Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) onasining iltimosiga ko'ra tibbiy xulosa asosida to'liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

💰16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:

🔹10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida);

🔹90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

❗️Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi.

📝 Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

🗓 Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

⚠️ Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

🔍 Bunda, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (9 mln 375 ming so'mgacha) jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM