Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
178 subscribers
7.29K photos
210 videos
1 file
1.06K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Дилфуза Адизова Когон шахар ИМ
#Ishchi_guruh
#O'rganishlar

❇️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

❇️Oʻrganish davomida Buxoro  viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari hamda pedagog xodimlar bilan ham suhbat qilindi.


❇️Ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini o‘rganish jarayonidan suratlar.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook
#O'zbekistonning umidli chechaklari
#Millat qizlari

📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
Bir millatning yuksalmog'ida millat qizlarining o'rni beqiyosdir.
"Shine"qizlar akademiyasi turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan, o'zni o'rniga o'zbek qiz va ayollarini turli konferensiyalarda birlashtiradi.Ushbu talantli ayol-qizlar orasida Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yillar davomida fizika fanidan ta'lim berib kelayotgan Gulnoza Sultonova ham bor.
Turkiyada o'tkazilingan "O'zbekistonning umidli chechaklari" nomli konferensiyada taklif etilgan  ustozimizning  antalogiya bo'yicha maqolalari chop etildi.
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
Maktabdagi faoliyatidan tashqari, o'z ustida tinimsiz ishlaydigan, millat kelajagi, uning ravnaqi uchun doimiy harakatdagi ayol-qizlarimiz, shubhasizki,yurtimiz kelajagining asosiy ustunlaridirlar.
Ustozimizga bundanda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishlariga tilakdoshmiz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇹🇷 🇹🇷 🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
#besh_tashabbus
#o'quvchi_ijodidan

Onamga

To'qqiz oy qornida ko'tarib yurgan,
Borini atagan, jonini bergan,
Yedirgan, ichirgan, kiymay kiydirgan,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Ko'kdagi oyimsiz, charog'onimsiz,
G'am kelsa, dard kelsa, g'amgusorimsiz,
Hammadan suyukli, mehribonimsiz,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Bo'lmasangiz, uyimiz huvillab qolar,
Yo'lingizni poylab ko'zlar ham tolar,
Siz kelsangiz, uyga go'yo nur to'lar,
Ona, onajonim, jannatim - onam


8-F sinf o'quvchisi Dilmurodov Elshod ijodidan

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook
Forwarded from IMA VOBKENT IM (Farhod Fayziyev)
#Ochiq_darslar_davom_etadi!
#O'zbek_tili_bayrami_kuni
#Vobkent_tuman_IM

🏢Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Zilola Kurbanova tomonidan O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan “Ona tilim mangu, barhayot!” shiori ostida ochiq dars tashkil etildi.

📚Ochiq dars davomida maktabning 8-A sinf o'quvchilari o'zlari yodlangan til haqidagi she`rlari va g'azal, ruboiylaridan parchalar keltirdilar. Ochiq dars qizg'in tarzda bo'lib o'tdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#O‘ZBEK_TILI_35 YIL

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan, “Qadring baland bo‘lsin , ona tilim !” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirda, Maktab direktori J.Abdurashidov, MTIBDO‘ F.Jalilov ushbu ulug‘ kun 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida Ona tilimiz haqida she'rlar, o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar barchani xushnud etdi. O‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda bugungi kunda ona tilimizga bo‘layotgan munosabat to‘g‘risida sahna ko‘rinishi namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram