Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Payshanba – Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari bugundan boshlandi. Xususan, Toshkent viloyatida. 2022-yil kuz mavsumida 2023-yil bahor mavsumlarida 14 million tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Qisqa xabarlarimiz shu haqda bo`ladi.

🔘
Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Ohangaron shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya buyicha doimiy komissiyaning yig‘ilishida "Yashil makon" umummiliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi va hokim yordamchilari tomonidan Ibn Sino koʻchasining 1 gektar yer maydoniga 1700 ta mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida “UMID” MFY hududida koʻchatlar ekish davom etmoqda.

🔘Parkent tumani. Ona diyorimizni yashil makonga aylantirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan "Dolzarb 40 kunlik" koʻchat ekishdek xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chorlandi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. "Qishloq hayoti" gazetasining bugungi 41-sonida jurnalist Ibrohim Toshevning piskentlik olim, professor Erkin Berdiyevning yashil makonlarni asrash va ko‘paytirish haqidagi maqolasi chop etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Olmaliq shahri. “Elegant garment textile” xorijiy korxonasi tomonidan suv tozalash inshootini qurilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Investitsiya va tashqi savdo yoʻnalishida joriy yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Xitoylik investorlar tomonidan temir chiqindilaridan temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi “MGA STAR GOLD” MCHJ uchun 23,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Yevro Global Invest” korxonasi yirik yigʻma temir-beton panellari tayyorlashga ixtisoslashgan. Mazkur qurilish materiallari ishlatilgan uylar tannarxi boshqalarga nisbatan 30 foiz arzon boʻladi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Shukrulla Mahmudov boshchiligida shahardagi “BIOKIMYO” va “YANGISIFAT” kichik sanoat zonalari faoliyati oʻrganildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida holiga koʻp tarmoqli tibbiyot xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan “Global Healthcare” MCHJdagi haqiqiy holat oʻrganildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Said ota” mahallasi hududida “PROMEAT AGRO” MCHJ “Chorvachilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2-bosqich kengaytirish” loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Tibbiyot qoʻlqoplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “MED GLOVES” MCHJ yaqinda oʻz faoliyatini boshlaydi.

🔘Oqqorgʻoʻn tumani. Kichik sanoatzonasida faoliyat koʻrsatayotgan “LEGUMES” QK MCHJ joriy mavsumda 5000 tonna mosh mahsuloti eksport qilishni rejalashtirgan.

🔘Bekobod tumani. Qoʻshma jaroxatlar davlat dasturi asosida Xitoy davlatidan 11 mlrd soʻmdan oshiq mablag' evaziga 33 turdagi tbbiy apparatlar tuman tibbiyot birlashmasiga keltirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “TCT sluster” koʻp tarmoqli klasteri tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy toʻqimachilik fabrikasida press-tur tashkil etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Ohangaron shahri. Yoshlar yetakchisi yordami bilan “Qoʻrgʻon” mahallasida ishsiz fuqaro Davron Oqqulovning bandligi taʼminlandi.

🔘Bekobod tumani.Mustaqillik” mahallasida hokim yordamchisi 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga yordam berdi.

🔘Parkent tumani. 62 ta mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida “Ona tabiat, seni obod etishga barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Toshkent tumani.Istiqbol” mahallasilik Kamola Sobirjonovaga tuman hokimi noutbuk sovgʻa qildi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Piskent tumani. Kultepalik Gulnoza Valiyeva 5 sotix issiqxonadan 50 mln. so‘m daromad qilishni uddaladi.

🔘Chirchiq shahri. Hokim yordamchilari uchun tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Jumabozor” mahallasida hokim yordamchisining koʻmagi bilan ishsiz ayol N.Toʻrajanovaga tikuv mashinasi berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokim yordamchilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Saxovat” mahallasida yoshlar yetakchisi koʻmagida mahalladagi 34 nafar yoshga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi yigit-qizlar uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

🔘Bekobod shahri. Yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 22 nafar yigit-qizga oʻzini band qilishi va tadbirkorlik uchun 95 mln. soʻmlik asbob-uskuna berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Boʻka tumani. Joriy yilning 20-iyun kuni kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Toshloq” MFYda zarar yetgan xonadonlardagi qurilish-taʼmirlash ishlari Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligidagi masʼullar tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanning “Nurli yoʻl” va “Farovon” mahalla fuqarolari yigʻinlarida yirik bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 3-sektor hududidagi “Vatan” mahalla fuqarolar yigʻini “Obod qishloq” dasturi doirasida tobora chiroy ochmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi Qobil Xamdamov shaharga tashrif buyurgan xitoylik investorlar bilan uchrashib, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir mahallada yangi bogʻ, yangi yashil makonlar tashkil etish boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Pistalik” mahallasidagi 330 oʻrinli 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilari hududlardagi obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektidagi qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirishdi.

