Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
179 subscribers
7.32K photos
210 videos
1 file
1.06K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Sodiqova Visola Yunusovna Buxoro IM O'IBDÕ)
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi
Farmon ijrosi doirasida Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Õzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bŏyicha õrinbosari akademik Roziqov Õtkir Abdulloyevich bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mamlakatimiz va jahon fanidagi dolzarb masalalar va yangiliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi.

https://t.iss.one/BuxtumanPM
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman hamda Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman va Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi boshqa ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichama-bosqich joriy qilinib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube