Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
189 subscribers
10.5K photos
284 videos
55 files
1.54K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Tadbir_jarayoni
#Buxoro_shahar_2_son_IMI


⚡️Joriy yilning 18-may kuni
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏢Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Sog'lom oila - kelajak poydevori" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi.

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi vakili Abdumalik Abdug'afurovich tadbirning aziz mehmoni bo'ldilar. Bunda tadbirga tashrif buyurgan ota-onalarga o'z tilaklarini bildirib, iqtidorli o'quvchilarni taqdirladilar.

♻️Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan she'rlar, kuy-qo'shiqlar, raqs va sahna ko'rinishi ijro etildi.


https://t.iss.one/specializedboardingschool
#Tadbir

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "SIZGA TA'ZIMDAMIZ AZIZ USTOZLAR" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda 6A-01 va 6A-02 sinf o'quvchilari ifodali she'rlari, mazmunli kuy-qo'shiqlari, jozibali raqslari bilan qatnashishdi. Yosh avlodga ta'lim-tarbiyalash berish yo'lida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar maktab ma'muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
#Shofirkon_IM
#Tadbir

💥Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

💥Joriy yilning 21-oktyabr kuni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻz tilim-oʻzbek tilim" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida oʻzbek tilini madh etuvchi sheʼr, qoʻshiq va sahna koʻrinishlari ijro etildi.

💥 Tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi barchamizga muborak boʻlsin

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Tadbir                          🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8T-01 sinf o'quvchilari tarix fani o'qituvchisi G. Hakimova 18-NOYABR "ÕZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGANLIGINING 33 YILLIGI" munosabati bilan "Bayrog'imiz-faxrimiz" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazishdi. Tadbirda o'quvchilar bayroqning tarixi, uning ahamiyati, milliy bayrog'imiz haqida she'rlar aytishdi, raqslar namoyish etishdi.                
                            
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Shofirkon_IM
#TADBIR
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🔰Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

🏢 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim  muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 6-dekabr kuni "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" nomli tadbir tashkil qilindi.

🎗Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida Konstitutsiya tarixi, moddalar sharhi, mavzuga oid sheʼr va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga havola etildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Kogon_tuman_IM
#Amir_Temur_689_yilligi
#Tadbir

“Biz kim  — mulki turon Amiri Turkistonmiz
Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i
Turkning bosh bo‘g‘inimiz”.


Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 11.04.2025 yil 8A-02 sinf o'quvchilari tomonidan "Amir Temur va Temuriylar ibrati" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir maqsadi: O‘quvchlarni sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati, uning Markaziy Osiyo davlatining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, ma’naviy–axloqiy qarashlari bilan tanishtirish, bilimlarini mustahkamlash, tushunchalirini kengaytirish.

Tadbir davomida ’’Amir Temur bobomizga munosib avlod bo`laylik’’ shiori ostida mard yigitlarimiz Amir Temur hayoti, faoliyati va “Temur tuzuklari” bo’yicha savollarga javob berdilar. Natijalarga ko‘ra:
🥇Fozilov Mirfayz
🥇Hikmatov Shuhrat (5a-01)
🥈Amonov Salohiddin
🥈Usenov Jahongir
🥉Ro‘ziqulov Shohijahon
🥉Xalimov Bobur

🎤Tadbir "Temur bobom" qo'shig'i bilan yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Shofirkon_IM
#Tadbir

2025-yil 25-aprel kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlab adabiy bellashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bo‘yicha bilimlar sinovi, she’r o‘qish va ijodiy chiqishlar bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Baholash jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik darajasi, she’rni ifodali o‘qish mahorati va shoir asarlariga bo‘lgan munosabati inobatga olindi. Tadbir yakunida eng yaxshi ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday adabiy bellashuvlar yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga hurmatni oshirish, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram