Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.38K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Toshkent viloyati 86 yoshda

Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.

Viloyatning ma’muriy markaziNurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

15-may-Xalqaro oila kuni


Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-may kunidagi rezolutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15-may - Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana #Значимая_дата

11-NOYABR — OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI!

Ushbu bayram munosabati bilan yurtimizdagi barcha kasaba uyushmalari faollari va aʼzolarini, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyilarni tabriklaymiz!

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Toshkent viloyati miqyosida kasaba uyushmalari 500 ming nafarga yaqin aʼzolarni birlashtirib, xalqimizning mehnatga oid huquq va manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy sheriklik imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish ishlarida munosib koʻmakchi boʻlib kelmoqda.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
_____

11 НОЯБРЯ - ДЕНЬ ПРОФСОЮЗОВ УЗБЕКИСТАНА

Поздравляем с этой знаменательной датой всех активистов и членов профессиональных комитетов, а также работающих в этой системе сотрудников с их праздником!

В настоящее время профсоюзные комитеты столичной области объединяют в своих рядах почти 500 тысяч рабочих, дехкан, сотрудников, защищают их трудовые права, защищают интересы трудящихся, расширяют социальное партнёрство, активно способствуют улучшению условий труда, тем самым являясь поистине защитниками интересов своих членов.

С праздником вас!


Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM