Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.54K subscribers
40.1K photos
5.02K videos
53 files
17.4K links
Download Telegram
🟦🟦🟦

Bugun Toshkent viloyati mahallalaridagi yoshlar yetakchilari, faol o'g'il qizlar, volontyor yoshlar ishtirokida atrof-muhitni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida #obod_yurt_yoshlar_chellenji o‘tkazildi.

Hashar tafsilotlari bilan dayjestimiz orqali tanishing.

Chirchiq shahri - Hamma  bir ezgu maqsad atrofida birlashdi. Ertalabdan boshlangan hashar davomida yoshlar obodlikka hissa qo'shdi.

Chinoz tumani - Ular birdamlikka chorlovchi, mehr-oqibatni yanada mustahkamlovchi, ezgulikni tarannum etuvchi unutilmas qadriyatlarimiz atrofida birlashdi.

Bekobod tumani - Qabristonlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxtlar oqlandi.

Nurafshon shahri - "Yuksalish" hamda "Taraqqiyot" mahallasi hududida joylashgan markaziy o'yingoh atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Yuqori Chirchiq tumani - Mazkur chellenj doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, xiyobonlar obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

O'rta Chirchiq tumani - Obodonlashtirish asnosida ko‘p qavatli uylarning atrofidagi, bolalar maydonchalaridagi kamchiliklar bartaraf etildi.

Toshkent tumani - Yoshlar yig‘ilgan hasharlarning ham o‘zgacha gashti bo‘ladi.

Bo‘ka tumani - "Bo'ston" mahallasidagi Yoshlar bog'ida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Piskent tumani - Atrof turli chiqindilardan tozalanib, yoʻllar tekislandi. Shuningdek, koʻngilli hasharchilar uchun doshqozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Zangiota tumani - Jarayonlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, yolgʻiz qariyalar xolidan xabar olindi. Ularning yashash joylari obodonlashtirildi.

Yangiyo‘l tumani - "Ahil" mahallasida ahil yoshlar hashar qildi.

Oqqo'rg'on tumani - Yoshlari bir tan-u bir jon bo'lib, Yoshlar bog'ini obod qilish uchun bel bog'ladi.

Quyi Chirchiq tumani - "Navqiron" mahallasida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirildi.

Parkent tumani - Zarkent ko'chalari bo'ylab obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirildi.

Bo'stonliq tumani - Ular hasharni - ozodalik, ahillik va unutilmas qadriyat ekanini amalda takror namoyon etdi.

Angren shahri - Obodlikka munosib hissa qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan o'g'il-qizlar "Taraqqiyot"da jam bo'ldi.

Olmaliq shahri - Yoshlar tashabbusi ko'chalar ko'rkiga ko'rk, mahallalar chiroyiga chiroy qoʻshdi.

Ohangaron tumani - "Nurobod" mahallasidan boshlangan ushbu  #chellenj ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari bilan davom etdi.

Ohangaron shahri - Ushbu hasharda shahar yoshlari ham faollikni qo'ldan boy bermadi.

Qibray tumani - Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi barcha yoshlarni mazkur #chellenj doirasida birlashishga chorladi. Natija esa yomon bo'lmadi.

Yangiyo'l shahri - Yoshlar markazi tevaragi tozalanib, daraxt ko‘chatlari oqlandi.

Bekobod shahri - Yoshlar bir davraga yigʻilib boshlangan  hashar shunday boʻladi. Ularning safida boʻlishning ham o‘zgacha sururi bor.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Chirchiq_shahri

Chirchiq shahri Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar boʻlimi, “Nuroniylar” uyushmasi, “Kimyogarlar” MFY hamda xotin-qizlar boʻlimi bilan birgalikda
chellenj tayyorlandi.

Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon boʻladi. Milliylikni bilish va anglash uchun millatlar oʻrtasidagi farq va tafovutlarni oʻrganish bilan birgalikda, ularni yaqinlashtiruvchi jihatlarga jiddiy eʼtibor berish zarur. Chunki boshqa millatlarning yutuq va ijobiy tajribasini oʻrganish, ularni oʻzlashtirish milliylikni boyitadi va rivojlantiradi.

📹Batafsil videolavhada.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM