Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.83K subscribers
39.6K photos
4.92K videos
50 files
17.2K links
Download Telegram
#uchrashuv

Bugun shahrimizdagi Chirchiq davlat pedagogika universitetida Bosh prokuratura o‘rinbosari Salom Samadov shahrimizda yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.

Unda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari Zohid Karayev, shahar prokurori Xayrulla Boʻriyev va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlarning kredit, yer ajratish, bandlik, ta’lim, sport, musiqa, hunarmandchilik kabi ko‘plab taklif va muammolari tinglandi. Ularning murojaatlari yuzasidan tegishli soha mutasaddilariga vazifalar berildi.

Shundan so‘ng, Bosh prokuratura o‘rinbosari Salom Samadov va shahar hokimi Davron Xidoyatov "Kimyogar" mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muxtoj oila holidan xabar oldi.

O‘rganish davomida ushbu oilani ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, tegishli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish borasida tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 23 май куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, кечаси ва эрталаб қисқа муддатли ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги чанг-тўзонлар билан бирга секундига 13-18 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 15-20 даража илиқ, кундузи 27-32 даража иссиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!

@haqiqatonline_24
Ҳурматли вилоятимиз аҳолиси! Тошкент вилояти ҳокимлигининг телеграмдаги расмий саҳифасига уланинг! Бу каналда сиз ҳудудга доир янгиликларни биринчи бўлиб биласиз. Расмий ахборотлар билан танишасиз. Шунингдек, вилоят ҳокими, ҳоким ўринбосарлари билан онлайн мулоқот қилиш имконияти ҳам бор.

Телеграм каналнга уланиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEUEVS8mFRkS9jhRHg
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔘 Qonunchilikka ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog'chalarda, oilaviy bog'chalarda:

🔹byudjetdan to'lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo'lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;

🔹ota-onalar to'lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to'lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ_SHAHRI_YANGI KORXONA FAOLIYAT BOSHLADI_22.05.2023

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshontvrasmiy
#yarmarka

Bugun Chirchiq shahar hokimligi tashabbusi bilan shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi hamkorligida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda shahar hokimi D.Xidoyatov ishtirok etib aholi bilan suhbatlashdi.

Yarmarkaga jalb qilingan 23 ta korxona va tashkilotlar o'zlarida mavjud 850 dan ortiq bo'sh ish o'rinlarini ishsiz fuqarolarga taklif qildilar.

Mazkur yarmarkada ja'mi bo'lib 84 ta band bo'lmagan fuqarolar qatnashib shulardan 12 nafariga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi va 7 nafari doimiy ish o'rinlariga ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaro kasbga qayta tayyorlash uchun yuborildi va boshqa fuqarolarga ishga joylashish masalasida tushuncha va maslahatlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM