Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.8K photos
4.45K videos
18 files
15.9K links
Download Telegram
#9oylik

📍CHIRCHIQ SHAHAR INVESTISIYA VA TASHQI SAVDO BO‘LIMI TOMONIDAN 2022 YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN ASOSIY USTUVOR VAZIFALAR YUZASIDAN BAJARILGAN ISHLAR

Chirchiq shahar Investisiya va tashqi savdo bo‘limi tomonidan 2022 yilda amalga oshiriladigan asosiy ustuvor vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar (2022 yil 31 avgust holatiga).

  1. Eksport prognozining bajarilishi bo‘yicha:
2022 yilning yanvar-avgust oylari uchun 119,1 mln.dollar miqdorida eksport rejasi belgilangan.
  Shundan:
- sanoat mahsulotlari eksporti 117,2 mln.dollar;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 1,9 mln. dollarni tashkil etadi.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 129,7 mln.dollarlik eksport amalga oshirildi.Shundan sanoat 126,9 mln.dollar, qishloq xo‘jaligi 2,8 mln.dollar. Shuningdek, 8-oylik reja 108,9 foizga bajarildi. 
   2022 yilning yanvar-avgust oylarida shahar bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga jami 2,8 mln.dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yanvar-avgust oylari uchun belgilangan reja 135 foizga ortig‘i bilan bajarildi.
Asosiy eksport hajmlari to‘qimachilik sanoati mahsulotlari (101,4 mln.dollar), elektrotexnika mahsulotlari (19,2 mln.dollar), radiatorlar va isitish qozonxonalari (2,0 mln. dollar), neft va kimyo sanoati mahsulotlari (2,7 mln. dollar), polietilen mahsulotlari (675,3 ming dollar), metallokonstruksiya (587,8 ming dollar), oziq-ovqat mahsulotlari (44,7 ming dollar), qurilish materiallari (27,2 ming dollar) va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (2,8 mln. dollar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
  Shahardagi 36 ta eksportyor korxona tomonidan yanvar-avgust oylarida 22 ta davlatga 94 ta shartnoma asosida 129,7 mln.dollar miqdorida mahsulotlarni eksportga chiqargan. Bunda asosiy eksport xajmlari 78,2 foizini yoki 101,4 mln.dollarini to‘qimachilik mahsulotlari, 14,8 foizini yoki 19,2 mln.dollarini elektrotexnika mahsulotlari tashkil qiladi.
Eksport qilingan mahsulotlarning davlat kesimida taxlil qilsak:
- Rossiya Federasiyasiga 79,8 mln.dollar yoki 61,6 foizi;
- Turkiyaga 16,1 mln.dollar yoki 12,4 foizi;
- Polshaga 4,0 mln.dollar yoki 3,1 foizi;
- Qirg‘izistonga 7,2 mln.dollar yoki 5,6 foizi;
- Italiyaga 3,1 mln.dollar yoki 2,4 foizi;
- Qozog‘istonga 4,4 mln.dollar yoki 3,4 foizi;
- Tojikiston 2,8 mln.dollar yoki 2,2 foizi;
- Ukrainaga 2,3 mln.dollar yoki 1,8 foizi;
- Ozarbayjon 1,6 mln.dollar yoki 1,29 foizi;
- Belarussiyaga 1,0 mln.dollar yoki 0,8 foizi
- Boshqa davlatlarga 7,4 mln.dollar yoki 5,41 foizi hisobiga amalga oshirilgan.
Bugungi kunda shaharda eksport hajmini oshirish hamda mahsulotlarni eksportga chiqarish maqsadida har bir eksportyor korxonalar bilan kunlik monitoring olib borilmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site