🔘Nurafshon shahri. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Q. Burxanov mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududlarda boʻldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi koʻchat ekish aksiyasida 10 000dan ziyod nihol oʻtqazishni maqsad qilgan. Hozirgacha 7500 dan ortigʻi ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Bekobod tumani XTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarda “yashil makon” doirasida 17500 dona mevali, manzarali koʻchat va qalamchalar ekish maqsadida qizgʻin ish olib borilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Yosh sportchilar “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida 4000 tupdan ortiq daraxt koʻchatlari ekmoqda.

🔘Bekobod shahri. Bugun kasb-hunar maktabida 70 tup archa, 10 tup mevali va 100 tup terak qalamchalari ekildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari “Rovatak” hududidagi “Nurli kelajak” xoʻjaligida 2 570 tup pavloniya koʻchatlari oʻtqazishni boshlab berishdi.

🔘Bekobod tumani. Farxod mahallasi hududida mutasaddi rahbarlar ishtirokida hashar oʻtkazildi va 90 tup mevali va 60 tup manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Qibray tumani. “Yashil makon” tadbirlarida IIB, FV boʻlimi, korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida 25 gektardan ortiq qarovsiz maydonlar obodonlashtirilib, 80 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Chirchiq shahri. Viloyat prokurori Sh.Raximov tashabbusi bilan 2-sektor hududida “Yashil makon” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oʻzmilliybank” viloyat boshqarmasi va hududiy filliallari hamda shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi obod” mahallasiga 1800 tup pavloniya koʻchati ekildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi “Yashil makon” doirasida ishsiz ayollarga uydan chiqmay 1 mln tup rayhon koʻchati yetishtirish taklifini berdi.

🔘Olmaliq shahri. 52 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jami 2500 tup daraxt koʻchati ekish rejalashtirilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida 91,8 mln. dollar qiymatga ega 144,7 ming tonnadan ziyod qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilik mahsulotlari eksport qilindi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligi mutasaddilari hududda faoliyat yuritayotgan eksportyor korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, muammolarini oʻrganishdi.

🔘Ohangaron tumani. Angren” erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron tuman hududi “Aqcha” blokida joylashgan investitsiya loyihalariga kommunikatsiya tarmoqlarini yaratib berish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Oqibat” mahallasida joylashgan ishlab chiqarish obyekti 17 ming kvadrat metr yer maydoniga ega boʻlib, bu yerda bir yarim mingdan ziyod ishchi xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

🔘Qibray tumani. Qibray tumanidagi charm mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonada 70 dan ortiq yigit-qizlar doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlib, mahsulotlarni kelgusida Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilarining tadbirkor bilan muloqoti natijasida sanoat hududida faoliyat yuritayotgan charmni qayta ishlovchi “Dong Da” korxonasidagi mavjud muammo bartaraf etildi.

🔘Chirchiq shahri. Yoshlarda tadbirkorlikka qiziqish uygʻotish va ish bilan taʼminlash, ularning kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida shahardagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari uchun hududdagi kichik sanoat zonalariga ekskursiya uyushtirildi.

🔘Bekobod tumani. Boʻston” mahallasida umumiy qiymati 1 milliard 135 mln. soʻm boʻlgan yangi tadbirkorlik loyihasi ishga tushirildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Kadastr boshqarmasi. Joriy yil boshidan Chinoz tumanida jami 48 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilgani aniqlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Bogʻbon” mahallasining Nihol koʻchasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 1,8 km boʻlgan yangi tarmoq tortilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan “Toshloq” MFY ning 1,1 km uzunlikdagi ichki koʻchalariga sement-beton qoplamali yoʻl qurilmoqda.

🔘Qibray tumani. Hudud prokurori aholi murojaatlari va muammolarini yaqindan oʻrganish maqsadida “Zebuniso” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimining farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar tuman hududida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.

🔘Nurafshon shahri.Yoshlik” MFYda Oʻzbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng boʻlgan uy bilan tanishuv boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron shahri. “Yoshlar daftari”ga oʻzini-oʻzi band qilish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan “Shodlik” mahallasidan ishsiz fuqaro Ernest Burasanovning bandligi taʼminlandi.

🔘Angren shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘Chirchiq shahri. Hudud rahbari “Saodat” koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarni koʻzdan kechirib, u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Davlat soliq boshqarmasi. Soliq xodimlari 4-sektor hududiga 1000 tup terak ekishdi.

🔘Chirchiq shahri. Gʻalaba” MFYga hokim yordamchilari tomonidan 215 tup mevali koʻchat oʻtqazildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. 17-maktabda muallimlar bogʻiga asos solib, 70 tup nihol ekildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Koʻkalamzorlashtirish ishlariga shahar hokimi F.Mirzayev boshchilik qildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Real Agro Cotton” UK dala shiyponida koʻchat ekish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

🔘Bekobod shahri. FVB qutqaruvchilari “Yashil makon” ga 100 dan ziyod nihollar ekib, hissa qoʻshdilar.

🔘Piskent tumani. 29 ta mahallada kuniga 5000 dan ortiq daraxt koʻchati oʻtqazilmoqda.

🔘Zangiota tumani.Olmazor” MFYda 1000 ta terak qalamchasi tayyorlanib, xonadonlarga tarqatilmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. Sari-Qangli”, “Dumaloq” MFY hududlarida 2000 dona terak qalamchalari ekildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Yuqori Chirchiq tumani. Maʼnaviyat maskani” majlislar zalida tuman hokimi U. Atemov rahbarligida tumanda jinoyatchilik, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq shahri mahallalarida yoshlar bilan sayyor qabullar davom etmoqda.

🔘Zangiota tumani. Qirguzar” mahallasi hokim yordamchisi A. Kudaybergenova tashabbusi bilan homiylar jalb qilinib, mahallaning bitta koʻchasi asfaltlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimining navbatdagi qabulida har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, aksari hal etildi, ayrimlariga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.

🔘Bekobod tumani.Istiqlol” mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki talabaning shartnoma toʻlovlariga moddiy yordam koʻrsatildi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq shahrida yangi tashkil etilgan mehmonxona hamda trikotaj kiyim doʻkonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Har bir sektor hududida yoshlar yetakchilari faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. Yangi loyiha “BOBUR-GULSANAM-FAYZ” MCHJ uchun 200 mlrd soʻm investitsiya kiritildi va 6 ta ish oʻrni yaratildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Keskan” mahallasida “PGS” hususiy korxonasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi elektr jihozlar ishlab chiqarilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1,1 mln. dollarni tashkil etadi.

🔘Chirchiq shahri. MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi vakillari “Chirchiq” texnoparki faoliyati bilan tanishib, hamkorlik taklifini bildirdi.

🔘Ohangaron tumani. Angren EIZ “Aqcha” blokida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlariga 30 nafar ishi jalb etib, 1,3 mln. dollarlik uskuna keltirildi.

🔘Piskent tumani. Rahimjon Rixsiyev sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi. Tumanda 2022-yil 15-noyabr holatiga 11,5 mln AQSH dollari (121%) miqdorida eksport amalga oshirilgan.

🔘Chinoz tumani.Ishonch biznes Baraka” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 4,1 mlrd. soʻmlik xususiy tibbiy klinika ishga tushirilib, 45 ta yangi ish oʻrni tashkil qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 4-sektor rahbari D.Yoʻldoshev ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlarga zarur taklif va mulohazalar bildirdi.

🔘
Olmaliq shahri. Ochilishi rejalashtirilayotgan yangi tadbirkorlik subyektlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan tizimli muammolar yechimi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Bekobod tumani. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari Doʻstlik MFYda “yashil makon” barpo etishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Quyi Chirchiq Yoshlari” MCHJ hamkorligida yetakchilar “Jumagʻul” mahallasida 2,5 mingga yaqin koʻchat ekishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani.Dolzarb 40 kunlik”da IIB xodimlari faol ishtirok etmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. 2-sektordagiXalqobod” MFY ekomarofon oʻtkazildi. Mavsumda tumanda jami 235 000 tup nihol ekilgan.

🔘Boʻstonliq tumani. Jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan “Sudyalar bogʻi” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Ekologik partiyasi raisi F.Axmedjanov boshchiligidagi ishchi guruh shahardagi “Yashil makon” doirasidagi ishlar bilan tanishdi.

🔘Piskent tumani. Zominovul mahallasi mahalla raislari hashar oʻtkazishdi va 2500 tup koʻchat oʻtqazishdi.

🔘Toshkent tumani. 2-sektor “Sirgʻali” MFYda “Temir daftar”dagi oilalarga mevali koʻchatlar tarqatildi.

🔘Chirchiq shahri. Professor-oʻqituvchilar va valontyor talabalari daraxt ekish tadbirlarida qatnashib, 100 ga yaqin mevali va manzarali butalar qadadilar.

🔘Qibray tumani. Baytqoʻrgʻon mahallasida hokimlik boʻlim, boshqarmalari ishtirokida hashar tashkil etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH