#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat:
1️⃣ Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
2️⃣ Davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi.
3️⃣ Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
4️⃣ Davlat yoshlarning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
5️⃣ Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
👉 Manba
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Oʻzbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir.
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, 20-modda
Manba
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.
Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, 21-modda.

Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.
Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.
Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.
Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.
Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.
Video: https://youtu.be/1tHvezqQRVo
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

YouTube
Конституциямизнинг 10-моддасини ўрганамиз.
Конституциямизнинг 10-моддасида:
"Ўзбекистон халқи номидан фақат у сайлаган Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Президенти иш олиб бориши мумкин.
Жамиятнинг бирон-бир қисми, сиёсий партия, жамоат бирлашмаси, ижтимоий ҳаракат ёки алоҳида шахс Ўзбекистон…
"Ўзбекистон халқи номидан фақат у сайлаган Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Президенти иш олиб бориши мумкин.
Жамиятнинг бирон-бир қисми, сиёсий партия, жамоат бирлашмаси, ижтимоий ҳаракат ёки алоҳида шахс Ўзбекистон…
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 15-moddasi: “O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi.
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”.
Konstitusiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri – uning oliy yuridik kuchga ega ekanligidir.
Konstitusiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida (ierarxiyasida) eng yuqori o'rinda turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi.
Konstitusiyaning to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi – davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, sudlar tomonidan Konstitusiya normalarini huquqni qo'llash amaliyotida bevosita qo'llagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitusiya normalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanishi va rioya etishini ko'zda tutadi.
Qonunchilik hujjatlariga Konstitusiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari kiradi.
Konstitusiyaning oliy yuridik kuchga ekanligi uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yo'nalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon bo'ladi.
Video: https://www.youtube.com/watch?v=9GJ0UH0qNuY

Konstitutsiyamizning 15-moddasi
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 31-moddasi: “Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto'g'ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi to'g'risida qonunga xilof yo'l bilan to'plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo'yishni va ko'zdan kechirishni o'tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Uy-joyda tintuv o'tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi”.
Shaxsiy sirlar – bu inson hayotidagi voqealar, faktlar, sharoitlar to'g'risidagi har qanday insonning o'zi ochiqlashni xohlamayotgan va bu ma'lumotlarni boshqalarga ma'lum bo'lmasligidir. Qachonki shaxs bu ma'lumotlarni o'z xohishiga ko'ra ochiqlasa, uning sir tutilish maqomi bekor bo'ladi.
Oilaviy sirlarning shaxsiy sirlardan farqi shundaki, u oilaning bir necha a'zolariga tegishli bo'ladi. Bunda, sir oilaning barcha a'zolari tomonidan emas, balki bir-ikki a'zosi tomonidan ham maxfiy deb topilishi mumkin.
Oilaviy sirlarda ma'lumotlar oilaning barcha a'zolariga yoxud ba'zi birlariga aloqador ham bo'lishi mumkin.
Shaxsga doir ma'lumotlar sifatida insonning bevosita o'ziga taalluqli bo'lgan elektron yoki qog'ozda qayd etilgan ma'lumot tushuniladi. Masalan, shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili va joyi, kasbi, fuqaroligi to'g'risidagi ma'lumotlar ular sirasiga kiradi.
Uy-joy daxlsizligi shaxsning uzviy huquqlaridan biri bo'lib, unda tintuv o'tkazish masalasi faqat sud tomonidan hal qilinadi.
Video: https://www.youtube.com/watch?v=9hhRBSyFOOY

Konstitutsiyamizning 31-moddasi