Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
189 subscribers
10.6K photos
284 videos
55 files
1.57K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ehtirom

❇️ Kuni kecha, Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi direktori Ubbiyev Alisher Tairovich maktabga tashrif buyurib, o'quvchilar bilan suhbatlari choģida, 9-a sinf o'quvchisi, sportchi qiz, Xoliqova Shahrizodaga alohida e'tiborlari tushdi.

❇️Sportning kikboksing turi bòyicha qator yutuqlarga erishgan Shahrizoda "Open-2" Osiyo ochiq chempionatida faxrli 3-òrinni va Jahon kubogida 2-òrinni egallaganligi faxr bilan tilga olindi.

❇️Sportchi qizga bildirilgan yuksak e'tiroflarning bosh sababchisi, ota-ona tarbiyasi, qòllab-quvvatlashi va fidoyiligi ekanligi shaxsan agentlik direktori nomidan e'tirof etildi.

❇️ Farzandining sportga bòlgan qiziqishini ishonch bilan raģbatlantirib, uning intizomli va matonatli inson bòlib voyaga yetishida beminnat yordamlashayotgan onaga TASHAKKURNOMA bildirildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Namunali_dars

🏢 Ayni damda Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-b sinf o'quvchilari bilan  ona tili fanidan  tashkillashtirilgan namunali darsdamiz...

❇️ Yosh, izlanuvchan,   ijodkor Ustoz - Rahmatilloyeva Farangiza   dars davomida ko'rgazmalilikka, ilmiylikka e'tibor qaratdi.

❇️O'tilgan mavzuni mustahkamlashda "Kulcha" metodidan foydalanildi.

❇️Dars davomida tub va yasama sifatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi, namunalar keltirildi, mashqlar ishlandi.

❇️Darslikdan to'g'ri foydalanish qoidalari eslatib o'tildi.

IMA Qorovulbozor tuman
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Milliy qadriyatlar hayotga

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xotin-qizlar o'rtasida "Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz" shiori ostida milliy liboslar kiyish kuni tashkil etildi.

"Milliy liboslar"ga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish maqsadida milliylik kuni tashkil etildi.  Xotin-qizlarimiz egnida yal-yal yonib turgan atlasni ko‘rib ko‘zlaring quvonadi. Kundan- kunga milliy liboslar yanada urfga kirib, barchada qiziqish uyg‘otmoqda.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM

"QADRIYATLARING BOQIY BO'LSIN,NAVRO'Z!"

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yil 14-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi  273-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida barcha sinflarda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida "Sinf soati" tashkil etildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Z.Obidova 8-"A"sinf o'quvchilari bilan adabiy kecha tashkil qilindi.

Kecha davomida o'quvchilarga Oybek hayoti , ijod faoliyati to'g'risida ma'lumotlar aytildi."Kuz yomg'iri" ," Na'matak" she'rlari o'quvchilar tomonidan aytildi. O'quvchilarni Vatanga bo'lgan muhabbati yanada ortdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Akademik_bilan_uchrashuv

🏢  Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan "Yosh akademiklar" klubi a'zolari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a'zosi, akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich bilan online tarzda muloqot olib borishdi.

❇️ 40 yillik tajribaga ega professor ustoz, o'quvchilar bilan o'z hayot tajribasini o'rtoqlashar ekan, kitobga mehr qo'yib, puxta bilim egallash lozimligini uqtirdi.

❇️Matematika fani sir-sinoatlarini puxta egallash uchun misol ishlash bilan birga, olingan nazariy bilimlarni hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga ega bo'lish lozimligi uqtirildi.

❇️ Ustoz o'rgatgan bilimini o'quvchi uyiga borib, misol ishlab, mustahkamlab borishi kerakligi maqsadga erishishning eng samarali usuli ekanligi ta'kidlandi.

❇️Tajribali ustozning qimmatli pand-nasihatlari "Yosh akademiklar" uchun birdek foydali va mazmunli bo'ldi.

IMA Qorovulbozor tuman
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bizning_faxrimiz

❇️  Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Nematullayev Boburjon matematika fanidan C darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.

❇️Tinimsiz mehnat, mashaqqatli harakat bugun o'z natijasini ko'rsatdi.

❇️ Aqlli, tirishqoq, ilmga chanqoq o'quvchimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga, ta'lim bergan Ustozlariga TASHAKKUR!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ustozimiz_faxrimiz

❇️  Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi Namozova Maftuna eng namunali, A+ darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.

❇️Yosh, izlanuvchan, bilimdon, tirishqoq, iste'dodli, fidoyi Ustozga tasanno!!!

❇️ Butun jamoa nomidan tabriklaymiz va tinchlik, sog'lik, xotirjamlik, oilaviy baxt, kasbiy barkamollik tilaymiz!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bizning_faxrimiz

❇️ Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11 - sinf o'quvchilari  fizika va matematika fanidan milliy  sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.
11-sinf o'quvchilari:
Sattorov Sardor fizika B;
Ahmadov O'lmasjon fizika B;
Hayitova Safiyabonu fizika B;
Toxirov Laziz fizika C;
Jahonov Shohjahon matematika C;
Avazova Azizabonu matematika C.

10-sinf o'quvchilari:
Barnoyev Ilyosbek matematika C+;
Shaxriyorov Shams matematika C.

❇️Zukko, bilimdon, tirishqoq o'quvchilarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga, ta'lim bergan Ustozlariga TASHAKKUR!

❇️Qadrli o'quvchilarimizning o'qishlarida hamisha  omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz.

❇️Boringizga shukur, fidoyi Ustozlaru, ilmga chanqoq, maqsadi sari  tinib tinchimas, qadrli òquvchilar!!!