Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
29K photos
3.54K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#rasmiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular orasida viloyatimiz vakillari ham bor:

Abduxalilov Abdurasul Abdurashidovich - Boʻstonliq tumanidagi “Turon Resort” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi.

Rizayeva Gavxar Nigʻmonovna - Parkent tumanidagi “Zarkent Gavhari” fermer xoʻjaligi boshligʻi.

Saidaxmedov Iqboljon Ibragimovich - Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Fresh Food Pack” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi.

Saliyev Saydulla Inayatillayevich - Toshkent tumanidagi “Bonito Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari.

Sidelyov Aleksandr Yuryevich - Angren shahridagi “Teploizolyatsionnaya kompaniya” xorijiy korxonasi direktori.

Xvan Grigoriy Mangimovich - Yuqori Chirchiq tumanidagi “Hanuz Enterprises” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi.

Xojiyev Nabijon Nugmanjonovich - Chinoz tumanidagi “Perfect Paper Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari.

Ergashev Shukurulla Zikrullayevich - Ohangaron shahridagi “Ohangaron quvur metallurgiya zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari.

Yusupov Akmal Maratovich - Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Yustex” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori.

Mukofot muborak boʻlsin, aziz ishbilarmonlar!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boʻstonliq tumani hokimi yerni oʻrganish niqobi bilan qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadbirkorlarga tekshiruv tashladi. Maqsad yer maydonlarni tortib olish” mazmunidagi murojaat asossiz boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan yer maydonlari faqatgina yer egasining roziligiga asosan yoki tegishli sudning qaroriga asosan zaxiraga olinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, 2023-yilning 5-oktyabr kuni tuman hokimi tomonidan bir qator davlat idoralariga topshiriq xati yuborilgan boʻlib, mazkur xatda:

- Boʻstonliq tumanida Qishloq xoʻjaligi yer maydonidan foydalanuvchi bir qator subyektlar faoliyati vizual tartibda kuzatilganda ayrim subyektlar tomonidan faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi;

- Faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, tuman hokimining 2023-yil 5-oktyabr kunidagi 3049/1-17-sonli xatida koʻrsatib oʻtilgan bir qator subyektlarning faoliyatidagi kamchiliklar tegishli davlat idoralarning koʻmagi ostida bartaraf etilib, mavjud muammolarni hal qilish choralari koʻrildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM