Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.48K subscribers
36.9K photos
4.48K videos
19 files
16K links
Download Telegram
#muhokama

Bugun shahar hokimligi katta majlislar zalida shahar hokimi Davron Xidoyatov, sektor rahbarlari hamda yoshlarga biriktirilgan mutasaddilar va yoshlar yetakchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Davlatimiz rahbarining 2023-yil 11-apreldagi videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib shahardagi yoshlar 3 ta toifaga ajratib olindi.

Bular: 1 toifa Davlat e’tiboriga muhtoj “Og‘ir” toifadagi yoshlar 645 nafar; 2 toifa ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmagan ijtimoiy muammolari mavjud 8 ming 401 nafarni; 3-toifa davlat va xususiy sektor hamda ta’limda band bo‘lgan iqtidorli yoshlar 18 ming 572 nafarni tashkil etdi.

Yigʻilishda 1 toifa Davlat e’tiboriga muhtoj “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan individual har bir yosh uchun yo‘l xarita tuzilib, ijrosi yuzasidan muhokama oʻtkazildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM