimigamurojaat_bot
ushbu bot orqali o'z murojaatlaringizni yo'llashingiz mumkin.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa #Fotolavha

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiqda oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tibbiyot faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Uch qavatli zamonaviy shifo maskani “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazildi. Qurilish-montaj ishlariga 14,168 milliard so‘m miqdorda mablagʻ sarflandi.

250 kishiga mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasi shahardagi 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 25 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ular uchun chinakam maʼnoda tuhfa boʻldi deyish mumkin. Bu yerda 14 nafar malakali shifokor va 52 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

"Maʼnaviyat xiyoboni" faoliyat boshladi

Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Chirchiq shahridagi "Tinchlik" mahallasida fuqarolar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti davomida, mazkur manzilda "Maʼnaviyat xiyoboni" tashkil qilish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar bergan edi.

Chirchiq shahrida mazkur ziyo manzili faoliyat boshladi. 3-kichik nohiyada "Maʼnaviyat xiyoboni” foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, maʼnaviyat sohasi xodimlari, 22 ta shahar va tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Xiyobon “Shohruh qurilish dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Aholi uchun dam olish va madaniy hordiq chiqarish maqsadida tashkil qilingan manzilda turli koʻngilochar tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkaziladi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM