Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.47K subscribers
37.1K photos
4.51K videos
19 files
16.1K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar (faqat bir shaxs) tomonidan O'zbekiston hududiga olib kirishda bojxona to'lovlariga tortilmaydigan tovarlar normalari belgilangan.

☑️ Jumladan, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan iborat zargarlik buyumlarining umumiy og'irligi 65 grammdan ko'p bo'lmagan miqdorda olib kirilishida bojxona to'lovlari undirilmaydi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to'plash shoxobchalaridan — 1 kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan "signal" usulida — 3 kunda bir marotabani tashkil qiladi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali mahalla bilan kelishilgan holda belgilanadi, bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning cheklangan muddati o'tib ketmasligi lozim.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat o'rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi.

Bunda yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib daraxtlar va butalarni ekish mumkin.

🚫 Tumanlar (shaharlar) markaziy ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxt va buta ko'chatlarining ko'karuvchanligini ta'minlash maqsadida yoshi 5 yildan kam bo'lgan ko'chatlarni hamda sug'orish tizimi mavjud bo'lmagan yerlarga ko'chatlarni ekish taqiqlanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

❗️Bunda,
isitish davri tashqi havoning o'rtacha sutkalik harorati 8°Sdan past bo'lgan 5 kunlik davr tamom bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°Sdan yuqori bo'lganda esa tamomlanishi kerak.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;

🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;

🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;

🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.

Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soat-u 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

📌 Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

❗️"Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi" (ma’muriy javobgarlik)

MJTKning 185/1-moddasi bilan, ashyolarni musodara qilib, 5 baravardan 20 baravargacha jarima solishga sabab bo'ladi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Bilasizmi

❗️"Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi" (jinoiy javobgarlik)

Jinoyat Kodeksining 250/1-moddasi bilan 100 baravargacha jarimadan, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazolanadi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Oʻzbekistonda mavjud diniy taʼlim muassasalari haqida.


Noqonuniy diniy taʼlim qanday javobgarliklarga sabab boʻladi?

📹Bu haqida batafsil videolavhada.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📜 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo'naltiriladi:

▪️ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ;
▪️ichki ishlar organlari;
▪️notariuslar;
▪️sog'liqni saqlash organlari;
▪️sudlar;
▪️ta'lim muassasalari;
▪️fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.

Vakolatli organga taqdim etiladigan ma'lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM