#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Qarorga ko'ra, quyidagilar “112” yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
➖fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo'lmaydigan yordamni tashkil etish va ko'rsatish;
➖shoshilinch yordam ko'rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o'z vaqtida yordam ko'rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o'rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo'yicha tezkor o'zaro hamkorlikni ta'minlash.
🗓 “112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:
🔹2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
🔹2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida;
🔹2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.
❗️Hududlarda “112” yagona dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich ishga tushiriladi

👍5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔰 Qarorga ko'ra, joylardagi hokimliklar:
➖har yili 1-noyabrgacha keyingi yil uchun o'zining hududidagi kamida bittadan ko'chani nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uning qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;
➖2024-yil 1-dekabrgacha nogironligi bo'lgan shaxslarning qulay va to'siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida belgilangan ro'yxatga muvofiq ko'chalarni moslashtiradi.
🗂 2026-yil 1-yanvargacha nogironligi bo'lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to'siqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimi ishga tushiriladi.
🗓 2024-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to'siqsiz muhitni ta'minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo'lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.
🔘 Ushbu talab kuchga kirgunigacha tenderda g'olib bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarida xizmat ko'rsatayotgan tadbirkorlarning:
🔹avtobuslarni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo'lgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan qoplab beriladi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
❗️Belgilangan ko'chalar nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtiriladi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-267-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o'tishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
➖“Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to'lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich to'liq avtomatlashtirish;
➖ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to'lovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig'ish zaruratini bekor qilish;
➖davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;
➖ijtimoiy sug'urtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar o'rtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;
➖respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi

❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).
Batafsil infografikada👆
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).
Batafsil infografikada👆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
"Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi
🔰Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
🔘Bunda:
🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
🔹yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
🔹nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
✅ Shuningdek, 2024 yil 1 oktyabrdan:
🔸byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;
🔸byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;
🔸mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Oylik, pensiya, nafaqalar oshiriladi

🔰 Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinadi.
❕Bunda:
🔘 soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:
🔹jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni o‘zgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bog‘liq taʼsir choralarini qo‘llash;
🔹tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;
🔘 kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
🔹soddalashtirilgan baholash natijalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
🔹Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga ko‘ra kengaytirilgan baholashdan o‘tkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 16.08.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinadi.
❕Bunda:
🔘 soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:
🔹jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni o‘zgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bog‘liq taʼsir choralarini qo‘llash;
🔹tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;
🔘 kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
🔹soddalashtirilgan baholash natijalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
🔹Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga ko‘ra kengaytirilgan baholashdan o‘tkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✔️ Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;
🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
✔️ Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;
🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

⚡️ Qarorga ko'ra, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag'lari bilan ta'minlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag'larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi.
🗓 2024 yil 1 noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo'yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.
✔️ “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi:
🔸qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo'yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
🔸respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag'larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha tavakkalchiliklarni o'zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo'naltirish;
🔸mikrokredit beruvchilar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha portfel kafilliklar taqdim etish.
🏢 “Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan o'tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shib yuboriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shimcha vazifalar yuklatildi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: O'RQ-954-son, 04.09.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Tovar va moliya bozorlarida sog'lom raqobat muhiti ta'minlanadi
Manba: O'RQ-954-son, 04.09.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin