Forwarded from CHDPU | Rasmiy kanal
#Maktab_menejmenti_kafedrasi_tashabbusi
Universitetimiz talabalari Oliy Majlis Senatida bo‘lib, parlament faoliyati bilan tanishdi hamda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qadirxanova bilan yaqindan suhbat qurishdi.
Uchrashuvda talabalarning parlament faoliyati haqida bilimlari mustahkamlandi hamda ta'limning bevosita amaliyot bilan uyg‘unligini ta'minlashga e'tibor qaratildi.
Muloqotda Senat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: vakolatlari, huquqiy asoslari, huquq va majburiyatlari, parlament nazoratini olib borishning ayrim jihatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, erta va majburiy nikohning oldini olish, an'anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab avaylash va ularni yosh avlod tarbiyasiga singdirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, turmush sharoitlarini yaxshilash, mehnat kafolatlarini kuchaytirish yuzasidan fikrlari tinglandi.
@tvchdpi2017