🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.48K subscribers
6.31K photos
407 videos
101 files
1.23K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

XIVA SHAHRIDAGI 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABNING OCHILISH JARAYONIDAN

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm  viloyati Xiva shahrida tashkil etilgan 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyat hokimi Raximov Jo'rabek Raximovich va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur maktab 330 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq  fanlarga ixtisoslashgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Infografika
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga o‘qituvchilardan 15-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni

Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib
bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#seminar_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentligimiz tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tajribali mutaxassislar tomonidan tanqidiy-tahliliy tarzda olib borilgan mazkur seminar ishtirokchilarga kelgusi o'quv yilida maktablarning rejalarini yangicha yondashuvlar bilan ishlab chiqishlarida asosiy omil sifatida xizmat qilishi shubhasiz.

🔷 Shu bilan birga, seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

📸 Suratlarda joylarda bo'lib o'tgan seminar-trening jarayonlari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

 Bugun
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimi" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

💠  O‘quv seminarida Bog'ot tuman maktabgacha va
maktab ta'limi bo'lim boshlig'i Javlon Iskandarov, tumandagi 12 ta ta'lim muassasasi direktorlari, O‘IBDO'lari va uslubiy birlashma (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar) rahbarlari qatnashdilar. 

📌 Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan amaliy maqsad ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilidan "Yangi baholash tizimi"ni joriy etish va qo‘llash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

@BagatPschool