Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.68K subscribers
33.5K photos
4.01K videos
10 files
12.1K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza Oʻzgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy
#Tayinlov

Akmalov Xusanboy Akmalovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Bo‘stonliq tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

X.Akmalov 1983-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy

Viloyat hokimligining telegram kanalida izoh bildirish funksiyasi yoqildi

Endilikda Toshkent viloyati hokimligining internetdagi rasmiy sahifalari “Izohlar” boʻlimi orqali yoʻllangan taklif va murojaatlar ijroga qaratiladi, masʼullar tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy

Abduhalilov Abdurasul Abdurashidovich savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

U 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik subyektida masʼul vazifalarda ishlagan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoshlik” MFY hududidagi ichki yo‘llar ayanchli holatga kelib qolgan” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat shu kunning o‘zida tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. Tez orada mazkur murojaatning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shuningdek, “Markaziy” MFY hududi aholisi tomonidan suv qudug‘ining qopqog‘i yo‘qligi e’tiroziga sabab bo‘layotgan murojaat ham shu kunning o‘zida "Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Bo‘stonliq tumani filiali xodimlari tomonidan bartaraf qilindi.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY Navolisoy ko‘chasi hududida yo‘l qismi temir darvoza bilan yopib olinganligi va qurilish ishlari amalga oshirilganligi mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganida, darvoza hamda qurilish ishlari Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ suv omborining Sijjak MFY hududi xaritasining 26-konturi bog‘zor yerlar toifasida ekanligi, qurilma Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro Mirzayev Zafar tomonidan qurilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 60-modda 3-qismi asosida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy
#Tayinlov

Xamraxov Avaz Xikmatillayevich – Bo‘stonliq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

A.Xamraxov 1987-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy
#Tayinlov

Izzatullayev Xurshid Izatullayevich – Bo‘stonliq tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

X.Izzatullayev 1986-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy

TAYINLOV

Turdiboyev Bahodir Gulambayevich - "Chimgan - Chorbog` magistral suv ta`minoti" AJ direktori lavozimiga tayinlandi.

B.Turdiboyev 1983-yil Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2003-yil Chirchiq industrial texnikumini tamomlagan. Hozirgi kunda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 1- bosqich talabasi.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ bosh muhandisi (direktorning birinchi o‘rinbosari) faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Rasmiy
#Tayinlov

Abduyusupov Xayotjon Abduvaliyevich – Bo‘stonliq tumani hokimining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

X.Abduyusupov 1990-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani hokimining “Novobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy
#Tayinlov

Xalmatov Bobur Shuxrat o‘g‘li – Bo‘stonliq tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

B.Xalmatov 1996-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy
#Tayinlov

Fayzulloyeva Firuza Mirzamatovna – Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Boʻstonliq tuman boʻlinmasi rahbar lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bo‘stonliq tumani Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy_munosabat

Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot


Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Rasmiy

Tayinlov

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

O.Tursunov 1984 - yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

O. Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Viloyat hokimi raisligida oʻtgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda Bo‘stonliq tuman saylov komissiyasi raisi Norpo‘lat Qurbonovning joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshid Babajanov ishtirok etdi hamda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga Jo‘rabek Axmedov nomzodi ko‘rsatilganligini bildirildi.

Tasdiqlangan deputatlarning nomzod borasidagi fikr va mulohazalari eshitilgach, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining qarori bilan Axmedov Jo‘rabek Ilxomovich Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.


Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Rasmiy

2025 yil uchun Toshkent viloyati, shuningdek, shahar va tumanlarning budjet ko‘rsatkichlari


1. Toshkent viloyati: https://e-qaror.gov.uz/doc/2187679

2. Olmaliq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189951

3. Angren shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189682

4. Ohangaron shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189405

5. Bekobod shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189596

6. Chirchiq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190629

7. Yangiyo‘l shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189397

8. Ohangaron tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189226

9. Bekobod tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191103

10. Oqqo‘rg‘on tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189622

11. Bo‘stonliq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191298

12. Bo‘ka tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189315

13. Yuqorichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189702

14. Quyichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189447

15. Zangiota tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191347

16. Qibray tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191258

17. Parkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189842

18. Piskent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190738

19. O‘rtachirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189217

20. Toshkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191260

21. Chinoz tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190060

22. Yangiyo‘l tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191173

23. Nurafshon shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190918

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Rasmiy
#Tayinlov

Akmalov Xusanboy Akmalovich – Bo‘stonliq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

X.Akmalov 1983-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_xabar
#Haj_2025

🕋 Ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

📌Noqonuniy yo'llar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha moliyaviy jarimalar qo'llanishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilish hamda keyingi 10 yil davomida Podshohlikka kirishi taqiqlanganlar ro'yxatiga kiritilishi belgilangan.

🎬 Batafsil videorolikda


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Rasmiy_bayonot

Bugun, 6 iyul kuni soat 16:38 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Qoranko‘l” MFY qir-adirligida quruq o‘t (shox-shabba) yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:00 da yetib borgan va soat 18:50 da qurshab olingan.

Shuningdek, yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.

Hodisa oqibatida aholi punktlariga xavf yetmagan va tan jarohati olish holatlari yo‘q, yong‘in soat 19:16 da o‘chirilganini ma’lum qilamiz.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram