Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
172 subscribers
8.56K photos
232 videos
1 file
1.24K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIB boshlig'i podpolkovnik A.AJumayev , tuman IOB XQMB katta inspektor kapitan I.G'.Husenova bilan " Vatanimiz - bizning kelajagimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Xalqimiz azaldan o‘zining mard va jasur o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Ajdodlarimiz o‘zidan keyingi har bir avlodga yigit kishining eng oliy va muqaddas burchi,avvalo, Ona tuproqni avaylash, uning sarhadlari daxlsizligini, tinchligini ta'minlashdan iboratligini eslatib, shu ruhda tarbiyalab kelgan.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-11-sinf o'quvchilari bilan birgalikda 99265-harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida Mudofaa vazirligiga qarashli Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismda zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmuaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlar qo‘mondoni Jur’at Yakubov, tuman hokimi O‘tkir Hamroyev, Buxoro harbiy prokurori o’rinbosari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar avvalo kirib kelgan 2025-yil hamda yaqinlashib kelayotgan “14-yanvar – Vatan
himoyachilari kuni” bilan barchani samimiy muborakbod etishdi.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qorovulbozor tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik A.A.Jumayev maktab o'quvchilari va ilk bitiruvchi kursant Choriyev Laziz hamda ustozlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida o'quvchilarning bilimi, kelajakdagi orzulari, qiziqishlari so'raldi. Ularning fikrlari tinglandi.O'quvchilar o'zlariga kerakli bilimlarga ega bo'ldilar. Suhbat qizg'in bahs -munozaraga boy bo'ldi.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook