Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
📹 #Onlayn
#Fotoreportaj

Chirchiq shahridagi 167 ta koʻp xonadonli uy va 10 ga yaqin ijtimoiy soha obyekti issiqlik bilan ta’minlanmoqda.

#Toshkent_viloyati

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

Chirchiq shahri “Mirzagʻolib” mahallasida ham issiqlik ta’minotini yaxshilash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallada jami 28 ta koʻp kvartirali uy mavjud boʻlib, shundan 10 tasiga issiqlik energiyasi olib kirilmoqda.

Shuningdek, mahalladagi uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Shukrona TTZ-1” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan fasad, kirish yoʻlaklarida ta’mirlash-tiklash, tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 10 ta uyning tom qismi tegishli davlat dasturi asosida ta’mirlanmoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva mazkur jarayonning borishi, aholining kayfiyatini bilish maqsadida ayni manzilda boʻldi. Aholi bilan suhbatda boʻlib, sohadagi islohotlarga nisbatan fikrlari bilan qiziqdi. Mulkdorlarning oʻzaro hamjihatligi hamda daxldorlikni his qilishi issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ozoda Joʻrayeva boshqaruv tashkiloti tomonidan olib borilgan ta’mirlash ishlarini keskin tanqid qilib, ishni sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

Xabar berib kelayotganimizdek, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p kvartirali uylarni issiqlik ta’minotini tiklash yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammoga yechim bo'layotgani bilan ham ahamiyatli.

🏘 Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mazkur jarayonni o‘rganish uchun Chirchiq shahri “Kamolot” mahallasi idorasida bo‘lib turibdi. Aholi va mahalla faollari bilan suhbat davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng tushunchalar berilmoqda. Islohotlarning borishida mulkdorlarning daxldorligini oshirishga ham alohida e'tibor berish lozimligi, bunda mahalla roliga ham to'xtalib o'tildi. Shuningdek, vazir o'rinbosari aholining sohaga doir muammolarini tinglamoqda.

Vazir o'rinbosari ko‘p qavatli uylarning yerto‘la, kirish yo‘laklarida amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rganmoqda. Mas’ullarga tezkorlik va sifat asosida aholining issiqlik bilan bog'liq muammosini hal qilish, ularga imkon qadar qisqa fursat ichida issiqlik energiyasi berish yuzasidan aniq vazifalar yuklanmoqda.

- Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Chirchiq shahrida issiqlik ta’minotini yaxshilash yuzasidan katta loyihalar amalga oshirilmoqda. Mana islohotlarning ilk natijalarini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Tez orada Chirchiq sharidagi 200 ga yaqin ko'p qavatli uy issiqlik bilan ta’minlanadi. Bu eng avvalo xavfsizligingiz, qulay sharoitda istiqomat qilishingiz uchun kerak, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONLAYN
#Umumxalq_hashari

Ayni damda Chirchiq shahrining barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Umumxalq_hashari

Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki

Bugun erta tongdan Chirchiq shahrining barcha korxona-tashkilot va mahallalarida umumxalq hashari boshlandi.

⚡️ Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati


💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Umumxalq_hashari

Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki

Bugun erta tongdan Chirchiq shahrining barcha korxona-tashkilot va mahallalarida umumxalq hashari boshlandi.

⚡️ Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati


💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

Chirchiq shahridagi “Texnopark”da Toshkent viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatov bilan bo‘lib o‘tadigan muloqot avvalida yoshlar uchun “Qo‘rqma” asariga ishlangan hujjatli film namoyish etilmoqda.
_________________________________
#Online

Before the meeting with the Prosecutor of the Tashkent region, Sirojiddin Eshqovov, a documentary film based on the work " the Fear(Qo'rqma)" is being shown for young people in "Technopark" in the city of Chirchik.
___________________________________
#Onlayn

Перед встречей с прокурором Ташкентской области Сироджиддином Эшкувватовым в «Технопарк»е города Чирчик для молодых участников встречи демонстрируется документальный фильм, снятый по книге “Qo‘rqma” («Не бойся»).

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn

⭕️Ayni vaqtda Chirchiq shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yosh musavvir" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
#ONLAYN

📹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoniga muvofiq respublika bo‘ylab 52 ta hududda "Yangi O‘zbekiston" massivlarini qurish ishlari boshlangan.  Xususan, Toshkent viloyatining Olmaliq va Chirchiq shaharlarida ham ana shunday kompleks rivojlanish tamoyili asosidagi massivlar qurilishi davom etmoqda.

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Chirchiq shahrida bo‘lib turibdi. O‘rganishlardan maqsad "Yangi O‘zbekison" massivida hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarida kechayotgan qurilish ishlari sifatini ko'zdan kechirishdan iborat.

Jarayonlarda shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari S.Usmonov, Uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Nazarov hamda hududiy inspeksiya mutasaddilari ham ishtirok etishmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

Ayni paytda Nurafshon shahridagi “NURAFSHON BUSINESS CITY” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlandi.

“Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mazkur tantanaga oʻzgacha taraddud koʻrildi. Bayram hududiga kelayotgan mehmonlar orasida el-yurt xizmatida boʻlgan turli soha vakillari, nuroniylar, ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy sohalarda samarali mehnat qilayotgan insonlar qatnashmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyat ahlini bayram bilan tabriklab, oxirgi yillarda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, kelgusidagi rejalar xususida nutq soʻzlamoqda.

Tadbir jarayonlarini toʻgʻridan toʻgʻri quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🟦🟦 Facebook You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn
#Press_tur

🗺Chirchiq shahrida jami 943 ta koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib,  ularga 16 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Bugungi kunda 787 ta uy issiqlik energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan.

Bugungi kunda mavjud koʻp qavatli uylarning 92 foiz 1991-yilgacha qurilgan uylar hisoblanadi. Joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari  tomonidan jami 6 mlrd soʻm mablagʻlar evaziga 497 ta uy-joylarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bunda 166 ta uylarning tom qismi, 449 ta kirish yoʻlaklari, 1000 kv.m dan ortiq framuga oynalari, 20 ta uyning fasadi, 122 ta uylarning yertoʻla qismi, 159 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 102 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 59 ta temir eshik va 65 ta kodli qulflar, 4 ta lift uskunalari taʼmirlandi va 562 ta energotejamkor lampalar oʻrnatildi. Bundan tashqari hududiy elektr tarmoqlari bilan hamkorlikda 374 ta uyning 3 440 ta elektr taqsimlovchi shitlari joriy va mukammal taʼmirlandi.

🟡 Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHKda jami 9 ta markaziy, 5 ta mahalliy qozonxonalar, ushbu qozonxonalarda 42 ta qozonlar va 90,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mavjud.

Bugungi kunda Chirchiq shahridagi 14 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 29 ta qozon hamda 70 km dan ortiq uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari soz holatda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BSKlar_faoliyati
#Onlayn

Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish xodimlari xalq xizmatida!

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi “Nur servis” BSK tomonidan koʻp qavatli uylar atrofini qor uyumlaridan tozalash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

Telegram | Facebook | You tube | Instagram