Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
173 subscribers
8.22K photos
221 videos
1 file
1.2K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sinflar kesimida reja asosida 🇺🇿14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" 🇺🇿shiori ostida ma’naviyat soatlari tashkil etildi.

🇺🇿Bu darslar vatanparvarlik tuyg'usini, Vatanidan faxrlanishni, fuqarolik kamolotini, Vatanni himoya qilgan va qattiq urush davridagi qiyinchiliklarni engib o'tgan odamlarga hurmatni tarbiyalash maqsadida Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
🏢Joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarimizga omad tilab qolamiz.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi

📌Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflarida 2024-2025-o'quv yilining 2-chorak yakuni bo‘yicha ota-onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌Majlisda kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan maktab rahbariyati va fan o‘qituvchilari ota-onalarga ma'lumot berdilar.

🔰Majlisda davomida 2-chorak davomida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi, erishgan muvaffaqiyatlari xususida har bir o‘quvchiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📍Ota-onalar farzandlarini o‘qish jarayonlaridagi ishtiroklari qay darajada ekanligi to‘g‘risida ham fan ustozlaridan tushunchalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Vatanparvarlik
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.
🇺🇿Ushbu bayram, nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi,
🇺🇿Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6A-02 sinf o‘quvchilari “Senga posbonmiz Vatan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi.

🇺🇿Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Ochiq_dars

💠 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-yanvar kuni 5a-01 sinf o'quvchilari bilan matematika fani o'qituvchisi Sh. S. Fayziyeva tomonidan tasdiqlangan reja asosida "To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

❇️ Maktab fan o'qituvchilari ishtirok etgan ushbu darsda mavzuni o‘rganish bo'yicha samarali metodlardan foydalanildi.

Darsda oʻquvchilar yozma va amaliy topshiriqlar, ta'limiy o'yinlar orqali kasrlar haqidagi bilimlarini oshirishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Qizlar_majlisi

🌟2025 yil 21-yanvar kuni Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-7 sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida "Biz qanday o'xshashmiz, qanday farq qilamiz" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️Yig‘ilishdan maqsad: ishtirokchilarning o'zlarining individualligini, odamlar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarning mavjudligini, bag'rikenglik munosabatlarini shakllantirishning muhim sharti sifatida anglash.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Jadidchilik

Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5A-01 sinf o‘quvchilari bilan 22. 01. 2025 yil “Turkiston ma’rifatparvarlari” mavzusida namunali dars o‘tildi.
❇️Dars jarayonida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ziyolilarimizning tariximizda tutgan o'rni, ilm- ma'rifat yo'lida olib borgan samarali harakatlari yoritib berildi.

Fan o'qituvchisi - G. A. Hakimova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
Mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10a-01 va 11a-01 sinf o'quvchilaridan hozirgi kuniga qadar olgan bilimlarini sinash uchun repititsion testlar olindi.

Test natijalariga ko'ra sinf o'rtacha baliga qarab o'quvchilarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Loyihalar_yarmarkasi

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yilning 23 yanvar kuni Kogon tuman hokimligi, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etgan “Loyihalar yarmarkasi” tashkillashtirildi. Yarmarka doirasida yoshlar va aholiga tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan biznes rejalar muhokama qilindi.
Oʻtkazilgan yarmarkada tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun biznes koʻnikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kredit sarmoyasi, yaratiladigan ish oʻrni, bandlikni taʼminlash jihatlariga ham eʼtibor qaratildi. Qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Mahmudxoʻja_Behbudiy_tavalludining_150_yilligi
#Zakovat
#Cinema_time

2025- yilning 23- yanvar kuni Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga asosan Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodi va hayoti bo‘yicha tadbirlar tashkil etish belgilangan bo‘lib, qaror ijrosini ta'minlash boʻyicha tarix fani o‘qituvchisi D. U. Jo‘raqulova 6A-01 sinf o‘quvchilari bilan “Buyuk ajdodlar merosi” shiori ostida ZAKOVAT intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘quvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film tomosha qilishdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I