Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 4-bog‘chada 1 hafta oldin elektr shiti yonib ketgan svet yo‘q mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki ushbu murojaat shahar Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Qoʻshimcha axborot beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mana bu yerga tinch okeanidagi barcha suv osti jonzotlari olib kelinmoqda ekan. Hurmatli fuqarolar manu shu yerdan o’tayotganda tarbiyali bo’lib o’tinglar” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu murojaat mutasaddilar tomonidan nazoratga olingan. Tez kunlarda bartaraf etiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

“Antikorrupsiya/rasmiy telegram messijerida “Chirchiq shahridagi “Jewelly stroy” BSK aholi tomonidan toʻlanadigan kommunal toʻlovlarni yeb yuborgan” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligi Axborot xizmatining RASMIY MUNOSABATI

Hudud aholisi murojaatidan so’ng, Toshkent viloyati Uy-joy qurulish kommunal sohasini nazorat qilish inspeksiyasi ushbu “Jewelly stroy” faoliyatini oʻrganishini ma’lum qilamiz.

Ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimovga Telegram sahifasi orqali aholi murojaat yo‘llashi uchun ochilgan guruhda murojaatlar tabaqalanayotgani, yo‘llanayotgan murojaat yoqmasa Musobek ismli hokim kotibi tomonidan o‘chirib yuborilayotgani, qolaversa, murojaat yo‘llagan fuqarolar ham bloklanayotgani tanqid qilingan” xabar yuzasidan Chirchiq shahar
hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq SHTBga qarashli 4-sonli poliklinikada ginekolog shifokor yetishmasligidan shikoyat qilingan” xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahridagi 4 – son oilaviy poliklinika ochilgandan beri shtat jadvali boʻyicha 2 ta akusher genikolog ishga olinib faoliyat yuritalayotgan edi. Ma’lum sabablarga koʻra genikolog shifokor oilaviy sharoitiga koʻra mexnat shartnomasini bekor qildi. Bugungi kunda boshqa akusher genikolog shifokori ishga qabul qilingan va ish faoliyatini boshladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar “Yangi O‘zbekiston massivida ustalar yerni betonlash ishlarini olib bormoqda. Afsuski, betonlash jarayonida daraxtlarni ham betonlab ketishmoqda” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi mas’ullari ushbu xolat yuzasidan joyiga chiqib o’rgandi va quruvchiga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi hamda muammo bartaraf etildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar 8-kichik nohiya hududida daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishmoqda. Ekologiya ruxsat berganmi yoki ogʻiz ochib oʻtiribdimi?” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi masʼullari ushbu holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrgandi va Daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan hujjatlarda kamchilik boʻlganligi sababli daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish toʻxtatib qoʻyildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrida bir odam uch kundan beri ko‘chada yotibdi” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumanida doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqaro 1966-yil 7-sentabrda tug’ilgan V.B Chirchiq shahar tumanlararo mastlik holatida bo’lgan shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish punkitiga joylashtirilganligini ma’lum qilamiz.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Chirchiq shahar bo‘linmasi va Hunarmandlar markazi hozirgi kunda ko‘chada qolib ketibdimish» nomli murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining Rasmiy munosabati

Ushbu holatni o'rganish jarayonida ma’lum bo'lishicha, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Chirchiq shahar bo‘linmasi va Hunarmandlar markazi joylashgan bino 2023-yil may oyida Davlat aktivlari Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansiga Vazirlar Mahkamasining 139-sonli qarori asosida oʻtkazilgan. 2024-yil 1-iyulda Chirchiq shahar A.Navoiy ko’chasi 244-uyning 375.2kv noturar qismi №9946526-raqamli LOT (auksion) orqali shaffof ravishda sotilgan.

Hozirda O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Chirchiq shahar bo‘linmasi shahrimizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosiga ko’chirish ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️ Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq sharining “Madaniyat” mahallasida joylashgan yotoqxonasi haqidagi tarqatilgan videoxabar uch yil oldingi holat.


Ijtimoiy tarmoqda “Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasidagi 26 va 67-yotoqxonalar fuqoralarining bizning ahvolimizni koʻring” mazmunida video eʼlon qilindi.

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu videoda 2021-yil sentabr oyida sodir boʻlgan holat aks etgan boʻlib, uni (eski videoni) xuddi bugungi holatdek tarqatishgan. Aslida bu video uch yil oldingi holatdagi tasvir.

Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasida bugungi kunda yotoqxonada hech qanday muammo yoʻq.

❗️Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda notoʻgʻri boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Bu boʻyicha qonunchilikda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM