Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog'iga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining ko'rsatkichini o'zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yo'li bilan talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi.

▶️ Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o'tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bo'ladi:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 2 mln 380 ming so'mgacha) jarima;

mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko'ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo'lmagan holda to'liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo'yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko‘ra, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

🔹BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha) jarima;

🔹15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o'tkazish, shu jumladan ana shunday o'yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

✔️ Shuningdek, mazkur harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab, sodir etilgan bo'lsa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

Tungi vaqtda (soat 23.00 dan 06.00 gacha) fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:

🔹fuqarolarga BHMning uchdan bir qismi;

🔹mansabdor shaxslarga BHMning uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

☎️ Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun BHMining 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo'q qilib yuborish, to'sib qo'yish, modifikasiyalashtirish, undan nusxa ko'chirish yoki uni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o'zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

🔹BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln so'mdan 102 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning
25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 500 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🔘 Agarda mazkur qilmish:

🔹 odam o'lishiga;

🔹 boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa:

muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM