🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.87K subscribers
9.07K photos
581 videos
142 files
1.71K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
Forwarded from Sardor Raximboyev
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari” GRANT (Bepul o’qish) dasturini elon qiladi!

Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, iqtidorli yoshlardan bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

1️⃣ 3D modellashtirish
2️⃣ VFX Compositing
3️⃣ Animatsiya
4️⃣ O‘yin dizayni va GameDev asoslari
5️⃣ Digital Art
6️⃣ FX Simulation
7️⃣ Cinema 4D
8️⃣ Unreal Engine

📚 Ta’lim shakli:
📍 Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida)
Kurs davomiyligi — 6 oy

🌟 Ushbu kurs sizga nima beradi?
Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar
Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar
Networking va professional muhit

📈 Tanlov bosqichlari:
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat

🏆 Nima kutmoqda?
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahaliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz

Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!

📞 Aloqa: +998-95-474-19-19
📱 Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🥇 4-avgust kuni Young Climate Champions volontyorlik dasturining ikkinchi to‘plami uchun besh kunlik ta’lim lageri boshlanadi.

👨‍🎓 Bugun esa yosh murabbiylar — bir yil davomida faol ishlagan va dasturda ishtirok etishni davom ettirish istagini bildirgan Yosh eko-chempionlarning birinchi bitiruvchilari 8 nafar qiz va 5 nafar yigit uchun uch kunlik mashg‘ulotlarga start beriladi.

👨‍🏫 Hozirda ularning barchasi YUNISEF xalqaro murabbiyi bilan murabbiylik va fasilitatsiya ko‘nikmalariga o‘qishmoqda. Yoshlar umumiy maqsadlarga erishish uchun guruhda ishlash jarayonini tashkil etishning nozik jihatlarini o‘zlashtiradilar. Mashg‘ulot ishtirokchilar bir-birini yaxshiroq tushunishni, muhokama mavzusiga sodiq qolishni va umumiy xulosalarga yanada samaraliroq erishishni o‘rganishlari uchun guruhda muloqot, o‘zaro ta’sir va qaror qabul qilishni yaxshilashga qaratilgan usullar va vositalarni o‘rgatishni o‘z ichiga olgan.

💬 Bu hozirgi paytda zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, shunday emasmi?

👍 Qani, bolalar, sizga omad!

~~~

👋😊 Всем привет!

🥇 4 августа стартует пятидневный образовательный лагерь второго набора волонтёрской программы Young Climate Champions.

👨‍🎓 А сегодня начинается трёхдневный тренинг для молодых менторов — восьми девушек и пяти парней. Это наши выпускники первого набора Молодых эко-чемпионов, которые активно проработали целый год и выразили желание продолжить участие в программе.

👨‍🏫 Сейчас все они пройдут обучение с международным тренером ЮНИСЕФ навыкам тренерства и фасилитации. Ребята освоят тонкости организации процесса групповой работы для достижения общих целей. Программа тренинга включает в себя обучение методам и инструментам, направленным на улучшение коммуникации, взаимодействия и принятия решений в группе. Это позволит участникам лучше понимать друг друга, придерживаться темы обсуждения и более эффективно приходить к общим выводам.

💬 Необходимые навыки в современном мире, не так ли?

👍 Ребята, удачи!

#YoungClimateChampions #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#imtihon_2025

🔈DIQQAT E‘LON!

📆Ertaga, 1-avgust kuni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqichi kirish imtihonlari to‘g‘risida yuqoridagi infografikadan ma‘lumot olishingiz mumkin!

Imtihon vaqti 9:00

✔️ Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bunda qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

🪪Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidan yuklab oling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6