Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
29K photos
3.54K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🔈Bugun "Daryo.uz" internet nashrining "Telegram" ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida Chirchiq daryosiga kanalizatsiya quvuridan oqova suv chiqayotganligi haqida xabar tarqaldi.

📝"Toshkent suv taʼminoti" MChJ Boʻstonliq tuman boʻlimi mutasaddilari zudlik bilan joyiga chiqib, vaziyatni oʻrganganda ushbu quvur kanalizatsiya quvuri emasligi, sugʻorishdan ortib qolgan ariq suvlari chiqarilayotganligi aniqlandi.

❗️Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan yoki yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
#Boʻstonliq_tumani
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani hokimi J.Axmedov va uning oilasiga nisbatan Aliya Ganiyevnaning Facebook sahifasida haqiqatga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan, quruq tuhmat va boʻhtondan iborat bir post qoldirildi.

Xususan, unda Aliya Ganiyevna goʻyoki Boʻstonliq tumani hokimi J.Axmedov tumanning “Xoʻjakent” massividagi atrofi qizil hududlarga tutash boʻlgan avvallari “Zona otdix” deb nomlangan yer maydonini uch yuz nafar fuqarolarning qarshiligiga qaramasdan oʻz ukasining nomiga rasmiylashtirib berganligi aytib oʻtilgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi ushbu maʼlumotlarni asossiz va boʻhtondan iborat ekanligini taʼkidlaydi. Hozirda Aliya Ganiyevnaning postida keltirilgan maʼlumotlarning asossiz va boʻhtonligini isbotlovchi maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida tuman hokimligi tomonidan rasman raddiya tayyorlanmoqda. Raddiyani asoslovchi maʼlumotlarning ayrimlari “E-auksion” platformasida xususiylashtirish bilan bogʻliq boʻlganligi va ushbu maʼlumotlarni vakolatli davlat idoralaridan olinishi munosabati bilan bir oz vaqt talab qilinishini maʼlum qilamiz.

Shu oʻrinda Boʻstonliq tumani hokimligi Aliya Ganiyevnaning postida keltirilgan maʼlumotlar yuzasidan prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari tomonidan tekshirish va oʻrganishlar oʻtkazilishini lozim deb hisoblaydi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#rasmiy_munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Barraj” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar Nilufar Mahkamova va Barno Turayevalar tomonidan imtiyozli kredit hisobidan qurilgan issiqxona talabga javob bermasligi va taʼminotchidan noroziligi mazmunida yoʻllangan video murojaati yuzasidan ushbu masala bo'yicha bugungi kunda surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilayotganligini va natijasi boʻyicha tez orada qoʻshimcha maʼlumot berilishini ma'lum qilamiz.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koʻk-tunli MFY Oromgoh koʻchasining ichki yoʻllari abgor ahvolga kelib qolgan” sarlavhasi ostida chop etilgan tanqidiy material maʼsullar tomonidan nazoratga olindi.

Maʼlumot oʻrnida shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi 42 ta mahallada aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, nosoz ichki yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlash, koʻp qavatli uylarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, mahalla binosi qurilishi, ijtimoiy soha obyektni qayta rekonstruksiya qilish kabi ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Koʻk-tunli” MFY Oromgoh koʻchasining ichki yoʻllariga 4 km asfalt qoplamasi yotqizilgan boʻlib, qolgan qismi esa shu kunlarda sheben qoplamasi yotqiziladi.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Boʼstonliq tumani “Besh tut” MFY hududidagi vaqtincha chiqindi yigʼish maydonchasidan oʼz vaqtida chiqindilar olib ketilmayotgani boʼyicha xabar eʼlon qilingan holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi Boʼstonliq tumani boʼlimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

Oʼrganish davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʼliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4845-sonli qaroriga asosan tender asosida viloyat hududida sanitar tozalash xizmatlari davlat-xususiy sherikchilik loyihasi asosida xususiy sektorga biriktirilishi belgilangan. Bunga asosan viloyatdagi 15 ta tuman va shaharlar 4 ta Lot asosida tenderga qoʼyilib, bitim asosida tadbirkorlarga biriktirilgan. Boʼstonliq tumani "Raxnamo servis” MChJ biriktirilganligi maʼlum qilinadi. "Raxnamo servis”MCHJ tomonidan maxsus texnikalar yordamida vaqtincha chiqindi yigʼish maydonchasidan to‘planib qolgan chiqindilar zudlik bilan tozalandi.

Shunigdek, soha xodimlari tomonidan mazkur hududdan chiqindilar oʼz muddatida olib ketilishi nazoratga olindi. Shu oʼrinda atrof-muhit muhofazasiga befarq boʼlmagan yurtdoshlarimizga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Avtoritarniy stil BOʻSTONLIQDA DAVOM ETMOQDAMI?” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boʻstonliq tumani hokimi yerni oʻrganish niqobi bilan qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadbirkorlarga tekshiruv tashladi. Maqsad yer maydonlarni tortib olish” mazmunidagi murojaat asossiz boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan yer maydonlari faqatgina yer egasining roziligiga asosan yoki tegishli sudning qaroriga asosan zaxiraga olinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, 2023-yilning 5-oktyabr kuni tuman hokimi tomonidan bir qator davlat idoralariga topshiriq xati yuborilgan boʻlib, mazkur xatda:

- Boʻstonliq tumanida Qishloq xoʻjaligi yer maydonidan foydalanuvchi bir qator subyektlar faoliyati vizual tartibda kuzatilganda ayrim subyektlar tomonidan faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi;

- Faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, tuman hokimining 2023-yil 5-oktyabr kunidagi 3049/1-17-sonli xatida koʻrsatib oʻtilgan bir qator subyektlarning faoliyatidagi kamchiliklar tegishli davlat idoralarning koʻmagi ostida bartaraf etilib, mavjud muammolarni hal qilish choralari koʻrildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Auksionlar ham xalq norozichiligiga sabab bo‘lyapti” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat

🌐Batafsil

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoshlik” MFY hududidagi ichki yo‘llar ayanchli holatga kelib qolgan” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat shu kunning o‘zida tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. Tez orada mazkur murojaatning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shuningdek, “Markaziy” MFY hududi aholisi tomonidan suv qudug‘ining qopqog‘i yo‘qligi e’tiroziga sabab bo‘layotgan murojaat ham shu kunning o‘zida "Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Bo‘stonliq tumani filiali xodimlari tomonidan bartaraf qilindi.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY Navolisoy ko‘chasi hududida yo‘l qismi temir darvoza bilan yopib olinganligi va qurilish ishlari amalga oshirilganligi mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganida, darvoza hamda qurilish ishlari Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ suv omborining Sijjak MFY hududi xaritasining 26-konturi bog‘zor yerlar toifasida ekanligi, qurilma Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro Mirzayev Zafar tomonidan qurilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 60-modda 3-qismi asosida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy_munosabat

Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot


Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter