🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.62K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Toshkent_viloyati

⚡️TOSHKENT VILOYATIDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR OCHILDI!

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab va Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish tadbirlarida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi:

– Yurtimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan eʼtibor natijasidir. Aminmanki, siz o’zingizga bildirilgan ishonchni oqlaysiz va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shasiz!

Tadbirda tuman hokimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng Agentlik rahbari maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

📌Ma’lumot o’rnida, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab 360 o’ringa, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi esa 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Ta'kidlash lozim, Toshkent viloyatida 13 ta obyekt shundan, Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron shaharlarida hamda Bekobod, Bo‘ka, O‘rtachirchiq, Parkent, Bo‘stonliq, Zangiota, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 11 ta obyektda yakunlangan bo‘lib, 2 tasida (Yangiyo‘l shahar va Bo‘stonliq tumani) avgust oyining songiga qadar ta’mirlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

📝Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM