Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
220 subscribers
10.6K photos
287 videos
55 files
1.58K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ayni_paytda

🟢Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi- saralash bosqichiga start berildi

📍Sinovlar Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi binosida bo’lib o’tmoqda.

Jarayonlarda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Hamza Elliyev ishtirok etib, o’quvchilar va ota-onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🟢Buxoroda Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 6-iyul kuni, yurtimiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — test sinovlari boshlandi.


Ushbu muhim jarayon Buxoro viloyatida ham qizg’in davom etmoqda.

📍Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyati hududiy bo‘limi binosida tashkil etilgan.

Mazkur bosqichda Buxoro viloyatidan jami 13 ming nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tib, Prezident maktablarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun bellashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatganlar keyingi bosqichga yo‘llanma olishadi.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Kogon_tuman_IM
#Bizning_Ustoz

Buxorolik ustozning yutug'i MDH miqyosida e'tirof etildi

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Kurbonova Oysara Davronovnaning ilmiy maqolasi xalqaro darajada munosib baholandi.
Ustoz 22 yildirki, yosh avlodning ma'naviy yuksalishi, kamol topishi yo'lida fidoyilik bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Undan saboq olgan o'quvchilar bugun Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida xizmat qilmoqdalar.Oysara Kurbonovaning ilmiy maqolasi tanlov ilmiy kengashi tomonidan ma'qullangani sababli "Scientifik academy" ilm- ma'rifat markazining 2025- yil 18- iyundagi 65- sonli buyrug'iga asosan u "YUKSAK EHTIROM" xalqaro ko'krak nishoni hamda maqolalar jamlangan nashr bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq ustozni yanada mas'uliyat bilan harakat qilishga, ilm- fan rivoji yo'lida yoshlarga o'rnak bo'lishga chorlaydi.
2
Республика ва халқаро танлов ғолиблари тантанали тақдирланди

🗓 19 июль куни Бухоро шаҳридаги Ёшлар маркази анжуманлар залида халқаро ва республика фан олимпиадалари, ижодий танловлар ғолиблари ҳамда уларнинг устозлари тантанали равишда тақдирланди.

🎤 Вилоят ҳокими Ботир Зарипов ўз чиқишида билимли, иқтидорли бухоролик ёшларнинг халқаро майдонларда муносиб иштирок этишини фахр билан таъкидлади.

📚 Президентимиз ташаббуси билан таълим сифати, иқтидорли ўқувчиларни қўллаб-қувватлаш давлат сиёсатининг устувор йўналишига айланди. Мактабларда фанлар, мусиқа ва санъатга оид йўналишлар кенг йўлга қўйилди.

🏆 Танловлар натижалари:


“Иқтидор мактаб ансамбли” – Ғиждувон тумани 46-мактаб “Ёш ҳаваскорлар” жамоаси — 1-ўрин

“Турон мактаб театри” – Когон шаҳри 3-мактаб “Элегант” жамоаси — 3-ўрин

“Ёш қутқарувчи” – Бухоро шаҳри 19-мактаб — 1-ўрин, хориж сафари имконияти

🌍 Халқаро ютуқлар:

II Халқаро математика мусобақаси (Туркманистон): 6 нафар ғолиб (2 олтин, 2 кумуш, 2 бронза)

ELO International 2025 (инглиз тили):

29-мактаб (6–10 ёш) — номинация ғолиби

“Bukhara Dynamos” (13–17 ёш) — 2-ўрин, 30 давлат ичида ТОП-3дан жой

📈 Якунланган ўқув йили натижаси:

37 нафар ўқувчи – республика ва халқаро олимпиада ғолиблари

Республика: 8 та совринли ўрин

Халқаро: 29 та медаль (2 олтин, 17 кумуш, 10 бронза)

🎁 Ғолиблар ва устозлар вилоят ҳокимлиги ташаккурномаси, фахрий ёрлиқлар, қимматбаҳо совғалар билан тақдирланди.

🎭 Тадбирда “Элегант” жамоаси “Замонамиз Авлонийси” спектаклини намойиш этди, мусиқий чиқишлар билан ёш ижрочилар байрамга ўзгача руҳ бағишлашди.
3
#Muvaffaqiyat
#Dolzarb_90_kun

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning Buxoro filiali o'quvchisi
Amirxon Aslonov "Dolzarb 90 kun" loyihasini amalda tatbiq etish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkazilgan sport musobaqasida faol qatnashib, faxrli 1-o'rinni egalladi.

O'quvchimizga kelgusi musobaqa va tanlovlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!





👉BIZNI KUZATIB BORING👈
👏2
#Dolzarb_90_kun
#Jarayon


⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi Buxoro filiali

🔹 Maktabimizning ikki nafar iqtidorli o‘quvchilari — Ismoilov Ismoil va Hamroev Anvar Toshkent shahrida bo'lib o'tgan " Central Asian Youth Vision " ikki kunlik mintaqaviy debat musobaqasida faol ishtirok etdilar.


🔹 Tadbir C5+1 Youth Council Alumni tomonidan tashkil etilib, ishtirokchilarga xalqaro darajadagi muloqot va o‘z salohiyatlarini ko‘rsatish imkoniyatini berdi.


❇️O'quvchilarimizga  kelgusida muvaffaqiyatlar tilaymiz!



👉BIZNI KUZATIB BORING 👈