Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Боқувчисини йўқотганлик сабабли пенсия олаётган аёл киши янги никоҳдан ўтса пенсияси тўхтатиладими?

⚡️ Қонунчиликка мувофиқ, аёл киши турмуш ўртоғи вафот этган бўлса ва у боқувчисини йўқотганлик пенсиясини олиб келаётган вақтда янги никоҳдан ўтган тақдирда ҳам пенсия тўланиши сақланиб қолади.

_________

Будет ли приостановлена выплата пенсии, если женщина, получающая пенсию в связи с потерей кормильца, вступит в новый брак?

⚡️ В соответствии с законодательством пенсия, назначенная по случаю смерти супруга (супруги), сохраняется и при вступлении пенсионера в новый брак.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Daraxtni kesishga ruxsat berganlar emas, bu ishga befarq bo‘lmaganlar aybdor” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, “Daraxtni kesishga ruxsat berganlar emas, bu ishga befarq bo‘lmaganlar aybdor” mazmunidagi xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Prokuraturasi, Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti mutaxassislari jalb qilinib o’rganish ishlarini olib bormoqda.

Mazkur mutaxassislar ishtirokida o‘rganish ishlari yakuniga yetgach, natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қозоғистон Республикасининг давлат ва жамоат арбобларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы государственных и общественных деятелей Республики Казахстан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Rasmiy_munosabat

Joriy yil 26-avgust kuni Telegram messenjeridagi “Eltuz” kanalida e’lon qilingan “Chirchiq davlat pedagogika universitetida korrupsiya” sarlavhali maqola yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT


Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 2024-yil 5-avgustdagi “2024-2025 o‘quv yil uchun tyutorlarni ishga qabul qilish xususida” №F-13-son farmoyishi chiqarildi. Tyutorlikka ishga qabul qilish bo‘yicha e’lonlar 2024-yil 1-avgustda universitet rasmiy sayti va barcha telegram kanallarida joylashtirilgan. Farmoyishga asosan rahbar va universitet jamoat tashkilotlari a’zolarini o‘z ichiga olgan ishchi guruh tashkil etilgan. Joriy yilda universitetga tyutorlik lavozimiga 249 nafar talabgordan hujjatlari kelib tushgan.

2024-2025-o‘quv yili uchun jami 59 nafar tyutorlarni ishga qabul qilish rejalashtirilgan. Talabgorlarning hujjatlari 2021-yil 30-sentabrdagi 412-son buyruq talablari asosida o‘rganilganda, 18 nafari 25 yoshga to‘lmagan, 59 nafari 2 yillik pedagogik stajga ega bo‘lmaganligi aniqlandi. Suhbatga kelganlarning 157 nafarini ayollar, 92 nafarini erkaklar tashkil qilgan. Suhbat davomida 25 yoshga to‘lmagan hamda 2 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lmagan talabgorlarga nizom talablari tushuntirildi. “ELTUZ”da keltirilgan holatlarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lib, hujjat topshirganlar orasida fakultet dekanlari yoki universitet rahbar xodimlarining qarindosh-urug‘lari borligi aniqlanmadi.

Tyutorlikka nomzodlarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgach, 20-21 avgust kunlari suhbat o‘tkazildi. Bugungi kunda suhbat natijalari asosida saralash ishlari olib borilmoqda.

Amaldagi elektron hujjat yuritish normalariga ko‘ra, xodimning mehnat stajini mehnat.uz platformasida tekshirish imkoni u rasman ishga qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uch avlod uchrashuvi

Chirchiq shahar Ichki Ishlar bo'limida sohada uzoq yillar xizmat qilgan Faxriylar va yosh xodimlar hamda Chirchiq shahar IIB 3-sektorga qarashli otaliqqa olingan yoshlar bilan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Uchrashuvda Chirchia shahar IIB boshlig'ining oʻrinbosarlari B.Majidov, B.Badalov, Sh.Husanov hamda xizmat boshligʻlari K.Ibotov, S.Birtayev, A.Baratov, F.Turdiyevoyev, S.Sultonov, J.Jumanovlar qatnashdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda amalga oshiralayotgan ijobiy islohotlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlardan oqilona foydalanish lozimligi hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish ta'kidlandi. 

Mehnat faxriylari yoshlarga maslahatchi - ko‘makchi sifatida har tomonlama yordam berishlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUKOFOT MUBORAK!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz mukofotlandi. Ular orasida hamshahrimiz, mehnat faxriysi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va jurnalist, 20 dan  ortiq kitoblar muallifi Neʼmat Arslon ham bor.
U koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati uchun “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Ustozni yuksak mukofot bilan tabriklab, ularga sihat - salomatlik va ijodlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aholi bong urmoqda. Chirchiq kichik o‘rmoni qora o‘tinchilar tahdidi ostida. G‘oliblar ko‘chasi, Chirchiq to‘qayzorida har kuni daraxtlar kesiladi” mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, “Aholi bong urmoqda. Chirchiq kichik o‘rmoni qora o‘tinchilar tahdidi ostida. G‘oliblar ko‘chasi, Chirchiq to‘qayzorida har kuni daraxtlar kesiladi” mazmunidagi xabar bo‘yicha, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan dalolatnoma va kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etilgan. Hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Фуқаролик жамияти институтларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О мерах по дальнейшему совершенствованию системы государственной поддержки институтов гражданского общества"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X